Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
8K photos
1.18K videos
20 files
5.51K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

KADASTR XIZMATLARINI ONLAYN TO'LASH

Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda profilaktik tadbirlar

◼️Shu bois, Davlat kadastrlari palatasi va hududiy boshqarmalarning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi mas'ullari tomonidan tizim xodimlari o'rtasida muntazam ravishda profilaktika tadbirlari o'tkazib borilmoqda.

◼️Korrupsion holatlarning tizimga va xodimlar shaxsiy hayotiga naqadar salbiy ta'sir ko'rsatishi real misollar asosida tushuntirilib, xizmat vazifasiga vijdonan va halol yondashishlari to'g'risida tushunchalar berilgan davra suhbatlari hafta davomida quyidagi boshqarmalarda tashkil etildi:

▫️Xorazm viloyati 1, 2, 3
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Buxoro viloyati

#DavKadastrPalata #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #bilasizmi

⚡️Mansab vakolatini suisteʼmol qilish javobgarlikka sabab bo‘ladi

Мansab vakolatini suiisteʼmol qilish, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi mansabdor shaxsining o‘z mansab vakolatlaridan qasddan foydalanishi fuqarolarning huquqlariga yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga yoxud davlat yoki jamoat manfaatlariga ko‘p miqdorda zarar yoxud jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lsa quyidagi jazo choralaridan biri qo‘llanilishi mumkin:


▫️ BHMining 150 baravaridan 300 baravarigacha (45 mln so‘mdan 90 mln so‘mgacha) miqdorda jarima;
▫️ 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish;
▫️ 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
▫️ 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
▫️ 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash;
▫️ 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#diqqat #murojaat

⚡️JUDA MUHIM. VIDEONI SAQLAB QO'YING!

Kadastr
agentligining Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimi Shuhrat Davronov video murojaati.

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining O'RQ-937-sonli Qonuni doirasida hozirda xatlov jarayonlari olib borilmoqda.

Xatlov jarayonida kadastr xodimlarining noqonuniy harakati haqida ma'lumotga ega bo'lsangiz quyidagi raqamlarga qo'ng‘iroq qilishingiz mumkin:


📞+99867-236-50-05
📞+99897-300-80-55

"Sizlardan xatlov jarayoniga turli vositachilarni aralashtirmaslik, kadastr xodimlariga “tezlashtiring, imkonini qilib bering” degan turli vajlar bilan moddiy manfaatdorlikni taklif qilmaslik so‘raladi!" -deyiladi video murojaatda.


➡️ Batafsil videoda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Maxsus iqtisodiy zonalardagi yuridik shaxslarga davlat ro‘yxatidan o‘tish soddalashtiriladi


🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.01.2025-yildagi "O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 30-son qarori qabul qilindi.

◼️ Unga ko'ra, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga quyidagi mazmundagi qo'shimchalar kiritildi:

📃 Maxsus iqtisodiy zona hududida investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun yuridik shaxs elektron onlayn-auksion savdolari natijalariga ko‘ra g‘olib deb topilgan taqdirda qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

◼️ Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-sentabrdagi 452-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus iqtisodiy zonalar hududida investorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti quyidagi mazmundagi band bilan to'ldirildi.

◼️Elektron-onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan yuridik shaxs maxsus iqtisodiy zona hududidan qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi (ilgari maxsus iqtisodiy zona hududidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan yuridik shaxslar bundan mustasno).

◼️Investorni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ariza kompozit tarzda Davlat xizmatlari markaziga yuborilishi mumkin.

◼️Bunda investor Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimiga yuborilgan elektron-onlayn auksion savdolarida g‘olib bo‘lganligi haqidagi xabarnoma asosida avtomatik tarzda qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi”

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XATLOV JARAYONLARI SHAFFOF O‘TISHI TA'MINLANMOQDA

Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida Kadastr xodimlari tomonidan ko‘chmas mulklarni xatlov yo‘li bilan texnik inventarizatsiyadan o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.

Bugun Kadastr agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B. Shomansurov kunlik reja-jadval asosida 📍Guliston shahrida olib borilayotgan xatlov jarayonlari bilan tanishdi.

O‘rganishlar davomida joylardagi xatlov ishlarini to‘g‘ri, xolisona va sifatli tashkil etish yuzasidan mas’ullarga kerakli topshiriq hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xatlov ishlari amalga oshirilgan xonadon egalarining fikr-mulohazalari o‘rganildi. Muloqot davomida xatlovdan ko‘zlangan pirovard maqsad fuqarolarning qonunda belgilangan yer uchastkalari va ko‘chmas mulklariga nisbatan egalik huquqlarini qonuniy e’tirof etilishi ekanligi tushuntirib o‘tildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Bilib_qoʼygan_yaxshi

I va II guruh nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun imtiyozlar

Ijtimoiy himoya yagona reyestri axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

Shuningdek fuqarolarga koʻrsatiladigan xizmatlardan navbatsiz foydalanishi, davlat idoralari rahbarlari (mansabdor shaxslar) qabuliga navbatsiz kirish boʻyicha imtiyoz beriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
O‘zboshimcha egallangan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqi qaysi tashkilot tomonidan eʼtirof etiladi?
Anonymous Quiz
11%
Viloyat hokimligi
12%
Vazirlar Mahkamasi
40%
Xalq deputatlari viloyat Kengashi
38%
Kadastr agentligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o'rtasidagi masofa qancha bo'lishi lozim?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi turar joy bilan ijtimoiy obyektlar o‘rtasidagi masofa bo'yicha ma'lumotlarni taqdim etadi.

➡️ Foydali bo'lgan ushbu ma'lumotlarni kengroq tarqating.

#DavKadastrPalata #masofa

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Bir martalik umumdavlat aksiyasi 
— o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 2-modda

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ❗️❗️❗️

❗️"KADASTR RAQAMINI BERAMIZ" - DEB ESHIK TAQILLATIB KELGANLARGA PUL BERISH KERAKMI?
❗️O‘ZI XATLOVDA KIMGA TO‘LOV QILISH KERAK?

🌟Kadastr agentligi direktorining matbuot kotibi N.Atamuratov barchasini tushuntirib berdi.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

SOHANI KORRUPSIYADAN XOLI TIZIMGA AYLANTIRAMIZ


Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Boyovut tuman filialida Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi Sh.Davronov ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida mazkur bo‘lim va filiallar xodimlari bilan "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida"gi O‘RQ-937-sonli Qonuni mazmun-mohiyati hamda qonun ijrosi doirasida korrupsiya holatlarga yo‘l qo‘ymaslik mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida kadastr xodimlari o‘rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr