Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.21K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

⚡️Kadastr agentligi tomonidan aholiga yana qanday qulaylik yaratildi?


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #bizning_manzillar #Sardoba_tumani

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

🏢Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sardoba tuman bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

Bo‘lim rahbari - Alikulov Nodir Bahodirovich

Filial rahbari - Dehqonboyev Abduvohobjon Muzaffar o'g'li

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani, Navruz mahallasi, Istiqlol ko‘chasi.

Lokatsiya

☎️Murojaat uchun telefon: 55-651-60-68

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan taqiqni tekshirish

🖥Arizachi Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali ariza yuboradi;

Xizmatdan foydalanish uchun hech qanday hujjat talab etilmaydi;

Xizmat ko‘rsatish muddati - avtomatik tarzda;

🪙 Xizmat narxi - BEPUL.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Tuman (shahar) hokimlarining yer uchastkasi ajratish to‘g‘risidagi qarorlarini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqilmagan hollarda huquqlarni e’tirof etish asoslari
qanday ?

📃 Tuman (shahar) hokimlarining qarorlari bilan qonunchilik hujjatlariga muvofiq fuqarolarga, yakka tartibdagi tadbirkorlarga va rezident bo‘lgan yuridik shaxslarga ajratilgan, tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan ko‘rib chiqilmagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan mulk huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

◼️ qaror tuman (shahar) hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida 2021-yil 8-iyunga qadar qabul qilingan bo‘lsa;

◼️ tuman (shahar) hokimlarining qarorlarini tasdiqlash masalasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan rad etilgan bo‘lmasa;

◼️ yer uchastkasi ajratilganidan keyin ikki yil ichida bino va inshoot belgilangan maqsadlarga muvofiq qurilgan yoki ularning qurilishi boshlangan bo‘lsa;

◼️ mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

◼️ mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

◼️ mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo'lmasa.

Asos: O'RQ-937, 05.08.2024

#DavKadastrPalata #huquqiy_malumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️ Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya
bo‘limi tomonidan 2024-yil boshidan 1-sentabr kuniga qadar quyidagi ishlar amalga oshirildi.

47 720 kv.km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi;
55 800 kv.km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi;
3 696,9 ming kv.km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi;
46 900 kv.km maydonda topografik xaritalar yangilandi;
4 520 ta suratlarni planli va balandli bog‘lash;
1 249,5 km nivelirlash ishlari;
888 ta geodezik o‘lchov ishlari bajarildi;
69 100 kv.km. maydonda ochiq turdagi xaritalar yaratildi;
69 100 kv.km. maydonda topografik xaritalar nashrga tayyorlandi;
36 600 kv.km. maydonda topografik xaritalar chop etili;
14 800 kv.km. maydonda Samarqand viloyatining Interaktiv raqamli xaritasi yaratildi;

➡️Shuningdek, Kadastr agentligiga hududiy komissiyalar hamda vazirlik va idoralar tomonidan 45 847 ta geografik obyektlarga nom berish bo‘yicha takliflar berildi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda Shirin shahar, "Nurobod" mahallasida istiqomat qiluvchi bir necha fuqarolar uylarining kadastr hujjatlari qilib berilmayotgani yoki uning o‘rniga tovon puli to‘lanib boshqa hududga ko‘chirilmayotgani haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Ishchi guruh tomonidan o'rganish davomida quyidagilar aniqlandi. Jumladan 2013 yil Viloyat hokimligi hamda Shirin shahar hokimining tegishli qarori bilan davlat chegara chizig'ida joylashgan Nurobod mahallasida yashovchi 86 nafar fuqarolarning uy joylari snosga tushgan, va Shirin shahar hokimligining 2013 yil 13-apreldagi tegishli sonli xati va fuqarolarning arizasiga asosan Boyovut tuman yermulkkadastr tomonidan ushbu fuqarolar soliq to'lash maqsadida foydalanuvchi sifatida kadastr yig'majildlari tayyorlab berilgan. Ushbu foydalanuvchi sifatida tayyorlangan kadastr yig'ma jildlari hech qanday yuridik kuchga ega emas.

Ma'lumot uchun qonunchiligimizda ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni tasdiqlovchi yuridik hujjatlar mavjud bo'lmasa ushbu yer uchastkalariga bo'lgan huquq davlat ro'yxatidan o'tkazilmasligi belgilab qo'yilgan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#yer_nazorati #infografika

Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz rasmiy sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 67-225-47-10 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Himoya orderi xotin-qizlarni himoya qilishga mo‘ljallangan mexanizm

Batafsil

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

⚡️Kadastrda ishlashni xohlaysizmi ?

Unda aynan siz uchun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat  boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

▪️Kadastr agentligining Sirdaryo tuman bo'limi:
Yetakchi inspektor.

📝Hujjatlar 09.09.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

📣Shoshiling aynan siz bizning jamoada bo'lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram lFacebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiya—taraqqiyot kushandasi


Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Guliston shahar filiali xodimlari bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyati xodimlarga yetkazildi.

Jumladan, Qonunning maqsadi va amal qilish sohasi, manfaatlar to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni davlat tomonidan tartibga solish, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etishga va manfaatlar to‘qnashuvini aniqlashga doir choralar haqida huquqiy tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🔺 Joriy yilning 5-avgust kuni imzolangan «O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi qonun orqali endilikda fuqarolar o‘zlariga tegishli bo‘lgan hujjatlarni qo‘lga kiritishlari mumkin, – deydi Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i Shavkat Ro‘ziqulov sohada amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilar ekan.

🔴 O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda unda qurilgan bino inshootlar ishlab chiqilgan reja-jadvalga asosan amalga oshiriladi va ushbu reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanib, jamoatchilikka OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali e’lon qilinadi.

Batafsil: UZA maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Kadastr pasporti
— ko‘chmas mulk obyekti va obyektning kadastr raqami haqida umumiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan elektron hujjat.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

🇺🇿 RESPUBLIKA BO'YICHA DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILGAN YER UCHASTKALARI


📝2024-yil 4-sentabr holatiga ko'ra:
Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan yer uchastkalari - 1 553 042 ta, 41 604,0 (ming gektar)ni tashkil qilmoqda;

▶️Shundan:

Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar - 23 667,6 (ming gektar)
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa yerlar - 230,8 (ming gektar)
O'rmon fondi yerlari- 11 042,3 (ming gektar)
Suv fondi yerlari - 756,8 (ming gektar)
Tabiatni muhofaza qilish va tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 4 165,1 (ming gektar)
Aholi punktlari yerlari - 9,3 (ming gektar) ni tashkil qilmoqda.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #infografika

Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz rasmiy sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 67-225-47-10 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilib_qoʼygan_yaxshi

💡SIZ UCHUN MAʼLUMOT

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi
- fuqarolar, yakka tartibdagi tadbirkorlar va rezident bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni belgilovchi hujjatlarsiz, shu jumladan bunday hujjatlar yo‘qolgan yoki to‘liq rasmiylashtirilmagan holda egallab kelinayotgan yoki ortiqcha egallangan yer uchastkasi.

Huquqiy asos: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Joy_nomlari

Boyovut – qadimiy turkiy urug‘lardan birining nomi. Rashididdinning “Jome ut-tavorix”, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk” asarlarida Chingizxon qo‘shinlari bilan birga kelgan qabilalar orasida Boyovut urug‘i tilga olingan. Boyovut – “boy”, “boylar” degan maʼnolarni anglatadi. Qozoqlarning Arg‘in qabilasi tarkibida ham Bayaut urug‘i qayd qilingan. Ayrim mutaxassislar, jumladan, boshqird etnolog olimi R.G.Kuzeyev Boyovut bilan Bayot aslida bir qabila, deb hisoblaydi.

Rashididdinning yozishicha, qadimgi vaqtda Boyovut ancha katta qabilalardan biri bo‘lib, bir necha tarmoqqa bo‘lingan. XII – XIV asrlarda Boyovutlarning katta bir qismi o‘zbek, turkman xalqlari tarkibiga kirib, ular bilan aralashib ketgan. XVI asrda yashagan farg‘onalik Mulla Sayfiddin Axsikandiyning “Majmu-at-tavorix” asarida Boyovut 92 bovli o‘zbek urug‘laridan biri sifatida qayd qilingan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

“Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer resurslarining investitsiyaviy imkoniyatlaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-135-son, 06.09.2024 y.) qabul qilindi


⚡️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi yoki ijara huquqi asosida, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijara huquqi asosida sotib olish qiymatini quyidagi shartlarda har oyda teng ulushlarda, qoldiq summaga Markaziy bankning asosiy stavkasida foiz hisoblagan holda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi:

🔹Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida – 3 yil davomida kamida 35 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan;

🔹boshqa aholi punktlarida – 5 yil davomida, 4- va 5-toifalardagi tumanlarda esa 10 yil davomida kamida 15 foiz miqdorida dastlabki to‘lovni 15 ish kunida amalga oshirish sharti bilan.

✔️ Shuningdek, barcha turdagi yer uchastkalarining qiymati 15 ish kunida to‘liq to‘langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma beriladi.

🏢 Joylardagi hokimliklarga sanoat zonalari, aholi punktlari hududlarining qismlari, xususan, yangi barpo etiladigan ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uy-joy massivlari, savdo va xizmat ko‘rsatish majmualari hududlarini shaharsozlik jihatidan rejalashtirish ishlariga belgilangan shartlarga muvofiq loyiha tashkilotlarini eng yaxshi takliflarni tanlash asosida jalb qilish huquqi beriladi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM