Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.9K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi


⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar

⚡️Talabalar kadastr idoralarida

Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasida ham tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.

Boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filialini yo‘lga qo‘yish, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi va tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan bugun shular jumlasidan o'qituvchi va talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. O'quv mashg'ulotlarida talabalarni qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamiz ko'chalari haqida ma'lumot

🌟 Davlat kadastrlari palatasi tomonidan respublikamizdagi binolar, inshootlar, manzillarni raqamlashtirish ya'ni Davlat reyestriga kiritilishi barobarida ko'chalarning ham hisobi yuritiladi.

◼️ Mazkur infografika orqali Respublikamiz bo'yicha tuman shaharlardagi ko'chalar soni va ularning Davlat reyestriga kiritilishi tahlili bilan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #ko_chalar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi #O‘RQ-937-son, 2-modda

Bir martalik umumdavlat aksiyasi

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarida yoki imorat qurish uchun ruxsatnoma olmasdan qurilgan turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq 2018-yil 20-apreldan 2019-yil 1-mayga qadar o‘tkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasi;

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya—taraqqiyot kushandasi


Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Sirdaryo tuman filiali xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi.

Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 555-sonli qarori qabul qilindi.

✔️ Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

📁 Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

✔️ Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

◼️Hududlar kadastr bo‘yicha 🌟Kadastr agentligi 💫Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi hududlarini kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-sentabrdagi 555-sonli qarori qabul qilindi.

📃 Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, ko‘chmas mulk obyektlarini hisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtiriladi.

◼️ Qaror bilan, hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish va ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlarini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi va quyidagilar belgilandi.

🇺🇿 2024-yil 1-dekabrga qadar O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy birliklarini tuzish, tugatish va ularning chegaralaridagi o‘zgarishlarni inobatga olgan holda:

◼️Qaror talablaridan kelib chiqib, hududlarni kadastr bo‘yicha to‘liq qaytadan bo‘linishi;
◼️Ko‘chmas mulklarning yangi kadastr raqamlarini shakllantirish uchun UZKAD tizimiga texnik tuzatishlar kiritilishi;
◼️Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hududlarni kadastr bo‘yicha bo‘lish hujjatlarini tegishli qarorlari bilan tasdiqlashi belgilandi.

🇺🇿 2024-yil 31-dekabrga qadar yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ko‘chmas mulk obyektlarining o‘zgartirilgan kadastr raqamlarini aniqlash va ma’lumotlarini olish imkoniyati yaratildi.

🔵 Bunda ko‘chmas mulk obyektlarining kadastr raqamlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish natijasida ilgari berilgan kadastr raqami ko‘chmas mulkning mulk tarixiga oid ma’lumotlarda saqlanib qoladi.

⭐️🌟 Hududlar kadastr bo‘yicha Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari tomonidan bo‘linadi.

◼️Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr raqamlari Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallari tomonidan beriladi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi #O‘RQ-937-son, 2-modda

Ortiqcha egallangan yer uchastkasi

Yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarda ko‘rsatilgan yer uchastkasi maydonidan ortiq bo‘lgan, yer uchastkasining chegarasidan tashqarida, unga tutash hududda joylashgan yer maydoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Xon_atlas #Chelleng

XON ATLAS

Atlas va adras yorqin ranglari, takrorlanmas naqshlari bilan kishiga xush kayfiyat bag‘ishlaydi, ko‘zni quvnatadi.

Bu matodan tikilgan milliy liboslarimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an‘analari, estetik qarashlari o‘z ifodasini topadi.

O‘zbek milliy liboslariga mehr uyg‘otish va ommalashtirish maqsadida Respublika bo‘ylab «Xon atlas» haftaligiga start berildi.

Yurtimiz bo‘ylab an‘aviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Xon atlas“ haftaligida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda tizimda faoliyat yuritayotgan go‘zal va dilbar  xotin-qizlar ham faol ishtirok etmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube