Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.22K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#tezkor

⚡️11 noyabr — O‘zbekistonda «Umumxalq bayrami» sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoni bilan 11-noyabr — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni «Umumxalq bayrami» sifatida dam olish kuni deb eʼlon qilindi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#sammit

Prezident Shavkat Mirziyoyev sammit ishtirokchilarini samimiy kutib oldi. Yetakchilar birgalikda suratga tushdilar.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#TDTsammiti

Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi.

Turkiy davlatlar yetakchilari Samarqanddagi Registon maydoni yonidagi xiyobonda daraxt ekdilar. Daraxt ekish marosimi Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya poytaxtlarida, mamlakatimiz hududlarida ham o‘tkazildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Yаshil_makon #Dolzarb_40_kun

"Yashil makon" loyihasi amalda

Xalqimizda “Koʻchat ek, bogʻ yarat” degan naql bor. Ekilgan koʻchatlar chiroyli manzara hosil qilsa ham kishining dilini yayratib, ham havoning sofligini taʼminlaydi.Bugungi kunda ob-havoning keskin o’zgarishi yashil makonlar barpo etish dolzarb masalalarda biri ekanligini ko’rsatib turibdi. Prezidentimiz tashabbuslari bilan boshlangan “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻchat ekish ishlari davom etmoqda.

«Yаshil makon» umummilliy loyihasi doirasida Guliston shahrining Yаngi hayot mahallasi hududida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamda Guliston shahar xodimlari munosib hissalarini qo'shmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#bilib_oling #kadastr

Xususiylashtirilgan yer menga qanday foyda keltiradi va eng asosiysi snos qilinishi mumkinmi?

💠 Qonunchilikda davlatga tegishli yerlar yoki boshqa shaxslar foydalanishida bo‘lgan yerlar olib qo‘yilishi nazarda tutiladi. Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-sonli qaroriga asosan siz yeringizga nisbatan mulk huquqini olishingiz bilan (xususiylashtirish orqali) davlat shunchaki sizga tegishli bo‘lgan yerni olib qo‘ya olmaydi.

Agar yer uchastkasi davlat ehtiyojiga kerak bo‘lsa, sizdan bozor narxida, shartnoma asosida sotib olishi mumkin. Sizdan davlat yeringizni kelishilgan narxda sotib olsagina, yer davlatga o‘tadi. Yer “snos”ga tushib ketmaydi. Bu – mulk huquqining kafolatlanishi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #UzA

⚡️Endi hech kim o‘z mulkidan sud qarorisiz mahrum etilmaydi

Prezident farmoni bilan endilikda mulk huquqi faqatgina sud qarori bilan bekor qilinadi, yuridik shaxsning tugatilishi yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni bekor qilmaydi.

Batafsil: 👉 https://uza.uz

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
e-auksion.uz platformasi orqali Sirdaryo viloyati bo'yicha 1837 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi!

➤ Oqoltin tumanidan 155 ta
➤ Boyovut tumanidan 283 ta
➤ Sayxunobod tumanidan 42 ta
➤ Guliston tumanidan 79 ta
➤ Sardoba tumanidan 383 ta
➤ Mirzaobod tumanidan 233 ta
➤ Sirdaryo tumanidan 155 ta
➤ Xovos tumanidan 304 ta
➤ Guliston shahridan 7 ta
➤ Shirin shahridan 19 ta
➤ Yangiyer shahridan 177 ta

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr