Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🌤 #Ob_havo

30-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 30-mart kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Кўчмас мулкка тақиқ қўйилса, бу ҳақда ҳуқуқ эгалари хабардор этилади

📍
https://uza.uz/posts/359286

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Kadastr hujjati yo‘qolganda dublikat qilish uchun pul to‘lanadimi?
Anonymous Quiz
74%
yo'q bepul
18%
ha to'lanadi BHMning 50% miqdorida
8%
ha to'lanadi BHMning 1 baravari
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol
Mahallamizdagi fermer o‘zining fermerlik yeridan uy-joy qurish uchun menga yer ajratib bermoqchi. Uning yeridan olib uy-joy qursam keyinchalik noqonuniy deyishmaydimi?

Javob
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalarini fermer rahbari hamda hech qaysi vakolatli organlar tomonidan oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlanishi mumkin emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasi va 24-moddalari bilan taqiqlab qo‘yilgan. Mazkur fermerning harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

❗️Bugungi kunda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini e-auksion orqali sotib olishingiz mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Bugun «Korrupsiya jamiyat kushandasi» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

🔸Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i A.Maxarov va Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.Abdaliyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Gulistan shahar filial rahbar xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

🔸Davra suhbatida tizim xodimlariga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarib, yurtdoshlarimizning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlashda fidoyi bo‘lishlariga chaqirildi va Korrupsiyaning salbiy oqibatlari to'g'risida bir qancha misollar keltirildi.

🔸Bunday davra suhbatlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sohada firibgarlik va ta`magirlik omillarni yo'q qilish, va har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish hisoblanadi.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига жўнаб кетди.

Давлатимиз раҳбари у ерда Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоғанга ҳамроҳлик қилади. Ташриф чоғида Хива шаҳрини зиёрат қилиш кўзда тутилган.
#Auksion #VMQ_709

⚡️E-AUKSION.UZ orqali Sirdaryo viloyatidan 2,5 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling!

Ayni paytda Sirdaryo viloyati hududida 2502 ta dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga ochiq tanlovga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

▪️Oqoltin tumanida 126 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 383 ta (
Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 245 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 298 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 737 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 67 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 218 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 428 ta (
Ko'rish)

☝🏻Endilikda sizda e-auksion.uz orqali dehqon xo‘jaligi yerlarini 10 yil muddatga ijaraga olish imkoniyati mavjud

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️30-mart holatiga jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan 546 ta ma’muriy jarimalar qo'llanildi

🔰
Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizimida faoliyat olib borayotgan yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan joriy yilning 1-yanvaridan boshlab 2022-yil 30-martiga qadar O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining tegishli moddalari bilan 546 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

📊Tahlil natijalariga ko'ra;

📘Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning
🔸60-moddasi 2-qismi bilan 184 ta,
🔸60-moddasi 3-qismi bilan 9 ta,
🔸60¹-modda bilan 1 ta,
🔸68-modda 1-qismi bilan 217 ta,
🔸68¹-modda bilan 135 tani tashkil etadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🌤 #Ob_havo

31-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 31-mart kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, kunduzi +17...+22 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#TEST

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan har qanday huquq vujudga kelgandan so‘ng qancha muddatda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak?
Anonymous Quiz
36%
10 kun muddatda
17%
15 kun muddatda
48%
1 oy muddatda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🔸So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🔸Shu sababli Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

Kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati xodimining +99867-225-98-97 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.!

🤝Murojaatchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #brifing

📢 31-mart, payshanba kuni:

🔰 Brifing

● Mavzu: Yer qonun buzulish holatlarini aniqlash, ularni oldini olish hamda ko‘rilgan choralar to‘g‘risida

● Vaqti: 14:00

● Ishtirok etadi: Kadastr Agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmatjon Atamuratov

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
08:00:00-09:00:00
RADIO 24
🔹“O‘zbekiston24” radiosida press tur haqida🔹

🛣 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan o‘tkazilgan Press-turda ishtirok etgan “O‘zbekiston24” radiokanali jurnalisti jarayonning o‘zidan jonli efirga chiqib ma’lumot taqdim etdi.

🎙Bundan tashqari alohida radioreportajda press turning ahamiyatli jihatlari haqida so‘z yuritdi.

#DavKadastrPalata #Press_tur #oav_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
⚡️Sirdaryo tumani va Guliston shahrida sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabul o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari Muxammadiyev Ulug‘bek Islomovich rahbarligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo tumani va Guliston shahrida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sud-huquq masalalari bo‘yicha ommaviy qabuli bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi hamda qator tashkilot vakillari ishtirok etishdi.

Qabul davomida fuqarolarning murojaatlarining ayrimlariga shu joyning o‘zida yechim topilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish muddat talab etadigan masalalar nazoratga olindi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube