Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.69K photos
1.13K videos
20 files
5.32K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#bilasizmi #imtiyoz

⚡️Yetim bolalar kadastr xizmatlari uchun davlat bojidan ozod etilgan

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar
ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius va kadastr xizmatlari uchun (oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish) davlat boji to‘lashdan ozod etilgan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2022 yildagi PQ-230-son Qarori

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😂😁〽️🔸

OAV biz haqimizda

▪️Yer ijarasi va servitut: qonunchilikda nimalar o‘zgardi?

🫥 So‘nggi yillarda mamlakatimizda yer munosabatlari sohasida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlarini ishonchli tarzda himoya qilishga qaratilgan izchil islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.

📃 Shu jumladan, Ijara munosabatlarida huquq va majburiyatlarni qayta ijaraga berish tartibi haqidagi qonun hujjatlariga o'zgarish va qo'shimchalar kiritilgani haqida xabar bergan edik.

▶️ Ushbu yo'nalish bo'yicha qonunchilikdagi o'zgarishlar to'g'risida Davlat kadastrlari palatasi yetakchi mutaxassisi M.Turdiyev UzA muxbiriga ma'lumot berdi.

BATAFSIL: 👇

🌐 https://t.iss.one/uza_uz/84588
▶️ https://www.youtube.com/watch?v=B8Mkk4pcmDQ
🌐 https://uza.uz/uz/posts/er-izharasi-va-servitut-qonunchilikda-nimalar-ozgardi-video_533740

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #nazorat_tadbiri

📓O‘zbekiston Respublikasi "Yer kodeksi" talablaridan kelib chiqib, Sirdaryo tumani, Zarshunos MFY hududida yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlarining oldini olish maqsadida Kadastr agentligining Sirdaryo tumani bo‘limi nazoratchilari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida fuqaro tomonidan M-39 avto yo’lning chetidan o’zboshimchalik bilan 20 kv.m yer maydonin egallab noqonuniy qurilish qurib olganligi aniqlangan.

✏️Ushbu holat yuzasidan tuman bolim xodimlari tomonidan fuqaroga O`zbekiston Respublikasi MJTKning 60-modda 2 qismida nazarda javobgarlik nazarda tutilib, ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Natijada o'zboshimchalik bilan egallangan yer maydoni ogohlantirishdan so'ng 15 kun muddat ichida fuqaroning o'z xohishiga ko'ra bartaraf etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram|Facebook|YouTube
#OAV_biz_haqimizda

🌟Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Sirdaryo viloyatining "Yer fondi toifalari" to'g'risidagi ma'lumotlari quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritildi.

1️⃣Sirdaryo sadosi telegram kanalida;
2️⃣Sirdaryo-live.uz ijtimoiy tarmoqlarida;
3️⃣Sirdaryo yangiliklari telegram kanalida;
4️⃣Sirdaryo onlayn telegram kanalida;
5️⃣Boyovut tuman hokimligining rasmiy telegram kanalida;
6️⃣Sardoba tuman hokimligining rasmiy telegram kanalida;
7️⃣Sirdaryo tuman hokimligining rasmiy telegram kanalida;


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев гидроэнергетика соҳасида амалга оширилаётган лойиҳалар ва энергетика тизимини куз-қиш мавсумига тайёрлаш бўйича вазифалар ижроси юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.

Кун тартибига ўтишдан олдин давлатимиз раҳбари ҳозирги кунда бутун дунёда катта ташвиш ва хавотир уйғотаётган масалага тўхталиб ўтди:

"Маълумки, Исроил армияси ва Хамас ҳаракати ўртасида давом этаётган қуролли тўқнашувлар гуманитар инқирозни чуқурлаштирмоқда, тинч, бегуноҳ аҳоли орасида кўп сонли қурбонларга олиб келмоқда.

Болалар ва аёллар ҳалок бўлмоқда, одамлар бошпанасидан айрилмоқда, ўз уйларини ташлаб кетишга мажбур бўлмоқда.

Биз Фаластин ва Исроил томонидан қурбон бўлган барча инсонларнинг оилаларига чин дилдан таъзия ва ҳамдардлик изҳор этамиз.

Мен Ғазо сектори аҳолисига баҳоли қудрат ёрдам кўрсатиш учун Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Яқин Шарқ агентлигига 1 миллион 500 минг доллар ажратиш ҳақида қарор қабул қилдим.

Биз Фаластин халқи билан бирдам эканимизни қатъий билдирамиз ва унинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеяси ва Хавфсизлик Кенгашининг илгари қабул қилинган резолюцияларига мувофиқ ўз мустақил давлатини барпо этишга бўлган ҳуқуқини қўллаб-қувватлаймиз", - деди Президентимиз.

Facebook|Instagram|Twitter
"Зўравонлик янада авж олаверса, бу халқаро вазиятнинг кенг миқёсда издан чиқишига, қуролли тўқнашувларга янги кучлар тортилишига олиб келади.

Буларнинг барчаси Яқин Шарқ минтақаси билан чекланмай, узоқ ўлкаларга ҳам тарқалиб кетадиган, оқибатини башорат қилиб бўлмайдиган фожиаларга олиб келиши мумкин.

Айнан шунинг учун ҳам биз ҳар икки томонни зудлик билан гуманитар мақсадларда муросага келишга, жанговар ҳаракатларни тўхтатиб, низони тинчлик йўли билан ҳал этишга чақирамиз.

Маълумки, биз яшаётган Марказий Осиё минтақаси турли миллат ва конфессиялар вакилларининг ўзаро тинч-тотув ҳаёт кечириши бўйича ноёб тажрибага эга.

Бу заминда асрлар давомида мусулмон, христиан ва яҳудийлар дўстлик ва ҳамжиҳатликда ёнма-ён яшаб келяптилар.

Мен бугунги фурсатдан фойдаланиб, барча юртдошларимизга, аввало, ёшларимизга мурожаат қилиб, уларни турли ёлғон ташвиқотларга берилмасликка, қонунга зид хатти-ҳаракатлар содир этмасликка чақираман.

Бизнинг энг катта кучимиз, бебаҳо бойлигимиз бўлган тинч ва осойишта ҳаётимизни, ўзаро бирлик ва ҳамжиҳатлигимизни барчамиз биргаликда асрашимиз зарур", - деди давлатимиз раҳбари ва кун тартибидаги масалалар муҳокамасига ўтди.

Facebook|Instagram|Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion

⚡️Sirdaryo viloyatida savdoga qo‘yilgan yer uchastkalaridan birini sotib oling va o‘z tadbirkorligingizni yo‘lga qo‘ying!

➡️Oqoltin tumanidan 264 ta (ko'rish)
➡️Boyovut tumanidan 310 ta (ko'rish)
➡️Sayxunobod tumanidan 163 ta (ko'rish)
➡️Guliston tumanidan 112 ta (ko'rish)
➡️Sardoba tumanidan 395 ta (ko'rish)
➡️Mirzaobod tumanidan 402 ta (ko'rish)
➡️Sirdaryo tumanidan 100 ta (ko'rish)
➡️Xovos tumanidan 419 ta (ko'rish)
➡️Guliston shahridan 1 ta (ko'rish)
➡️Yangiyer shahridan 177 ta (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror qabul qildi.

📃Qarorga muvofiq:

- yer resurslarining holati bo‘yicha Milliy hisobotni yuritish tartibi;
- yer hisobotini yuritish tartibi;
- yer hisoboti shakllarini tasdiqlash;
- yer resurslarining holati bo‘yicha Milliy hisobotni shakllantirish va taqdim etish tartibi;
- yer fondi toifalaridagi o‘zgarishlarni hisobga olish tartibi bo‘yicha nizom tasdiqlandi.

📆 2024-yil 1- yanvarga qadar “Yer hisobot” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishga tushiriladi.

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi “Yer hisobot” AAT operatori hisoblanadi.

◼️Yer hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish, yerlarni toifalarga ajratish va bir toifadan boshqasiga o‘tkazish natijalari vakolatli davlat organlarining qarorlari asosida “Yer hisobot” AATga kiritib boriladi.

◼️Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari real vaqt rejimida “E-qaror” elektron tizimi orqali “Yer hisobot” AATga taqdim etib boriladi.

◼️Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yer resurslarini xatlovdan o‘tkazish va uning natijalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi qarorlari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lmaydi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

⚡️ KADASTRDA BO'SH ISH O'RINLARI

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi quyidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

Guliston shahar filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
Sardoba tuman filiali Kadastr yig‘ma jildlarini tayyorlash sho‘basi Kadastr muhandisi
Mirzaobod tuman filiali Yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi

👆Agar siz ushbu lavozimlardan birida ishlamoqchi bo‘lsangiz Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga hujjatlaringiz bilan tashrif buyuring va ariza qoldiring.

Malaka talablari: Geodeziya, kartografiya, geoinformatika, kadastr yoki boshqa oliy ma’lumotga ega bolishi lozim.

📍Bizning manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, I.Karimov ko‘chasi 16-uy (Lokatsiya)

📞Batafsil maʼlumot uchun: (67) 236-50-05

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ma'lumot o'rnida

💠 Quyidagi hollarda manzilni belgilash uchun to‘lov undirilmaydi:

▪️ ko‘chmas mulk joylashgan ma’muriy — hududiy birlik o‘zgarganda;
▪️ ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda, obyektning qolgan qismiga eski manzili berilganda;
▪️ ko‘chaning nomi o‘zgarishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
▪️ nomsiz ko‘chalarga nom berilishi bilan ushbu ko‘chada joylashgan barcha ko‘chmas mulklarning manzili belgilanganda va manziliga o‘zgartirish kiritilganda;
▪️ qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno).

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM