Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.23K photos
1.07K videos
18 files
5.02K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#bilasizmi

QANDAY HOLLARDA KADASTR PASPORTI RASMIYLASHTIRILADI YOKI QAYTA RASMIYLASHTIRILADI

🔰ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;

🔰ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ikki qismga alohida Kadastr pasporti shakllantiriladi);

🔰qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;

🔰yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;

🔰ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;

🔰ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda;

🔰o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #Kadastr #Aerogeodeziya

🌐 Kadastr agentligi Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Toshkent shahri ma'muriy-hududiy birliklar chegaralarini aniqlash, shahar hududiga Toshkent viloyatidan qo'shilayotgan yerlarni belgilash hamda markaz mutaxassislari tomonidan yaratilayotgan yuqori aniqlikdagi elektron xaritalar haqida "Sevimli" telekanalining "Zamon" informatsion dasturidan lavha.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔲Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

🔲Mazkur maʼlumotda siz, O'simlik dunyosi ob'ektlarining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichi bilan tanishishingiz mumkin.

▪️Infografika№3

#DavKadastrPalata #info #o_smliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#xalqaro_hamkorlik

Ayni damda Kadastr agentligida "Ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazish va kadastr tizimlarini modernizatsiyalash" loyihasi doirasida 🇺🇿 Kadastr agentligi direktori Fazliddin Umarov va 🌐 Jahon bankining yer va geofazoviy aspektlar bo‘yicha global lideri, katta texnik maslahatchi Vael Zakut boshchiligidagi Jahon banki missiyasi o'rtasida uchrashuv bo‘lib o’tmoqda.

Uchrashuv jarayonida kadastr sohasidagi islohotlar, loyihani amalga oshirish holati kelgusidagi rejalar muhokama qilinmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Milliy geoaxborot tizimidagi vakolatli organlarning Davlat kadastrlariga oid maʼlumotlarini toʼliq shakllantirishi boʼyicha turkum maʼlumotlar!

Mazkur maʼlumotda siz, Chiqindini ko'mish va utilizatsiya joylarining joriy yil yanvar-sentyabr oylari boʼyicha maqsadli koʼrsatkichi bilan tanishishingiz mumkin.

📊Infografika№4

#DavKadastrPalata #info #utilizatsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
⚪️Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Soliq qoʼmitasi huzuridagi Kadastr agentligi Koʼchmas mulk boʼyicha kadastr muhandisi malaka shahodatnomasini olishga talabgor boʼlgan jismoniy shaxslarga imtihon komissiyasi 17-18 noyabr kunlari malaka imtihonlarini oʼtkazishini maʼlum qilamiz.

⚪️Kadastr agentligi tomonidan beriladigan malaka shahodatnomasiga ega ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga - ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash huquqi beriladi. Mazkur imtihonlar Davlat Kadastrlari palatasi binosida oʼtkazilishi rejalashtirilgan.

🔘Sinov imtihonlari haqida batafsil yana maʼlumot beriladi.

#DavKadastrPalata #imtihon #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
​​#Kadastr #IT_texnologiyalari

🔰Davlat soliq qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yuridik shaxslar, faoliyatini vakolatxona, filial yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 4-sentabrdagi 539-son qarori asosida Davlat soliq qo‘mitasi hamda Kadastr agentligi axborot tizimlari o‘rtasida elektron hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

💻Mazkur elektron hamkorlikka muvofiq Davlat soliq qo‘mitasi Kadastr agentligidan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Истанбул шаҳрида Туркий кенгаш котибиятининг янги биноси олдида байроқ кўтариш маросими бўлиб ўтди.
Маросимда Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва қардош мамлакатлар раҳбарлари иштирок этдилар.
Ўзбекистон, Озарбайжон, Туркия, Қирғизистон, Қозоғистон ҳамда Венгрия, Туркманистон ва ташкилотнинг байроқлари тантанали равишда кўтарилди.

В городе Стамбуле состоялось поднятие флагов у нового здания секретариата Тюркского совета.
В церемонии принял участие Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиеёв с главами братских государств.
В торжественной обстановке были подняты флаги Узбекистана, Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Турции, а также Венгрии, Туркменистана и самой организации.

#Mirziyoyev #sammit #TurkiyKengash #kotibiyat

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Forwarded from Kadastr - Live
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan birinchi marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratildi.

O‘zbekiston Milliy atlasi 416 ta xaritalarni o‘zida jamlagan 2 jilddan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining barcha sohalarini kartografik va matnli ko‘rinishda tavsiflovchi fundamental ilmiy-maʼlumotnoma asari hisoblanadi.

Atlasda Respublikamizning "Tabiiy-geografik o‘rni va umumiy xususiyatlari", "Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari", "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi", "Aholisi", "Ijtimoiy" va "Iqtisodiyot sohalari" hamda "Tarixi" aks ettirilgan.

Milliy atlas Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi va "Kartografiya" davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasining 100 dan ortiq mutaxassislari, Fanlar akademiyasining yetuk olimlari, vazirlik va idoralarning vakillari hamda oliy taʼlim va boshqa ilmiy maqomga ega bo‘lgan tashkilotlardan jalb etilgan ekspertlar hamkorligida yaratildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркий кенгашнинг саккизинчи саммитида иштирок этди.
Савдо, инвестициялар, “яшил” иқтисодиёт, рақамли технологиялар, транспорт ва коммуникациялар, таълим ва маданият соҳаларидаги муносабатларни ҳар томонлама кенгайтириш ва мустаҳкамлаш масалалари кўриб чиқилди.
Президентимиз ташкилот доирасидаги ҳамкорликнинг улкан салоҳиятини тўлиқ рўёбга чиқариш ва ташкилотни мустаҳкамлашга қаратилган ташаббусларни илгари сурди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял участие восьмом саммите Тюркского совета.
Рассмотрены вопросы расширения и углубления сотрудничествав сферах торговли, инвестиций, «зелёной» экономики, цифровых технологий, транспорта и коммуникаций, а также образования и культуры.
Лидер Узбекистана озвучил инициативы, направленные на более полное задействование огромного потенциала сотрудничества наших стран и укрепление организации.

#Mirziyoyev #sammit #TurkiyKengash #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter