Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.16K photos
1.05K videos
18 files
4.98K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxivlar –tarix ko‘zgusi

🎫 Arxivlar – davlatning tarixini oʻzida mujassam etgan hujjatli asosga tayangan yirik axborot manbayidir, shu sabab “Arxivlar –tarix ko‘zgusi” deya e’tirof etiladi. Bugun Davlat kadastrlari palatasida faoliyat yurtiayotgan va bayramlarini nishonlayotgan arxiv ishi xodimlarini kasblari haqida o‘zlaridan so‘raymiz. 👆

🌟 💐 Davlat kadastrlari palatasi jamoasida faoliyat yurituvchi arxiv ishi xodimlarini hamda mamlakatimizdagi barcha arxivariuslarni bugungi kasb bayramlari bilan muborakbod etib, ularga mustahkam sog‘lik, faoliyatlarida ulkan zafarlar tilab qolamiz.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟

Davlat kadastrlari palatasi ramzi qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazildi
!

🇺🇿 Oʻzbekiston Republikasi Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasi qarori bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining logotipi qonuniy tasdiqlandi va tovar belgisi hamda xizmat koʻrsatish belgisiga doir guvohnoma rasman taqdim etildi.

🌟 Ramzimiz qanday ma’nolarni anglatishi haqida batafsil ushbu videoda tomosha qiling. 👆

▶️ E’lonni yaqinlaringizga tarqatib qo‘yishingizni tavsiya etamiz.

#DavKadastrPalata #DKP_logosi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

⚡️TAYINLOV

Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'i bilan Djumanov Ulug'bek Toshpulatovich - Davlat kadastrlari palatasining Yangiyer shahar filial rahbari etib tayinlandi.

Djumanov Ulug'bek - 1986 yil Boyovut tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2011-yil Toshkent avtomobil va yo'llar institutini tamomlagan.

Mazkur tayinlovga qadar Ulug'bek Toshpulatovich Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Topografik va kartografik xaritalarini tayyorlash sektori boshlig'i lavozimida faoliyat yuritgan.

Djumanov Ulug'bek Toshpulatovichga
kadastr jamoasi nomidan ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️Кadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko‘p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

🏠Yakka tartibdagi turarjoy uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun - BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 340 000 so‘m bo‘lsa, demak 1 kvadrat metr uchun 3 910 so‘m miqdorida to‘g‘ri keladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Гулистон хаёти-2-2.pdf
298.9 KB
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

«Guliston hayoti» gazetasining 2-sonida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Guliston tuman
rahbari F.Kulchiyevning "O'zim qurdim o'zim buzaman" nomli maqolasi e'lon qilindi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning sakkizinchi sonida:
📍Sirdaryo viloyati joriy yilning 5 oyi mobaynida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #8_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida energiya resurslaridan samarali foydalanish hamda energetika sohasi obyektlari kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

➡️ Qayd etilishicha, o‘tgan yili elektr va gazni tejash bo‘yicha tumanbay dasturlar qabul qilindi. Xonadonlar va ijtimoiy obyektlarda o‘rnatilgan birgina quyosh kollektorlari hisobiga 20 million kilovatt tejalmoqda. Sanoat korxonalari ham “yashil energiya” manbalarini joriy qilmoqda.

➡️ Joriy yilda 580 ta maktab, 169 ta bog‘chaning energiya samaradorligini oshirish rejalashtirilgan. Mutasaddilarga 1 mingta ijtimoiy obyektni kuz-qish mavsumiga tayyorlash topshirildi. Jumladan, 251 ta shifoxona, 292 ta bog‘cha, 393 ta maktab va internat tamirlanadi.

➡️ Har bir hokimga 1 tadan tumanni tanlab, elektr va gaz tejash bo‘yicha namuna qilish topshirildi. Ushbu tumanlarda bu yil 750 million kilovatt elektr va 550 million kub metr gaz iqtisod qilinishiga erishish muhimligi ta’kidlandi.

➡️ Yig‘ilishda bundan buyon ilg‘or tajriba asosida soha va tarmoqlarda energiya samaradorlikni baholash bo‘yicha yangicha tizim amal qilishi belgilandi.

➡️ Endilikda elektromobilni xonadonda quvvatlashni rag‘batlantiradigan tungi tarif joriy qilinadi. Quvvatlash uskunasiga hisoblagich o‘rnatgan aholiga tungi vaqtda quvvatlaganlik uchun arzon tarif qo‘llanadi.

➡️ Respublikamizdagi 39 mingga yaqin ko‘p qavatli uyga 819 ta boshqaruv kompaniyasi xizmat ko‘rsatmoqda.

➡️ Boshqaruv kompaniyalari aholi va kommunal tashkilot o‘rtasida “ko‘prik” bo‘lishi kerakligi qayd etildi. Bundan buyon ikki yildan oshmagan uylarda, ya’ni kafolat muddatida muammo chiqsa, pudratchi bilan birga ularni bartaraf qilishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

➡️ Uy-joy kommunal soha mutasaddilariga “aholi – boshqaruv kompaniyasi – kommunal tashkilot va pudratchi” zanjirini yaratish topshirildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.

Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17 iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18 iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.

Mahalliy davlat hokimiyati organlari, masʼul vazirlik va idoralarga muborak Qurbon hayitini xalqimizning milliy anʼana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish uchun tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish, yurtdoshlarimiz uchun muborak Qurbon hayiti kunlarida moʻtabar ziyoratgohlar va tarixiy qadamjolarga ziyoratlarni tashkil etish maqsadida qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish topshirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat ro'yxatidan o'tgan obyektlar statistikasi

📊 Davlat kadastrlari palatasi Respublika bo'yicha ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o'tkazish uchun kelib tushgan arizalar soni va ularning qanchasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi bo‘yicha statistik ma'lumotlarni taqdim etadi.

📆 Hisobot davri: 2024-yil, yanvar- may oyi

▫️ O'tgan o'tgan davr mobainida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan obyektlar soni umumiy 362 223 tani tashkil etdi.

Izoh: Mazkur hisobotda qabul qilingan arizalar faqat ish kunlarida ko‘rib chiqilishini ma’lum qilamiz.

#DavKadastrPalata #ro_yxatdan_o_tkazish #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️Yer nazoratida dronlar amaliyoti

Guliston shahrining "Buyuk kelajak" mahalla hududida dron yordamida yer nazorati monitoringi ishlari amalga oshirildi.

Monitoring natijasida aniqlangan yer qonun buzilish holatlari yuzasidan inspektorlar tomonidan, fuqarolarga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan tushintirish ishlari olib borilib ko'rsatma xatlari berildi hamda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.


❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko'chmas mulk obyektlari statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'chmas mulk obyektlari statistikasini taqdim etadi.

🏪Hisobot davri: Yanvar, 2024-yil.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashda yordam bergan shaxslar mukofotlanadi

2024-yil yakunigacha “E-anticor.uz” elektron platformasida manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlash va onlayn monitoring qilish imkonini beruvchi elektron modul ishga tushiriladi.

Manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq holatlarni aniqlashda jamoatchilik ishtirokini taʼminlash maqsadida quyidagi amaliyotlar joriy etiladi:

🔹davlat organlari va tashkilotlari xodimlari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bo‘yicha tegishli dalillarni ilova qilgan holda ularni aniqlashda faol yordam bergan shaxslarga undirilgan jarimaning ellik foizi miqdorida mukofot puli berish;

🔹Respublika idoralararo komissiyasining ishchi organlari tomonidan har chorakda davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar, ularni bartaraf etish, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida jamoatchilikni xabardor qilib borish.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#korrupsiyagaqarshi

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI

▪️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

▪️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Davlat kadastrlari palatasining Oqoltin tuman filiali xodimlari bilan individual tarzda suhbat o’tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, kasb odobnomasi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. Korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik, korrupsiyaga oid jinoyat uchun belgilangan jazolar haqida tushuntirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube