Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.9K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Guliston shahrida o‘tkaziladigan xatlov ishlari bo’yicha reja-jadval

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazishning Guliston shahri hududi uchun reja-jadval.

Agarda ro’yxatdan sizning mahallangiz nomi chiqmasa xavotirga tushmang. Demak sizning mahallangiz 2025-yildan keyingi bosqichda xatlovdan o’tkaziladi. 2026-yil reja-jadvali 2025-yil yakuniga qadar e’lon qilinadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli yurtdoshlar!

Yer, mulk, uy-joy bilan bog‘liq munosabatlar tarixan qadriyatimizga aylangan. 2024-yilning 5-avgust sanasida Davlatimiz rahbari vatandoshlarimiz uchun muhim bo‘lgan yana bir tarixiy Qonunni imzoladilar.

Bugun 8-noyabrdan millionlab yurtdoshlarimiz kutgan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun kuchga kiradi. 2024–2025-yillar uchun tasdiqlangan reja-garfik asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

Qonun kuchga kirish sanasida sizga murojaat qilishimdan maqsad
“ogohlikka” chaqirishdir!

Uzoq yillar davomida o‘zi yashab kelayotgan uyini rasmiylashtirib olishni niyat qilib yurgan halol insonlar ko‘p ammo, vaziyatdan foydalanib, noqonuniy yo‘llar bilan daromad qilishni reja qilib yurgan “uddaburonlar” ham yo‘q emas.

Sizlarni bunday nopok kimsalarning har qanday so‘zlari va va’dalariga ishonmaslikka chaqiraman!

Birinchidan,
mahallalar aniq tasdiqlangan reja-grafik asosida xatlovdan o‘tkaziladi. Biri qolib ikkinchisiga o‘tilmaydi, ya’ni xalq tili bilan aytganda “tezlashtirib berishning imkoni yo‘q!”.

Ikkinchidan, xatlovdan keyin “E’TIROF” dasturiga kiritilgan har bir holat bo‘yicha 15 dan ortiq vazirlik va idoralar xulosalarini beradi hamda kosmik suratlar yordamida tahlil qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “ilojini qilib o‘tkazib bo‘lmaydi!”.

Uchinchidan, xatlov jarayonida qonun bilan aniq belgilab berilgan 8 ta toifaga kiruvchi holatlar o‘rganiladi. Hozirda egallab olib, qurilish qilib qonuniylashtirib olishni reja qilayotganlar javobgarlikka tortiladi va bu ishlar ham axborot tizimlari orqali nazorat qilinadi. Xalq tili bilan aytganda “tanish-bilish o‘tmaydi!”.

‼️Hurmatli yurtdoshlar, har qanday holatda ham firibgarlik, ta’magirlik yoki korrupsiya holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga xabar bering.

Mazkur Qonunning adolatli va samarali ijro etilishi barchamizga birdek bog‘liq ekanligini yoddan chiqarmaylik.

Hurmat bilan,
Kadastr agentligi direktori
Farrux Pulatov
.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

ISHONCH VA UMIDLARINI BOG'LOVCHI KO'PRIK


Assalomu alaykum hurmatli hamkasblar!
Bugun 2024 yil, 8-noyabr!

🗓 Bu kun tarixga "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni kuchga kirgan kun sifatida muhrlandi.

🇺🇿Bu kun, necha yillardan buyon vatandoshlarimizni qiynab kelayotgan ulkan muammolaridan biriga bosqichma-bosqich barham berilishining muqaddimasidir.

⭐️🌟Mazkur sharafli, shuning bilan birga mashaqqatli faoliyatni ya'ni yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlarini boshlash arafasida ekanmiz, barchangizga kuch-quvvat, metin iroda, sabr-toqat, shijoat va g'ayrat tilab qolaman. Tashkilotimizdagi har bir xodimning, ayniqsa, kadastr muhandislari va topograflarning amalga oshirajak har bir zahmatli ishlari, mehnatlari biz uchun qadrlidir!

Zero, mazkur muhim hodisada vatanimiz va yurtdoshlarimiz orasida ularning ishonch va umidlarini bog'lovchi ko'prik vazifasini bajarish aynan bizning zimmamizdagi burchimizdir.

🇺🇿 Ishonch bilan ayta olamanki, Sizdek o'z kasbiga sadoqatli hamkasblarimiz bor ekan, yurtboshimiz, davlatimiz va xalqimizning bizga bildirayotgan yuksak ishonchlarini albatta yorug' yuz bilan oqlaymiz!

➡️ Shunday bo'lsada, har biringizdan yana bir bor o'z vazifalaringizni xalqimizni rozi qilish yo'lida halol, pok va vijdonan hamda sidqidildan bajarishingizni so'rab qolaman!

Hurmat ila
Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev


#DavKadastrPalata #muhim_sana

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O'RQ-937-son qonuni kuchga kirdi
!!!

⚡️ Bugundan O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-sonli Qonuni kuchga kirdi hamda Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida yurtimiz bo'ylab xatlov jarayonlari boshlandi.

Shu munosabat bilan Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati mazkur video orqali fuqarolarimizning davlat organlariga murojaat qilishlari shart emasligi hamda firibgarlarga aldanib qolmasliklari haqida ogohlantiradi.

#DavKadastrPalata #937_qonun

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#937_qonun #xatlov_boshlandi

⚡️O'RQ-937-son qonuni kuchga kirdi
!!!

Bugundan O'zbekiston Respublikasining "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo'lgan huquqlarni e'tirof etish to'g'risida"gi 937-sonli Qonuni kuchga kirdi hamda Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida viloyatimiz bo'ylab xatlov jarayonlari boshlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #kadastr

⚡️Yangiyer shahrida sayyor qabul

▪️ Kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida  soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

▪️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hamkorlikda Yangiyer shahrining "Shukrona" MFY binosida sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

▪️Qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi 10 dan ortiq murojaatlari ko‘rib chiqildi.

▪️Bundan tashqari qabulda yig'ilgan fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari o'rganilibgina qolmay, yig'ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 "O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM