Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.9K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Himoya orderi xotin-qizlarni himoya qilishga mo‘ljallangan mexanizm

Batafsil

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

⚡️Kadastrda ishlashni xohlaysizmi ?

Unda aynan siz uchun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat  boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

▪️Kadastr agentligining Sirdaryo tuman bo'limi:
Yetakchi inspektor.

📝Hujjatlar 09.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

📣Shoshiling aynan siz bizning jamoada bo'lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram lFacebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya—taraqqiyot kushandasi


Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Guliston shahar filiali xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi.

Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 Joriy yilning 5-avgust kuni imzolangan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun orqali endilikda fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan hujjatlarni qo‘lga kiritishlari mumkin, – deydi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Ro‘ziqulov sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilar ekan.

🔴 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino inshootlar ishlab chiqilgan reja-jadvalga asosan amalga oshiriladi va ushbu reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanib, jamoatchilikka OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.

Batafsil: UZA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Kadastr pasporti
— ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 RESPUBLIKA BO'YICHA DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILGAN YER UCHASTKALARI


📝2024-yil 4-sentabr holatiga ko'ra:
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer uchastkalari - 1 553 042 ta, 41 604,0 (ming gektar)ni tashkil qilmoqda;

▶️Shundan:

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar - 23 667,6 (ming gektar)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar - 230,8 (ming gektar)
O'rmon fondi yerlari- 11 042,3 (ming gektar)
Suv fondi yerlari - 756,8 (ming gektar)
Tabiatni muhofaza qilish va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 4 165,1 (ming gektar)
Aholi punktlari yerlari - 9,3 (ming gektar) ni tashkil qilmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #infografika

Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz rasmiy sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 67-225-47-10 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi
- fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Joy_nomlari

Boyovut – qadimiy turkiy urug‘lardan birining nomi. Rashididdinning “Jome ut-tavorix”, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” asarlarida Chingizxon qo‘shinlari bilan birga kelgan qabilalar orasida Boyovut urug‘i tilga olingan. Boyovut – “boy”, “boylar” degan maʼnolarni anglatadi. Qozoqlarning Arg‘in qabilasi tarkibida ham Bayaut urug‘i qayd qilingan. Ayrim mutaxassislar, jumladan, boshqird etnolog olimi R.G.Kuzeyev Boyovut bilan Bayot aslida bir qabila, deb hisoblaydi.

Rashididdinning yozishicha, qadimgi vaqtda Boyovut ancha katta qabilalardan biri bo‘lib, bir necha tarmoqqa bo‘lingan. XII – XIV asrlarda Boyovutlarning katta bir qismi o‘zbek, turkman xalqlari tarkibiga kirib, ular bilan aralashib ketgan. XVI asrda yashagan farg‘onalik Mulla Sayfiddin Axsikandiyning “Majmu-at-tavorix” asarida Boyovut 92 bovli o‘zbek urug‘laridan biri sifatida qayd qilingan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi


⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yoshlar

⚡️Talabalar kadastr idoralarida

Bugungi kunda mamlakatimizda malakali kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmasida ham tizimli ishlar tashkil qilinmoqda.

Boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filialini yo‘lga qo‘yish, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi va tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan bugun shular jumlasidan o'qituvchi va talabalari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. O'quv mashg'ulotlarida talabalarni qiziqtirgan savollarga masʼullar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube