Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.12K photos
1.04K videos
18 files
4.94K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

NOQONUNIY O’ZLASHTIRIB OLINGAN YERLAR ANIQLANDI

📹Batafsil Sevimli telekanalining "Zamon" informatsion dasturi lavhasida

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Davlat kadastrlari palatasi o‘z telegram kanalida berilgan ma’lumotlar asosida tayyorlangan test savollarini taqdim etadi.

SIRDARYO VILOYATI HUDUDI QANCHA?
Anonymous Quiz
50%
427,6 ming gektar
22%
553,2 ming gektar
17%
614,3 ming gektar
11%
541,4 ming gektar
🌤 #Ob_havo

⚡️11-may kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 11 may kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab baʼzi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi +12...+17 daraja iliq, kunduzi +20...+25 daraja issiq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🔰Shu sababdan ham Kadastr agentligi sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

⚡️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoni orqali xabar bering.

📌Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔷Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish tartibi bilan tanishing!

Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi 1060-son qarori bilan tartibga solinadi.

Qurilishi tugallanmagan bino va inshootlarni boshqa shaxsga o‘tkazishda huquq egasining buyurtmasi bo‘yicha yer uchastkasini berish hujjatlari, yer uchastkasiga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi maʼlumotlari asosida kadastr yig‘majildi tayyorlanadi va qurilishi tugallanmagan bino va inshootga bo‘lgan mulk huquqi ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

📝Bino va inshootlarga mulk huquqining vujudga kelishini va boshqa shaxsga o‘tishini tasdiqlovchi hujjatlar:
1. Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan binolar va inshootlarni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasi;
2. Notarial tasdiqlangan bino, inshootning oldi-sotdi shartnomasi;
3. Topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va oldi-sotdi shartnomasi;
4. Korxonaning topshirish-qabul qilish dalolatnomasi va notarial tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;
5. Lizing shartnomasi;
6. Hadya etish, ayrboshlash to‘g‘risidagi va notarial tasdiqlangan renta shartnoma;
7. Xususiylashtirilgan davlat binosi, inshooti, turar joyini mulk huquqini beruvchi davlat orderi;
8. Notarial tasdiqlangan meros qilib olish huquqi va er-xotinlarning umumiy mulki bo‘lgan bino, inshootning tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma;
9. Ko‘chmas mulk obyektini yuridik shaxslarning ustav jamg‘armasiga ulush sifatida berish shartnomasi;
10. Ko‘chmas mulk obyektini muassisga uning ulushini qaytarib berish sifatida shartnomasi;
11. Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda ko‘chmas mulk obyektini realizatsiya qilish bo‘yicha auksion natijalari - bayonnoma;
12. Tuman (shahar) qurilish bo‘limlarining turarjoyni noturarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati;
13. Tuman (shahar) qurilish bo‘limining noturar joy binosini turarjoy toifasiga o‘tkazishga ruxsati;
14. Sud qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan bino va inshootni berish dalolatnomasi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#huquqiy_tushuncha

🇺🇿 Davlat tomonidan yer maydonlarini ajratish tartibi

🏘 Tadbirkorlik va uy-joy qurish uchun Vazirlar Mahkamasining 71-sonli qaroriga asosan E-auksion.uz onlayn platformasidan yutib olinadi.

🏪 Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun Vazirlar Mahkamasining 543-sonli qaroriga asosan doimiy foydalanish uchun beriladi.

👨‍🌾 Dehqon xo'jaliklarini tashkil qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 20-sonli qaroriga asosan 10 yil muddatga ijara asosida beriladi.

📃 Istisno tariqasida yer ajratish O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli farmoniga asosan yer maydonlari ajratilib beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Hozirgi kunda kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtrish narxlari umumiy maydoni 100²m gacha bo'lgan ko'chmas mulk uchun qancha?
Anonymous Quiz
13%
BHM 0.5 baravari (135'000)
76%
BHM 1 baravari (270'000)
11%
BHM 2 baravari (540'000)
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni to‘lashda nogiron yoki nafaqaxo‘rlarga imtiyozlar bormi?

Javob: Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish uchun to‘lovlarni to‘lashda nogiron yoki nafaqaxo‘rlarga imtiyozlar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 2 sentyabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-son qarori bilan tartibga solinadi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi (davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi).

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi
Kadastr pasportining shakllari:

🏢 ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;

🏠 yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;

🏬 noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;

🏕 yer uchastkasining kadastr pasporti;

🏗 qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
❗️ Prezidentning davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etishga qaratilgan navbatdagi qarori qabul qilindi

Unga muvofiq:

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab, “E-Anticor.uz” elektron platformasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, ularning hududiy bo‘linmalari, davlat unitar korxonalari va muassasalari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori tashkilotlarning faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni majburiy aniqlash va baholashni nazarda tutuvchi “Ye-Antikorrupsiya” loyihasi to‘liq ishga tushiriladi;

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan "Korrupsiyaga moyil bo‘lgan munosabatlar elektron reyestri" (“past”, “o‘rta” va “yuqori” o‘lchovlarida) shakllantiriladi va Internet tarmog‘ida ochiq eʼlon qilib boriladi;

Har bir aniqlangan korrupsiyaviy xavf-xatarlarning tavsifi va darajasi, ularni bartaraf etish bo‘yicha choralarni o‘z ichiga oluvchi korrupsiyaviy xavf-xatarlar xaritalarini tuzish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

“Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida fuqarolardan noqonuniy qurilish holatlari yuzasidan murojaatlarni onlayn qabul qilish imkoni yaratiladi;

OTMlarga o‘qishga kirish uchun beriladgan imtiyozlarning ro‘yxati yagona xujjatda shakllantiriladi hamda ushbu imtiyozlarni umumiy kvotaga kiritmaslik to‘g‘risidagi qoida belgilanadi;

OTMlarda talabalarni yotoqxona bilan taʼminlash joylashtirishnig elektron tizimi joriy etiladi;

Avtobekatlarda tadbirkorlik obyektlarini joylashtirishga ruxsat berishning shaffof elektron mexanizmlari yaratiladi;

Tashqi reklama obyektlarini joylashtirish onlayn auksion tartibiga qatʼiy rioya etgan holda amalga oshiriladi va jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
▫️Auksion savdolarida mulkga ega bo'ling▫️

⚜️ Sirdaryo viloyati bo'yicha tadbirkorlik uchun mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarilgan yer uchastkalari bilan tanishing!

Ular bugungi kunga qadar 471 tani tashkil etmoqda:

▪️Oqoltin tumanida 26 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 121 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 4 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 208 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 70 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston shahrida 11 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 31 ta (
Ko'rish)

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#onlayn_xizmatlar #kadastr #2022

🏠🏢📝 Kadastr pasportini shakllantirish bo'yicha my.gov.uz portali orqali may oyida kelib tushgan arizalar bo'yicha umumiy statistika

💻 Yagona portal orqali- 2 087 ta
🏢 Davlat xizmatlari markazi orqali- 8 787 ta
Tugatilganlar - 2 408 ta
Rad etilganlar - 1 358 ta

Siz ham xizmatdan onlayn foydalanishingiz mumkin.
👇👇👇👇👇👇👇👇

Kadastr pasportini shakllantirish

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#infografika #murojaatlar

🔷 Joriy yilning yil boshidan 1-may kuniga qadar Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida ma'lumot.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Sirdaryo_kadastr

⚡️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Guliston tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan hududlarda o'zboshimchalik bilan yerlarni egallash, olish va noqonuniy qurilish xolatlarini aniqlash maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
▫️Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi▫️

🔲 Korrupsiyani to‘xtatish uchun nimalar qilish zarur?
Buning 10 ta usuli Konrad Adenauer fondining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ko‘magida tayyorlangan videorolikda qayd etilgan.

🔲 Unutmang, korrupsiya faqatgina o‘zimiznigina emas, balki atrofimizdagi yaqinlarimizning ham hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
▫️Auksionga savdolariga chiqarilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti▫️

🔷 Respublikamizning barcha hududlari bo‘yicha 02-10 - may kunlari auksion savdolariga taqdim etilgan yer uchastkalarining statistik ma’lumotlari bilan tanishing.

🔷 Davlat kadastrlari palatasi taqdim etgan ma'limotlar asosida e-auksion.uz da qatnashing va shaffof, ochiq yo'l bilan yer uchastkalarini sotib oling!

#DavKadastrPalata #auksion #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Yer uchastkasini egalik qilish qaysi normativ-huquqiy hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

Javob: Yer uchastkasini egalik huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 29 dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom asosida amalga oshiriladi.

Ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun undiriladigan to‘lovlar Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 10 iyuldagi
186-sonli “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan amalga oshiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube