Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.99K photos
1.18K videos
20 files
5.51K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Huquqiy ma'lumot

💸 Malaka imtihonini topshirish uchun talabgorlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:

◼️geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;

◼️geodeziya, kartografiya va kadastr, bino va inshootlar qurilishi, qurilish ekspertizasi, ko‘chmas mulk ekspertizasi, arxitektura, yer tuzish va yer kadastri yo‘nalishlari bo‘yicha kamida bir yil ish stajiga ega bo‘lishi yoki ish stajiga ega bo‘lmagan holda, kadastr munosabatlari sohasida kasbiy qayta tayyorlash kurslari bo‘yicha ta’lim olgan bo‘lishi.

💸Kadastr muhandisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hududida faoliyat yuritadi.

💠 Bunda kadastr muhandisi o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik shaxslar bilan mehnat shartnomasi tuzadi yoki yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiradi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 30-son qarori qabul qilindi.

◼️ Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi qo'shimchalar kiritildi:

📃 Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan taqdirda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

◼️ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi band bilan to'ldirildi.

◼️Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).

◼️Investorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.

◼️Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi”

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi
.

⚖️Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg'ilash ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.

🗓 Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to'lanmaganda – muddati o'tgan qarzdorlik uning mavjudligi to'g'risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo'lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.

▶️ Bundan tashqari, sug'oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug'orilmaydigan yerlar toifasiga o'tkazish bo'yicha aniq talablar belgilanmoqda,

📃Soliq kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, yer osti suv manbalaridan suv o'lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

⛔️Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo'jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo'lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonun (O'RQ-1062-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.


#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM