Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.12K photos
1.04K videos
18 files
4.94K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulk tarixiga oid
ma’lumotlarni olish tartibi

🏠Hukumatning 380-son qarori bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentga asosan, “Koʻchmas mulk tarixi” maʼlumotlarini DXM, YIDXP yoki davreestr.uz portali orqali aniqlash mumkin.

📃Reglamentga asosan:

Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan so‘rovnomada so‘ralayotgan ko‘chmas mulkning kadastr raqami ko‘rsatiladi;

⭐️🌟Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasi so‘rovnomani uch ish kunida ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etadi;

📃Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi maʼlumotda:

🔹obyektga nisbatan huquq turi va unga asos bo‘lgan hujjat;

🔹obyekt yoki yerning umumiy maydonlari;

🔹obyektning qurilgan yili kabilar ko‘rsatiladi.

Maʼlumotnoma shaxsga doir maʼlumotlar oshkor etilmagan holda beriladi.

▪️Maʼlumotnoma axborot xususiyatiga ega boʻlib, kelgusida rasmiy harakatlarni amalga oshirish uchun asos boʻlmaydi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qaror loyihasi mihokamaga qo'yildi


🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

📃 Qaror loyihasida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish hamda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.

👔 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ixtisosligini belgilagan holda bo‘sh turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun E-ijara orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.

◼️ Yer tuzish loyihalari manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun E-auksion elektron savdo platformasiga yuboriladi.

👉▫️ Batafsil

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim


🇺🇿 Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

🇺🇿Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik, intizomni namoyon etishi lozim.

🛡 Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🌐 Kadastr pasporti qancha muddatlarda shakllantiriladi?

🌐 Kadastr pasportini shakllantirishga kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish muddatlaridagi yuzaga kelayotgan savollarga javoblar!

Shu masalalarga mazkur videoda Davlat kadastrlari palatasi mutaxassisi bergan ma'lumotlar orqali batafsil javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Bilishingiz muhim

🌐 Kadastr pasporti qancha muddatlarda shakllantiriladi?

🌐 Kadastr pasportini shakllantirishga kelib tushgan arizalarni ko‘rib chiqish muddatlaridagi yuzaga kelayotgan savollarga javoblar!

Shu masalalarga mazkur videoda Davlat kadastrlari palatasi mutaxassisi bergan ma'lumotlar orqali batafsil javob topishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Endilikda tug‘ilgan farzand nomiga tamg‘alangan daraxt ko‘chati ekiladi

🌿 “Farzand tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxt ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmati, “Yangi avlod bog‘lari”ni barpo qilish va kafolatli saqlash mexanizmlarini joriy qilish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

🗓 2024-yil 1-iyulgacha farzand tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishda daraxt ekish uchun buyurtma berish bo‘yicha davlat xizmati va elektron platforma to‘laqonli yo‘lga qo‘yiladi.

⭐️🌟 Kadastr agentligi tuman (shahar) hokimliklari bilan har yili 1-noyabrga qadar hududlarda “yashil bog‘lar”, “yashil jamoat parklari” va “Yangi avlod bog‘lari” barpo qilish mumkin bo‘lgan tuman (shahar) hokimliklari balansidagi bo‘sh turgan yerlar ro‘yxati, maydoni va manzili haqida ma’lumotlarni to‘playdi.

☯️ Har yili 1-dekabrga qadar har bir tuman (shahar)larda “Ochiq budjet” axborot portali orqali ovoz berish yo‘li bilan, jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalari doirasida aholi tashabbusi bilan “yashil bog‘” va “yashil jamoat parklari”ni barpo qilish uchun hamda bola tug‘ilganida guvohnoma olishda uning nomiga tamg‘alangan holda daraxt ko‘chatlarini ekish orqali “Yangi avlod bog‘lari”ni barpo qilishga yer maydonlari ajratiladi.

👉 Mazkur qaror loyihasi bilan to'liq tanishgan holda unga 19.03.2024 yilga qadar taklif kiritishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlari oshiriladi va bandligi taʼminlanadi


🌱 “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini taʼminlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini oʻzlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-153-son, 05.04.2023-y.) qabul qilindi

📃 Qarorga koʻra, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qoʻyilib, dehqon xoʻjaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha boʻlgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:

💠 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan roʻyxatga kiritilgan yoshlar (talabgorlar) oʻrtasida oʻtkaziladi.

Bunda:

◼️ yer maydonlarini ijaraga berish boʻyicha elektron onlayn auksion savdolari gʻoliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;

◼️ zakalat puli BHMning 1 baravari (340 ming soʻm) miqdorida belgilanadi.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 15.05.2024 yildagi "Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek, ba'zilarini o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblash to'g'risida" gi 282-son qarori qabul qilingan edi.

▶️ Mazkur video orqali Yer uchastkalarini xususiylashtirish masalalariga kiritilgan o'zgarishlar va yangiliklar haqida batafsil ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida

🫥 «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonunning ijro etilishida Kadastr agentligi vazifalari nimalardan iborat?

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma'lumot o'rnida

🫥 Qonunning ijro etilishida yer uchastkalaridagi binolar 2018-yilgacha qurilganligini qayerdan bilsa bo‘ladi?

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM