Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.93K photos
1.17K videos
20 files
5.47K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi
.

⚖️Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg'ilash ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.

🗓 Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to'lanmaganda – muddati o'tgan qarzdorlik uning mavjudligi to'g'risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo'lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.

▶️ Bundan tashqari, sug'oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug'orilmaydigan yerlar toifasiga o'tkazish bo'yicha aniq talablar belgilanmoqda,

📃Soliq kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, yer osti suv manbalaridan suv o'lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

⛔️Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo'jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo'lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonun (O'RQ-1062-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.


#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yurtimiz bo'ylab
xatlov ishlari davom etmoqda

🇺🇿  “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonun asosida hududlarda keng qamrovli xatlov ishlari olib borilmoqda. Aholining fikrini bilish, ochiqlikni ta'minlash maqsadida yerlar ro‘yxati jamoatchilikka taqdim etilib, mahalla e’lonlar taxtasida ochiq ravishda yoritilmoqda.

Xatlov ishlari shaffoflik va adolat tamoyillariga asoslangan holda olib borilib, yer uchastkalari va bino-inshootlarga bo‘lgan huquqlarni rasmiylashtirishga xizmat qiladi. Quyidagi havolalardagi ma'lumotlarda hududlardagi xatlov jarayonlari aks etgan.

▫️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️ Qashqadaryo viloyati
▫️ Farg'ona viloyati
▫️ Toshkent viloyati
▫️ Navoiy viloyati
▫️ Jizzax viloyati
▫️ Andijon viloyati
▫️ Samarqand viloyati
▫️ Sirdaryo viloyati
▫️ Buxoro viloyati
▫️ Namangan viloyati
▫️ Toshkent shahar
▫️ Xorazm viloyati

⭕️ Aholimizni xatlov jarayonida faol ishtirok etishga, mavjud qonunchilikka rioya qilib o‘z huquqlarini himoya qilishda hushyor bo‘lishga chaqiramiz!  Xatlov vaqtida o'z obyektingizda bo'lishingizni so'raymiz.

#DavKadastrPalata  #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Noturar ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni ro'yxatdan o'tkazish yanada oson


Endilikda ikki yuridik shaxslar o‘rtasida noturar ko‘chmas mulkni butunligicha boshqaga o‘tkazishga oid shartnomalarni rasmiylashtirish va unga bo‘lgan huquqni yangi mulkdor nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlarni kompozit tarzda ko‘rsatamiz:

😏Ariza beruvchilar xizmatdan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qiladilar;

😞 Markaz ariza beruvchilarning shaxsini aniqlaydi va shartnoma ular tomonidan shaxsan imzolanganligini tasdiqlaydi hamda shartnomani Davlat kadastrlari palatasiga yuboradi;

😟 Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va davlat reyestridan ko‘chirmani Markazga yuboradi;

😕 Markaz ko‘chirma kelib tushgandan so‘ng uni ariza beruvchilarning elektron manziliga yuboradi.

🔵 Asos: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-noyabrdagi 795-son qarori.

#DavKadastrPalata #DXMdagi_xizmatlarimiz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Millar" ogohlikka chaqiradi
!

⚡️Bilasiz, bir necha kun avval, ijtimoiy tarmoqlarimizda soxta kadastrchilar paydo bo'lgani haqida xabar bergandik. "Milliy" telekanalining "Millar" informatsion dasturida ayrim viloyatlarda o‘zini "kadastrchiman" deya fuqarolardan xatlov uchun pul yig‘ib yurgan firibgarlar haqidagi ma'limot e'lon qilindi.

Yana bir bor eslatib o'tamiz. Bunday firibgarlardan ogoh bo‘ling va Siz ham ularni uchratsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadastr agentligining 1097 qisqa raqamlariga xabar berishingizni so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #e_lon #diqqat_firibgarlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

"Namunaviy idoraviy arxiv" loyihasi asosida yana bir tuman arxivi takomillashtirildi

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan filiallar idoraviy arxivlarini zamonaviy talablarga mos ravishda takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan "Namunaviy idoraviy arxiv" loyihasi doirasida 2024-yilda 12 ta tuman (shahar) arxivi qayta jihozlandi. Shulardan 8 tasida zamonaviy mobil stellajlar o‘rnatildi.

▶️ Jumladan, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tuman filiali zamonaviy arxiv jihozlari bilan taʼminlanib, qo‘riqlov tizimi mustahkamlandi.

📁 2025-yilda ushbu arxivda 17 104 ta kadastr yig‘majildi (15 744 ta turar, 1 360 ta noturar) tekshiruvdan o‘tkazilib, quyidagi qulayliklarga erishildi:

◾️ Barcha hujjatlar to‘liq raqamlashtirildi
◾️ Har bir hujjatning aniq joylashuvi (stellaj, javon, quti) belgilandi◾️ Hujjatlardan foydalanishda samaradorlik oshdi

📊 Shuningdek, 2025-yil boshidan buyon 43 515 ta hujjat to‘liq raqamlashtirildi va bu jarayon izchil davom etmoqda.

🗂 Arxivlar – tartib va samaradorlik asosi!

#DavKadastrPalata #arxiv #Sirdaryo
 
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmatlari haqida


⭐️🌟 Davlat kadastrlari palatasida fuqarolar va tadbirkorlarga ko‘chmas mulkka kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda va ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda ko‘rsatadigan xizmatlari borasida aniq tartib yo‘lga qo‘yilgan.

✔️ Mazkur yo‘nalishni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan yo‘riqnoma bo‘yicha kadastr mutaxassislari uchun doimiy ravishda o‘quv seminarlari tashkil etib kelinmoqda.

🎞 Rad etish sabablari, bosqichlar, tartibga rioya qilish, amaliy seminarlar hamda natijalar... Video shu haqda.

#DavKadastrPalata #kadastr_pasporti

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

O‘RQ-937-SONLI QONUN IJROSI

🇺🇿 Respublikamiz bo‘ylab olib borilgan xatlov ishlari natijasida joriy yilning 21-may kuni holatiga:
Jami xatlovdan o‘tkazilgan obyektlar soni: 308 739 ta
O‘rtacha bir kunlik xatlov hajmi: 4 011 ta obyekt


▫️Xatlov ishlari yurtimizdagi yer va mulklarni aniq ro‘yxatga olish, ularni huquqiy tartibga solish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿😀😃😄😆😊

Har bir uyga – ekologik mas’uliyat

🚫 Qonunchilikka ko‘ra, yangi quriladigan ko‘p kvartirali uylarni chiqindi to‘plash joylarini belgilamasdan loyihalashtirish hamda foydalanishga qabul qilish taqiqlanadi.

✔️ Shuningdek, uylarning chiqindi to‘plash joylari ulardagi kvartiralar soniga mutanosib ravishda hamda atrofdagi mavjud chiqindi to‘plash shoxobchalari quvvati hisobga olingan holda loyihalashtiriladi.

#DavKadastrPalata #yashil_iqtisodiyot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi soniga qancha yer to'g'ri kelmoqda?

📊 Statistik ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1 yanvar holatiga respublika bo‘yicha aholi zichligi 1 kvadrat kilometrga o‘rtacha 83,6 kishini tashkil etmoqda.

🗓 Yillar bo‘yicha aholi zichligi dinamikasi quyidagicha:

◼️ 1991-yil – 46,1 kishi

◼️ 1995-yil – 50,2 kishi

◼️ 2000-yil – 54,6 kishi

◼️ 2005-yil – 58 kishi

◼️ 2010-yil – 62,4 kishi

◼️ 2015-yil – 69,1 kishi

◼️ 2020-yil – 75,5 kishi

◼️ 2025-yil – 83,6 kishi

#DavKadastrPalata #statistika

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦

Hududlarda onlayn audio muloqotlar davom etadi

🌟 Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar. Sizning kadastr masalalariga oid savol va murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida onlayn audio muloqotlar o‘tkaziladi.

🗓 Ushbu infografikada joriy yilning iyun oyida rejalashtirilgan ochiq audio muloqotlar sanasi bilan tanishishingiz mumkin.

🌐 Kadastrga oid savollaringiz bilan o'z hududingizning telegram kanali orqali o'tkaziladigan audio muloqotda qatnashing va hududiy mutaxassislarimizga to'g'ridan-to'g'ri savolingizni berib, javob oling!

#DavKadastrPalata #audio_ochiq_muloqot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM