Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.22K photos
1.06K videos
18 files
5.01K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#yer_nazorati #Sirdaryo_tumani

⚡️Sirdaryo tumanida yer nazorati tadbirlari

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sirdaryo tuman bo'limi tomonidan, tumanning "Xazina" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz yashash xonadoniga tutash bo'lgan 140 kv.m yer maydonlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olib unda noqonuniy bostirma o’rnatib olish holatlari aniqlangan.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida rasman ogohlantirildi.

Ogohlantirishdan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, ushbu yer maydonlani davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

5-iyun - Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni


🌿Mazkur bayram 1972-yil 5-iyunda Atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha Stokgolmda o'tkazilgan konferensiyaning rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi. 1974-yildan boshlab esa eng dolzarb ekologik masalalarni hal etish uchun hukumat, biznes-tuzilma hamda fuqarolik jamiyati institutlarini jalb etgan va birlashtirgan holda keng tashkil etib kelinadi.

📊 Atrof-muhitning ifloslanishi oqibatida kelib chiqadigan kasalliklar tufayli har yili sayyoramizda kamida 5 yarim million kishi vafot etadi. 2050-yilda bu raqam 6 million kishidan ortib ketishi aytilmoqda. Ko'rinib turibdiki, ekologiyaning buzilishi ko'plab jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

🌍 Ushbu sana nafaqat ona-yer tuhfalarini qadrlash, yerimizda mavjud bo'lgan boy biologik xilma-xillikni asrash kunidir. Ushbu kunda biz barchamiz ona-yerimizni qanday qilib muhofaza qilishimiz, uning tabiatini qanday asrashimiz, hozirda dolzarb bo'lib qolgan ekologik muammolarni qanday yechishimiz mumkinligi to'g'risida chuqur o'ylashimiz lozim.

🍀Atrof-muhitni asrab-avaylash barchamizning burchimizdir!

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

❤️‍🔥 5-iyun kuni: ❤️‍🔥

🟢 Brifing

📄 Brifingda: 🌟Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan yer nazorati tadbirlari hamda aholi murojaatlari bilan ishlash natijalari to'g'risida so'z boradi.
🎚️ Vaqti: 12:00

➡️ Ishtirok etadi: Neʼmat Atamuratov, 🌟Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI


▪️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

▪️Bugun Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yo'ldashev, Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i B.Radjabov va boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan Shirin shahar bo'lim hamda filial xodimlari bilan davra suhbati o’tkazdi.

▪️O‘tkazilgan suhbat davomida xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, kasb odobnomasi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi hamda tuman rahbarlari xodimlari bilan haftada bir marotaba korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha suhbat o'tkazishligi aytib o'tildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇹🇷Turkiyada kadastr tizimi

Usmonli imperiyasida kadastr

Turkiyada kadastr ishlari Sulton Abdulhamid II davriga borib taqalishi aytiladi, lekin yerni ma'lum bir soliq hujjatlariga qayd etish va tizimli ravishda kuzatib borish, muntazam ravishda soliq yig'ishni maqsad qilgan timar deb ataladigan kadastr kitoblarini birinchi bo'lib ko'rsatish mumkin. 20-asrda bu yozma amaliyotlar geometrik shakllar va sonli ifodalar bilan almashtirildi.

Turkiyada kadastrning qanday turlari mavjud?


🫥 Amalga oshiriladigan tartib-qoidalarga ko'ra kadastr turlari uchga bo'linishi mumkin:

🔹 Moliyaviy kadastr - bu ko'chmas mulk qiymatini aniqlash jarayoni.
🔹 Geometrik kadastr: bu o'lchovlar qilish orqali ko'chmas mulkning joylashuvi va chegaralarini aniqlash jarayoni.
🔹 Huquqiy kadastr - bu ko'chmas mulk egasining ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarini aniqlash jarayoni.

🎲 Kadastr toifalari:

- ko‘chmas mulk kadastri;
- rayonlashtirish kadastri;
- qishloq xo‘jaligi kadastri;
- o‘rmon kadastri;
- suv kadastri.

🫥Kadastr xizmatlari:

- Ro'yxatga olingan ko'chmas mulkka egalik guvohnomalarini yangilash;
- Hujjatsiz ko'chmas mulkka egalik guvohnomasini berish;
- Hujjatlarni saqlash va yangilash;
- Ro'yxatga olinishi kerak bo'lgan barcha turdagi xaritalar va rejalarni nazorat qilish va arxivlash;
- Kadastr doirasidagi boshqa xizmatlar.

◼️ Manba : 1, 2

#DavKadastrPalata #xorijda_kadastr

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #ijtimoiy_rolik

🏠 Uy-joyni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik ko‘plab muammoli vaziyatlar keltirib chiqarishi mumkin.

🎬 Videoda shunday holatlarning biri misol qilingan.

‼️Sizda ham mana shunday holat bo‘lmasligi uchun ko‘chmas mulkingizni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazing.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI


▪️Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.

▪️Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yo'ldashev va Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyat boshqarmalarining korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassislari tomonidan Boyovut tuman xodimlari bilan davra suhbati o’tkazildi.

▪️O‘tkazilgan suhbat davomida xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, kasb odobnomasi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi hamda tuman rahbarlari xodimlari bilan haftada bir marotaba korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha suhbat o'tkazishligi aytib o'tildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

⚡️Kadastrda ishlashni xohlaysizmi ?

Unda aynan siz uchun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

▪️Kadastr agentligining Sayxunobod tumani bo'limi
Yetakchi inspektor;
▪️Kadastr agentligining Oqoltin tuman bo'limi
Bosh inspektor;
▪️Kadastr agentligining Shirin shahar bo'limi
Yetakchi inspektor;
▪️Kadastr agentligining Yangiyer shahar bo'limi Bosh inspektori lavozimlariga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

📝Hujjatlar 10.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

📣Shoshiling aynan siz bizning jamoada bo'lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram lFacebook | YouTube