Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.12K photos
1.04K videos
18 files
4.94K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#seminar #UzKad

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasida Davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha Arxivda saqlanayotgan “Yer hisobi” kitoblarini saqlanishi, “UzKad” dasturiga kiritilgan yer maydonlarini yer turlarida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, “Milliy yer hisoboti”ga tayyorgarlik ko‘rish va ma’lumotlarni jamlash yuzasidan filial Yer kadastri mutaxassislariga “ZOOM” orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Zoom platformasida mas'ullar ishtirokida o'tkazilgan yig‘ilish davomida davlat yer kadastrini yuritish bo‘yicha amaldagi qonun ва qarorlar asosida ish tashkil etish va yer hisobini har bir yerdan foydalanuvchilar kesimida yer turlari asosida to‘g‘ri yuritish, “Yer hisobi” kitoblarini arxivda saqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Sirdaryo#Kadastr

Topograflarga amaliy seminar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-oktyabrdagi PQ-405-son qaroriga asosan, Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va uning hududiy filiallariga taqdim etilgan su’niy yo’ldosh GPS asboblaridan foydalanishga topograf mutaxassislarini o’qitish hamda ko’nikmalar oshirish bo’yicha seminar tashkil etildi.


#Seminar davomida Respublika Aerogeodeziya markazi mutaxassislari tomonidan yangi topografik o‘lchov vositalardan foydalanib ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi .


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#seminar

Davlat
kadastrlari palatasining Bino inshootlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan Sirdaryoda o‘quv seminari o‘tkazildi

Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorining mazmun mohiyati, tizimda yangi ishga tushirilgan xizmatlar (bo‘lish, birlashtirish, ko‘chmas mulk tarixi, ko‘chmas mulk maʼlumotlarni tahrirlash) to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini(pasportini) tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma”ning ijrosi, “UZKAD” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib bu yo‘nalishlarda ham bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy masalalar muhokama qilindi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Seminar

⚡️ YANGI QONUNLAR BO‘YICHA SEMINAR

Bugun, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda Adliya boshqarmasi hamkorligida seminar bo'lib o'tdi.

Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari va tuman, shahar bo'lim hamda filial rahbarlari ishtirok etishdi.

Seminarda “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi hamda "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi  Qonunlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube