Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.23K photos
1.06K videos
18 files
5.02K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#bilasizmi

O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨 Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

◼️Xizmat uchun to‘lov miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

◼️Xususiylashtirish to‘lovi
viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑 To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi e’tirof etiladi▪️

▶️Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.

◼️Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018 yil
1 maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

▶️ Huquqlarni e’tirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Bunda:

🔹talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil
1 avgust hisoblanadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Manzil-maʼlumot axborotlarini olish tartibi ▪️

◼️Manzil-maʼlumot axborotlari – fuqaroning doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi boʻyicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtganligi, shuningdek, maʼlumot mavjud emasligi haqida maʼlumotlardir. Ushbu xizmatdan jismoniy shaxslar foydalanadilar.

📃 Xizmatni koʻrsatish tartibi:

▫️Bu axborotlarni olish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.
▫️Soʻrovnoma toʻldirilgach, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlanib, vakolatli organ (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar Ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Manzil-maʼlumot byurolari)ga yuboriladi.
▫️ Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgan kundan boshlab 1 ish kunida QR-kod qoʻyilgan manzil-maʼlumot axborotni rasmiylashtiradi hamda uni tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki arizachiga YIDXP orqali elektron ravishda yuboradi.

◼️Ariza beruvchilar faqat oʻzlariga tegishli manzil-maʼlumot axborotlarini olishlari mumkin. Boshqa shaxslarga tegishli manzil-maʼlumot axborotlari berilmaydi.

📆 Xizmatni koʻrsatish muddati: 1 ish kunida

➡️ Xizmat narxi: BHMning 3 foizi miqdorida – 9 900 soʻm;

Asos: Hukumat qarori (797-son, 04.10.2018-y.)

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

◼️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

◼️ Bugun Davlat kadastrlari palatasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi T.Yo'ldashev va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i B.Minasipov tomonidan ZOOM platformasi orqali yig’ilish bo’lib o’tdi.

◼️Yig‘ilish davomida kadastr xodimlari o'rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi va ishtirokchilariga korrupsiya va ularning huquqiy oqibatlari Mirzaobod tuman misoli yordamida tushuntirildi.

◼️ Umuman olganda, korrupsiya xodisasiga so’zning keng ma’nosida yondashadigan bo’lsak, bu shunchaki jinoyat yoki huquqbuzarlik emas, balki ma’naviy buzilish holatidir. Shunday ekan, o'ylaymizki, mazkur illatga qarshi kurashda nafaqat davlat organlari, balki jamiyat va umuman barcha fuqarolarimiz ma’suldirlar.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🫥 Fuqarolar murojaatlari e'tiborda

➡️Batafsil: " SirdaryoMTRK" telekanalining "Diyor yangiliklari" informatsion dasturi lavhasida.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📝Tafakkur va dunyo gazetasining 11-12-sonida "Oila tinch-totuv bo'lsa" va “O’ZBOSHIMCHA YER EGALLASHGA CHEK QOYILDI” nomli maqolasi chop etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Boyovut_tuman

⚡️YER EGASIZ EMAS, SO‘ROVCHILAR BOR

⭐️Kadastr agentligining Boyovut tuman bo‘limi tomonidan Boyovut tumani Shirin MFY, hududida yashovchi fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 90 kv.metr o'lchamdagi noqonuniy molxona binosini qurib olganligi aniqlandi.

📝Mazkur holat yuzasidan tuman inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

✔️ Natijada fuqaro tomonidan berilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌟 DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2023-yil 1-avgustdan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Davlat organlari rahbarlari raqamli texnologiyalar bo'yicha qisqa muddatli kurslarda o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat organlarining axborot texnologiyalari sohasidagi ayrim mas'ul xodimlariga 20% miqdorda ustama to'lanadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.
👉 Batafsil

⚜️Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablag'lar bank kartasiga o'tkazilishi mumkin.
👉 Batafsil

⚜️ Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish bo'yicha elektron platforma ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️Ayrim tibbiyot muassasalarida tibbiy psixolog, suitsidolog lavozimlari joriy qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Ota-onalarning farzandi ta'limi uchun to'lagan pullari daromad solig'idan ozod qilinadi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🫥Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etishda quyidagilar asos bo‘ladi:

✔️ko‘chmas mulk obyektining mansubligi masalasida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlar mavjudligi

✔️ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi

✔️hujjatlarda noto‘g‘ri, qarama-qarshi yoki buzilgan maʼlumotlar topilishi

✔️birlamchi kadastr yig‘majildi mavjud emasligi

✔️davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi maʼlumotlarning mavjudligi

✔️davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘xtatib turilgan hollarda, kamchiliklarning uch ish kuni mobaynida bartaraf etilmasligi

✔️yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda bekor qilinganligi

✔️huquqlarning vujudga kelishini belgilamaydigan hujjatlarning taqdim etilishi.

❗️Yuqoridagilardan boshqa asoslar bo‘yicha rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

◼️Yurtimiz sarhadlari◼️

🌐 Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlar hududi qancha?

Sirdaryo viloyatining umumiy maydoni, 4276,18²km

➡️1. Xovos tumani - 619,55²km
➡️2. Oqoltin tumani - 551,37²km
➡️3. Boyovut tumani - 522,89²km
➡️4. Guliston tumani - 349,65²km
➡️5. Sardoba tumani - 517,6²km
➡️6. Sirdaryo tumani - 536,13²km
➡️7. Mirzaobod tumani - 635,76²km
➡️8. Sayxunobod tumani - 451,13²km
➡️9. Shirin shahri - 13,39²km
➡️10. Guliston shahri - 36,21²km
➡️11. Yangiyer shahri - 29,88²km
➡️12. Sirdaryo shahri - 10,39²km
➡️13. Baxt shahri - 2,23²km

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #quyosh_panel

Ma'lumki 2023-yil yakuniga qadar 🌟Kadastr agentligi tizimida jami 21 ta obyektda quyosh panellari o‘rnatish ishlari rejalashtirilgan.

💠Shundan 🌟 Kadastr agentligi markaziy apparati binosida 1 ta, 🌟Kadastr agentligi hududiy boshqarmasida 1 ta, 💫Davlat kadastrlari palatasining 13 ta hududiy boshqarmalarida va 6 ta Agentlik tizim tashkilotlari binolarida jami 855 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatish rejalashtirilgan.

Bular:
😎Agentlik markaziy apparati binosi (120 kVt),
😎Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati (60 kVt)
😎Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi (20 kVt),
😎Andijon viloyati (30 kVt),
😎Namangan viloyati (40 kVt),
😎Farg‘ona viloyati (60 kVt),
😎 Jizzax viloyati (15 kVt),
😎Qashqadaryo viloyati (30 kVt),
😎Surxondaryo viloyati (20 kVt),
😎Toshkent shahar (60 kVt),
😎Toshkent viloyati (50 kVt),
😎Buxoro viloyati (15 kVt),
😎Xorazm viloyati (30 kVt),
😎Navoiy viloyati (15 kVt),
😎Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida (rejadan tashqari) (10 kVt) quyosh panellari o‘rnatildi.
🟡 Sirdaryo viloyati boshqarmasida (15 kVt) quyosh panellari o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

🔋Quyosh panellari o‘rnatish bo‘yicha yillik reja jami 855 kVt bo‘lib, iyul oyida 580 kVt rejaga nisbatan 67,8 % o‘rnatish ishlari yakunlandi.

Ma'lumot uchun: Qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish 🌟Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” DUK tomonidan manzilli dastur asosida olib borilmoqda.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM