Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿Muhtaram vatanimiz posbonlari!

Siz azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

Bugun dunyoning olis va yaqin mintaqalarida murakkab mojaro va to‘qnashuvlar davom etayotgan bir paytda jonajon O‘zbekistonimizda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash yo'lida ko'rsatayotgan fidoyiligingiz va mehnatingizni qadrlaymiz. Sizga mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilab, oila atalmish qo'rg'oningizga mustahkam sog'lik va baxt-saodat tilaymiz.

BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN AZIZ HIMOYACHILAR!

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🌤 #Ob_havo

Bugun 14 yanvar kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Harorat kechasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +12...+17 daraja iliq bo‘ladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
14 yanvar yurtimizda Vatan himoyachilari kuni sifatida nishonlanadi. 1993 yil 29 dekabr kuni O'zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “14 yanvar — Vatan himoyachilari kuni” deb e'lon qilingan. Vatanni himoya qilish, uni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash yurtning har bir farzandi vazifasidir.

Ushbu sharafli vazifani harbiylarimiz va boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari amalga oshiradilar. Ularning kechani kecha, sovuqni sovuq demay yurt himoyasi, uning osoyishtaligi uchun qalqon bo'lishlari sabab bugun barchamiz tunlari orom olib, kunduzlari xotirjammiz. Shu sababli ham ularni qancha ulug'lasak, qancha e'zozlasak shuncha oz.

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat jamoasi mamlakatimizdagi barcha harbiylarni va huquq-tartibot idoralari xodimlarini bayram bilan muborakbod etadi!

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
#Davra_suhbati_O'RQ_419_son

🔰Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarma boshliqlari hamda masʼul xodimlardan iborat tuzilgan ishchi guruh tomonidan boshqarmalarning Boyovut, Hovos tumani hamda Shirin va Yangiyer shahar bo‘lim va filiallarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

🔸Tadbirda soha xodimlarining korrupsiya illatidan uzoq bo‘lish va o‘z vazifasiga sidqidildan yondashib, faqat to‘g‘ri yo‘ldan yurish, firibgarlik, tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerakligi tushuntirildi.

Bunday profilaktik tadbirlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – sohada firibgarlik va taʼmagirlik omillarni butunlay yo'qotish, har bir xodimda korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish hisoblanadi.

🔸Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish bo‘yicha hududlarda profilaktika ishlari davom etmoqda.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
Forwarded from Sirdaryo | Kun.uz
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini uchinchi shaxsga o‘tkazishga ruxsat beriladi

Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

👉 https://kun.uz/uz/32401903

➡️ Sirdaryo xabarlari
🌤 #Ob_havo

Bugun 17-yanvar kuni kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida maʼlumot

Gidrometeorologiya xizmati markaziga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘adi, baʼzi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi.

Harorat kechasi +3...+8 daraja iliq, kunduzi +5...+10 daraja iliq bo‘ladi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
▪️KADASTR AGENTLIGI SIRDARYO VILOYAT BOSHQARMASI hafta ichida▪️

2021-yil davomida Sirdaryo viloyatida bino-inshootlar soni 360 taga oshdi.
👉 Batafsil

Yer hisobi va davlat kadastrlarini shakllantirishdagi muammolar hamda ularning qonuniy yechimlari yuzasidan Oliy sud tomonidan tuzilgan ishchi guruh o‘z ishini boshladi
👉 Batafsil

Auksionga savdolariga chiqarilgan yer uchastkalarining haftalik hisoboti
👉 Batafsil

Mirzaobod va Oqoltin tumanlarida «Korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va uning oldini olish» bo‘yicha davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
👉 Batafsil

2021-yil Viloyatimizda qariyb 34 gektar yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallangan.
👉 Batafsil

Boyovut, Hovos tumani hamda Shirin va Yangiyer shahar bo‘lim va filiallarida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar ishtirokida "Korrupsiya - taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.
👉 Batafsil
Forwarded from E-AUKSION (Zohirshoh)
Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda 180 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

▪️ Andijon viloyatidan 124 ta (ko'rish)
▪️ Qashqadaryo viloyatidan 1 ta (ko'rish)
▪️ Namangan viloyatidan 22 ta (ko'rish)
▪️ Samarqand viloyatidan 5 ta (ko'rish)
▪️ Sirdaryo viloyatidan 7 ta (ko'rish)
▪️ Xorazm viloyatidan 21 ta (ko'rish)

Boshqa hududlardan ham yer maydonlari chiqarish ishlari olib borilmoqda.

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash tartibi quidagicha:

1. Arizachi YAIDXPda elektron arizani to‘ldiradi so‘ng “Notarius” AATga yuboriladi.

2. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjudligi yoki yo‘qligini avtomatik tarzda tekshiradi.

3. “Notarius” AAT qarzdorlik mavjud bo‘lmagan taqdirda” elektron arizaga noyob raqami beriladi.

4. Ariza beruvchi hamda bitimning boshqa tomoni notarial idoraga kelish va bitimni notarial tasdiqlash uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etiladi.

5. Notarius maʼlumotlarni Qoraqalpg‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tegishli tumandagi filialiga yuboradi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
#Auksion

📈“E-auksion” platformasida savdolar o‘tkazishning yagona tartibi joriy etildi

Endilikda savdoda qatnashish uchun arizalar savdo o‘tkaziladigan kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi hamda savdolar soat 10:00 da boshlanadi (avval xabarnomada ariza berish muddati va savdo vaqti e’lon qilingan lotlar bundan mustasno, xabarnomada e’lon qilingan vaqtda).

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 12 yanvardagi "Elektron onlayn-auksion va tanlovlarni tashkil etish hamda o‘tkazish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 18-sonli qarori qabul qilindi.

Qaror va qaror bilan tasdiqlangan Nizom bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Bizning rasmiy sahifalarimiz 👉🏼 facebook telegram instagram
Forwarded from E-AUKSION (Zohirshoh)
Dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga berish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 24.11.2021-yildagi "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi 709-sonli qarori bilan tanishing! (QAROR)

👇Xabardor boʼlish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
🔲 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalariga aholidan 2021 yil 10-14 yanvar kunlari jami 1 653 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni hududlar kesimida ko'radigan bo'lsak:

▪️Qoraqalpog‘iston Respublikasi - 20
▪️Andijon viloyati - 62
▪️Buxoro viloyati - 126
▪️ Samarqand viloyati - 23
▪️Sirdaryo viloyati - 53
▪️Surxondaryo viloyati - 191
▪️Qashqadaryo viloyati - 140
▪️Toshkent shahar - 130
▪️Toshkent viloyati - 336
▪️Navoiy viloyati - 59
▪️Namangan viloyati - 150
▪️Xorazm viloyati - 109
▪️Jizzax viloyati - 126
▪️ Farg‘ona viloyati - 106

🔲 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #info #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |