Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.22K photos
1.06K videos
18 files
5.01K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari O.Samatov va Sh.Davronov tomonidan Kadastrning Boyovut tuman bo'lim hamda filialida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlariga korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Kadastr_va_yoshlar

⚡️Sirdaryo viloyati mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo’yicha komissiya raisi A.Maxmudaliyevning 2024-yil 28-martdagi 03-1-494-sonli bayoniga ko’ra Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i B.Minasipovga Sirdaryo tumanidagi Shirin, Oq yo’l MFYlardagi alohida ko’makka muhtoj og’ir toifadagi yoshlar bilan ishlash bo’yicha 16 nafar yoshlar biriktirilgan.

Shu munosabat bilan biriktirilgan hududlardagi og’ir toifadagi yoshlarning joylarga borilgan holda ularning shart-sharoitlari bilan to’liq tanishildi. Bu bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqilib, yoshlarni yashil toifaga o’tkazish bo’yicha tadbirlar doimiy ravishda o’tkazilib boriladi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Sirdaryo#Kadastr

Topograflarga amaliy seminar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi PQ-405-son qaroriga asosan, Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy filiallariga taqdim etilgan su’niy yo’ldosh GPS asboblaridan foydalanishga topograf mutaxassislarini o’qitish hamda ko’nikmalar oshirish bo’yicha seminar tashkil etildi.


#Seminar davomida Respublika Aerogeodeziya markazi mutaxassislari tomonidan yangi topografik o‘lchov vositalardan foydalanib ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi .


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏛 Tuman, shahar hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni dehqon xo'jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn auksion savdolariga qo'yiladi.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining (153-son, 05.04.2024 y.) "Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta'minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o'zlashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari "E-auksion" elektron savdo platformasi orqali "mahalla yettiligi"ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro'yxatga kiritilgan yoshlar o'rtasida o'tkaziladi. Bunda:

🪙 yer maydonlarini ijaraga berish bo'yicha elektron onlayn auksion savdolari g'oliblari yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo'lib-bo'lib to'lashga ruxsat beriladi;

💲 zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

🫂 Talabgorlarga:

🧅 sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko'katlar, makkajo'xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug'oriladigan ekin yer maydonlari;

🍇 bog'dorchilik-uzumchilik yo'nalishlari uchun ko'p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog'lar yer maydonlari;

☘️ dorivor o'simliklar yetishtirish, chorvachilik yo'nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo'ljallangan, lalmi, bo'z, yaylov va yangi o'zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda "bir massiv - bir mahsulot" tamoyili asosida ijaraga beriladi.

🧊 talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o'lchamlari "mahalla yettiligi" taklifiga ko'ra aniqlanadi.

Mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida tura joy, bino va inshootlar qurish qat'iy man etiladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

🇺🇿 Prezident Farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.

Bular:


🗓 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
🗓 11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
🗓 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
🗓 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
🗓 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📄 Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yashil_makon


♻️Sayxunobod tumanida “Kadastrchilar bog’i” tashkil etildi


🔰Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalariga biriktirilgan Sayxunobod tumanida kadastr xodimlari tomonidan “Kadastrchilar bog’i” barpo etilib, “Yashil makon” umummilliy loyihasiga o’z hissalarini qo’shishdi.


♻️“Yashil makon” loyihasi doirasida o’tkazilgan “Kadadastrchilar bog’i” uchun 5000 ta mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.


♻️Yurtimizda yashil hududlarni tashkil etish, mahalla, koʼcha va xiyobonlarni koʼkalamzorlashtirish boʼyicha xayrli ishlar davom etmoqda.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xon_atlas_2024#Chellendj

"Xon atlas" festivalida Sirdaryo viloyati Kadastrchilari

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo'lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir. Bugungi kunda korrupsiya muammosiga jahonning deyarli har bir mamlakatida duch kelish mumkin. Korrupsiya soʼnggi yillarda xalqaro miqyosda transmilliy jinoyat sifatida keng muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

🔖Shu sabab Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan ushbu mavzuda tizimli ishlari olib borilmoqda.

📜Bugun Sirdaryo viloyatining Oqoltin tuman “Yangi hayot” MFY binosida "Aholi o‘rtasida kadastr yo‘nalishida huquqiy savodxonlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash hamda uning oqibatlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr