Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🔹Davlat kadastrlari palatasida Press tur🔹

🔷 Davlat kadastrlari palatasiga yetib kelgan bir guruh ommaviy axborot vositalari vakillari Press turning navbatdagi manzilida Yer xatlovidan so‘ng bosqich bo‘yicha geopartalga kirgizish va yer fondi turlari haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🔷 Press tur yer munosabatlaridagi qonunchilikdagi o‘zgarishlar davrida ayni muddao bo‘lganini qayd etgan jurnalistlarda savollar juda ko‘p bo‘ldi, javoblar mehmonlarda yana savollar tug‘dirdi.

🔷 Shu vaqtga qadar davom etgan press turning matbuot anjumani juda qizg‘in baxs munozaralarga boy o‘tdi. Bu haqda alohida tez orada videoreportajda yana ma’lumot beramiz...

#DavKadastrPalata #press_tur #xatlov #geoportal

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#tayinlov

DSQ Raisi Kadastr agentligining yangi direktorini tanishtirdi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev
Prezident qarori bilan Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan Pulatov Farrux Jaxongirovichni jamoaga tanishtirdi.

Sh. Kudbiyev keyingi yillarda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jahatdan rivojlantirishga qaratilgan islohotlarning asosiy yo‘nalishi hech bir sohada, jumladan soliq va kadastr sohasida korrupsiyaga o‘rin qoldirmaslikka qaratilganini taʼkidladi.

Shu jihatdan kadastr tizimini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish, birinchi rahbardan tortib oddiy xizmatchigacha korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat bildirish ularning birinchi galdagi vazifasi bo‘lishi lozimligini qayd etdi.

F.Pulatovga Agentlikning ahil jamoasi bilan ulkan marralarni zabt etishini tiladi.

Prezidentimiz va xalqimiz ishonchini oqlashiga, tizimni takomillashtirishda munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.

F.Pulatov Adliya katta maslahatchisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
🌤 #Ob_havo

30-mart kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, 30-mart kuni Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Harorat kechasi 0...+5 daraja iliq, baʼzi joylarda -2 daraja sovuqqacha, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Кўчмас мулкка тақиқ қўйилса, бу ҳақда ҳуқуқ эгалари хабардор этилади

📍
https://uza.uz/posts/359286

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Kadastr hujjati yo‘qolganda dublikat qilish uchun pul to‘lanadimi?
Anonymous Quiz
74%
yo'q bepul
18%
ha to'lanadi BHMning 50% miqdorida
8%
ha to'lanadi BHMning 1 baravari
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol
Mahallamizdagi fermer o‘zining fermerlik yeridan uy-joy qurish uchun menga yer ajratib bermoqchi. Uning yeridan olib uy-joy qursam keyinchalik noqonuniy deyishmaydimi?

Javob
Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkalarini fermer rahbari hamda hech qaysi vakolatli organlar tomonidan oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlanishi mumkin emas. Bu O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 16-moddasi va 24-moddalari bilan taqiqlab qo‘yilgan. Mazkur fermerning harakatlari noqonuniy hisoblanadi.

❗️Bugungi kunda uy-joy qurish uchun yer uchastkasini e-auksion orqali sotib olishingiz mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Bugun «Korrupsiya jamiyat kushandasi» mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi

🔸Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i A.Maxarov va Komplaens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.Abdaliyev boshchiligida Davlat kadastrlari palatasi Gulistan shahar filial rahbar xodimlari uchun davra suhbati tashkil etildi.

🔸Davra suhbatida tizim xodimlariga jismoniy va yuridik shaxslarga xizmat ko‘rsatish jarayonida tamagirlik, poraxo‘rlik, mansab vakolatini suiisteʼmol qilish kabi korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, aksincha o‘z xizmat vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarib, yurtdoshlarimizning kadastr idoralariga bo‘lgan ishonchlarini yanada mustahkamlashda fidoyi bo‘lishlariga chaqirildi va Korrupsiyaning salbiy oqibatlari to'g'risida bir qancha misollar keltirildi.

🔸Bunday davra suhbatlarini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sohada firibgarlik va ta`magirlik omillarni yo'q qilish, va har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish hisoblanadi.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига жўнаб кетди.

Давлатимиз раҳбари у ерда Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоғанга ҳамроҳлик қилади. Ташриф чоғида Хива шаҳрини зиёрат қилиш кўзда тутилган.