Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Kadastr #murojaat

AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Viloyatimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

💠 Agar sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda ⭐️Kadastr agentligi hamda 🌟Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining ☎️ 67-225-41-64 va (67) 236-50-05) telefon raqamlariga yoki @SirdaryokadastrBOT telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

❗️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

🏢 Shuningdek, bevosita boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol

SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

📧Savol: Yashab kelayotgan uyimni kadastr hujjatini yangilashim kerak. Necha kunda yangisini olishim mumkin ?

✏️ Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" 535-sonli qaroriga asosan Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi. Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha, Yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha, Kadastr pasporti (yig‘majildi) yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Yer_nazotari #Sardoba_tumani

⚡️Har bir qarich yer maydonlari asrab avaylash har birimizning burchimizdir!

🏫Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sardoba tumani bo’limi inspektorlari tomonidan Yangiqishloq MFY hududida yer nazorati bo’yicha monitoring olib borilganida fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz 0.12 gektar yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

📝Holat yuzasidan Kadastr agentligining Sardoba tuman bo'limi inspektorlari tomonidan fuqaroga MJTKning 60-moddasi, 2-qismi bilan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda…

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

▪️Korrupsiya kelajak kushandasi▪️

🔰 Farzandlari kelajagi zulmat bilan qoplanishini istamagan har bir zamondoshimiz albatta ularga avvalo o‘zi to‘g‘ri yo‘l ko‘rsata olishi, buning uchun o‘zi o‘rnak bo‘lmog‘i lozim.

📹 Mazkur videorolik orqali ana shu fikrlar olg‘a surilgan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Chet eldan turib ayrim notarial bitimlarni rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi

📃 Qarorga ko‘ra, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining qonun ustuvorligini ta’minlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yo‘nalishi doirasida:

📆 2024-yil 1-yanvardan aholiga yo‘l harakati xavfsizligi sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishda, shu jumladan avtomototransportlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ularning oldi-sotdi shartnomalari va boshqa notarial tasdiqlangan bitimlarni “Notarius” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Bunda ariza beruvchilardan mazkur hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

📆 2024-yil 1-martdan notarial idoraga kelmasdan, shu jumladan chet eldan turib mol-mulkdan foydalanish bilan bog‘liq bitimlarni (mulk huquqini boshqa shaxsga o‘tkazishdan tashqari) elektron raqamli imzodan foydalanib, videokonferensaloqa orqali rasmiylashtirish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.

🧡Batafsil: https://uzdkp.uz/en/the-procedure-for-formalizing-some-notarial-transactions-from-abroad-will-be-established/

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing #murojaatlar

⚡️2023-yil boshidan bugungi kunga qadar kelib tushgan murojaatlar va ularni hal etish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Brifing.

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #infografika

🇺🇿 Sirdaryo viloyati hududida joylashgan ko'p qavatli uylar va undagi kvartiralar to'g'risida infografik ma'lumot.

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr pasporti shakllantirish statistikasi

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari tomonidan shakllantirilgan kadastr pasportlari mazkur videoinfografikada berilgan.

📆 Hisobot davri: 7- 13- sentabr, 2023 yil

📊 Jami kelib tushgan: 16 575 ta
Shakllantirilgan: 5 438 ta

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #kadastr_xizmati #javobgarlik

❗️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni o‘z vaqtida davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaslik javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin

📌Tegishli huquq paydo bo‘lgandan keyin 1 oy ichida ko‘chmas mulk davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.

🖥 Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza bilan Davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organga murojaat qilinadi.

‼️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🔹fuqarolarga BHMning 10 baravari (3,3 mln so‘m),

🔹mansabdor shaxslarga esa 15 baravari (4,95 mln so‘m) miqdorida jarima solishga
sabab bo‘ladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#yernazorati #ishonchraqam #infografika

⚡️ Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatlari to‘g‘risida maʼlumot bergan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining o‘n foizi miqdoridagi pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#hisobot_murojaatlar #Kadastr

⚡️MUROJAATLAR TAHLIL QILINGANDA...

📊 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning filiallariga kelib tushgan murojaatlar bo'yicha ma'lumot.

📈Joriy yilning 8-15 sentabr kunlari oralig'ida jami kelib tushgan murojaatlar soni 47 ta
. Jumladan;

🔸Yer ajratish masalasida 7 ta;
🔸Kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish 11 ta;
🔸Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish 6 ta;
🔸Kadastr xodimlarining xatti xarakati ustidan 2 ta;
🔸Nizoli holatlar bo'yicha 2 ta;
🔸So'rovnomalar 8 ta;
🔸Boshqa masalalar yuzasidan 11 ta.

Javob xatlarining ijobiyligi 25 ta
Ko'rib chiqilmoqda 22

☎️Murojaat uchun Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni - (67) 236-50-05
yoki telegram ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy @Sirdaryokadastrbot orqali murojaat yo'llashingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#auksion_kadastr

⚡️Dehqonchilik bilan shug‘ullanish istagidamisiz?

Sirdaryo viloyatidan dehqon xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga oling!

➤ Oqoltin tumanidan 13 ta (ko'rish)
➤ Boyovut tumanidan 144 ta (ko'rish)
➤ Sayxunobod tumanidan 45 ta (ko'rish)
➤ Guliston tumanidan 39 ta (ko'rish)
➤ Sardoba tumanidan 102 ta (ko'rish)
➤ Mirzaobod tumanidan 260 ta (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, lekin vaqtingiz yo'qmi?

📞 Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 ish vaqti Dushanbadan Jumagacha. Soat 9:00 dan 18:00 gacha.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati#Sardoba_tumani


⚡️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, Sardoba tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan davlat yer va kadastr nazorati tadbirida tumanning Zomin mahallasi hududida fuqaro tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olingan 720 kv.m yer uchastkasiga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan tomorqa sifatida foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

📝Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJTKning 60-moddasi 2-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Natijada, fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartataf etildi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram|Facebook|YouTube