Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.06K photos
1.03K videos
18 files
4.9K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️❗️❗️ ❗️❗️❗️❗️

⁉️ “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandimi?

⁉️Qonunda aynan nimalar nazarda tutilmoqda?

⁉️ Qo'shimcha qurib olingan ko'chmas mulk obyektlarining barchasiga mulk huquqi e'tirof etiladimi?

➡️Ushbu savollarga video orqali javob olishingiz mumkin.

📩 Telegram kanalga a'zo bo'ling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️BUGUNGI KUN RAQAMLARI

🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

🔹 bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram lFacebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 Senat qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga doir qonunni ma’qulladi.

😄 Ushbu hujjat bilan Yer kodeksiga hamda «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida»gi Qonunga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkinligini, shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bog‘lar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut ko‘chatlari o‘tqazilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

➡️ Batafsil: Senat.uz

#Kadastr_agentligi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Aholi murojaatlari bilan ishlash, xalqni rozi qilish Davlat kadastrlari palatasining eng asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Fuqarolarni kadastr xizmatlaridan rozi bo'lishi va qoniqishi maqsadida bir qancha loyihalar ham yo'lga qo'yilgan.

🌟Shular qatorida, Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyatida ham tegishli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Yuqoridagi videorolikda hududiy boshqarmaning Sardoba tumani filialidagi ish faoliyati yoritilib, fuqaroning xizmatlarimizdan mamnunligi aks etganini ko'rishingiz mumkin.

◾️Muntazam ravishda yoritib kelinayotgan "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi tashabbus mazkur hafta quyidagi hududlarda ham tashkil etildi:

▫️Toshkent shahar
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Surxondaryo viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bilimli va tajribali kadrlar - soha rivoji garovi


🌐 Zamon shiddat bilan o'tib borayotgan bir paytda, har bir sohaga joriy etilayotgan yangiliklarni doimo o'zlashtirib borish davr talabiga aylanmoqda. Ayniqsa, kadastr tizimi kundan-kunga raqamlashib, soha bo'yicha ko'nikmalar kun sayin yangilanib bormoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari hamda tuman (shahar) filiallarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar Toshkent geodeziya va kartografiya texnikumi "Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi"da bir qancha yo'nalishlarda doimiy malaka oshirib borishlari haqida xabar bergan edik.

🗓 Joriy yilning 6 oyi davomida bilimlarini mustahkamlagan xodimlar, malaka oshirish kurslari jarayonidan lavhalarni batafsil mazkur videoda ko'rishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #malaka_oshirish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Sardoba_tumani

⚡️NAVBATDAGI HOLAT SARDOBA TUMANIDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sardoba tuman bo'limi tomonidan, tumanning "Bo'ston" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o'z uyiga tutash bo'lgan 60 kv.m yer maydonini o'zboshimchalik bilan o'rab olib, yashab turgan uyining tutash qismiga qo'shimcha 12 kv.m noqonuniy turar joy binosi qurib olish holatlari aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida rasman ogohlantirildi.

Ogohlantirishdan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, ushbu yer maydonlani davlat zaxirasiga qaytarilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️
Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Kadastrning Boyovut tuman filialida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlariga  korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik,  hamda yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

⚡️Kadastrda ishlashni xohlaysizmi ?

Unda aynan siz uchun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat  boshqarmasi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimga ochiq, mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

▪️Kadastr agentligining Oqoltin tumani bo'limi:
Bosh inspektor;

▪️Kadastr agentligining Yangiyer shahar bo'limi: Bosh inspektori lavozimlariga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

📝Hujjatlar 29.06.2024 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

📣Shoshiling aynan siz bizning jamoada bo'lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram lFacebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda jismoniy shaxslar egaligidagi umumiy ko'chmas mulklar soni qancha?

🌟 Davlat kadastrlari palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2024-yilning 6 oyi davomida jismoniy shaxslar egaligidagi jami obyektlar soni 8 060 211 tani tashkil etadi.

📊 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdorlar doimgidek Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

👆 Hududlar kesimidagi batafsil ma'lumotlar mazkur infografikada.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#aholi_fikri

⚡️Kadastr xalq xizmatida

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining hududiy tuman, shahar filiallari tomonidan "Kadastr aholi manfaatlari yo'lida" tamoyili asosida aholini qiynab kelayotgan muammolarni joyiga borgan holda hal etish yuzasidan "Mahallabay", "Xonadonbay" o‘rganish ishlari davom etmoqda.

➡️ Aynan shular jumlasidan yana ikki nafar fuqaroning kadastrga oid muammolariga ijoyib yechim topildi.

📹 Batafsil mazkur video rolik orqali bilib olishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram lFacebook | YouTube
Forwarded from Ne'mat Atamuratov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi Sh.Davronov tomonidan Kadastrning Sardoba tuman filialida davra suhbati va har bir xodim bilan individual suhbat tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlariga  korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik,  hamda yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr