Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.26K photos
1.07K videos
18 files
5.03K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🫥Hududlarda yer nazorati tadbirlari

➡️ Farg‘ona viloyati boshqarmasi Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari nazorat tadbirlari vaqtida shaharning "Nafosat" MFY, Yoshlarobod ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan qishloq xo‘jaligida foydalanilmaydigan jami 0,04 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olib, noqonuniy to‘siq devor qurib olganlik holati aniqlandi.

➡️ Buxoro viloyati boshqarmasining Kogon tumani bo‘limi tomonidan "Kogon" MFYda nazorat tadbiri o‘tkazilganda fuqaro tomonidan 30 kv.metr yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olinib, hech qanday huquqiy hujjatlarsiz qurulish ishlari bajarilganligi aniqlandi.

➡️ Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning "Kattaqum" MFYda faoliyat yuritib kelayotgan "Boburboy" MCHJga tegishli bo‘lgan yer maydonining bir qismi ushbu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi aniqlandi.

➡️ Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sayxunobod tuman bo‘limi tomonidan "Faravon" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi. Unda fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 24 kv.m yer maydonida noqonuniy bino qurish holati aniqlandi.

Mazkur holatlarning barchasi qonun buzarlikni sodir qilgan shaxslar tomonidan ixtiyoriy bartaraf qilindi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⭐️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan noqonuniy egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" radiosining "Axborot" informatsion dasturida.

🫥Unda boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Jamshid Shukurov tomonidan tinglovchilarga yer qonunbuzarlik holatini sodir qilgan fuqarolar uchun qonunchilikda belgilangan jazo choralari haqida atroflicha ma’lumot berildi.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #radio

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi.

▫️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▫️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▫️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Barcha uchun muhim raqamlar


◼️mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

◼️bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

◼️pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

◼️yoshga doir eng kam pensiyalar – 725 000 so‘m;

◼️bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

◼️zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

◼️ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m;

◼️belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – 800 000 so‘m.

📃 Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2023 yildagi PF-196-son Farmoni

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #infografika

Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz rasmiy sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 67-225-47-10 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌍 YER NAZORATDA

👨‍💻 Loyihaning oltinchi sonida:
📍Xorazm viloyati hamda 📍Sirdaryo viloyatlarida amalga oshirilgan yer nazorati tadbirlari bilan tanishing.

#Kadastr_agentligi #yer_nazorati #yer_nazoratda_loyihasi #6_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️NAVBATDAGI HOLAT GULISTON SHAHRIDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Guliston shahar bo'limi tomonidan, shaharning "Bo'ston" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 35 kv.m yer maydonida noqonuniy savdo do'koni qurish holati aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida rasman ogohlantirildi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#seminar

Davlat
kadastrlari palatasining Bino inshootlar boshqarmasi mas'ullari tomonidan Sirdaryoda o‘quv seminari o‘tkazildi

Unda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 535-sonli qarorining mazmun mohiyati, tizimda yangi ishga tushirilgan xizmatlar (bo‘lish, birlashtirish, ko‘chmas mulk tarixi, ko‘chmas mulk maʼlumotlarni tahrirlash) to‘g‘risida batafsil tushuncha va ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, “Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘ma jildini(pasportini) tayyorlashga doir uslubiy qo‘llanma”ning ijrosi, “UZKAD” dasturida amalga oshirilayotgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tahlil etilib bu yo‘nalishlarda ham bajarilishi lozim bo‘lgan zaruriy masalalar muhokama qilindi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📣📣📣📣

🖍 DIQQAT E’LON! 🖍

🧷 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar!

Rejadan tashqari texnik ishlar tufayli Toshkent shahri hududidagi obyektlar bo'yicha Kadastr Agentligi tomonidan ko'rsatiladigan davlat xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda.

❗️ Ushbu vaqtinchalik uzilish holatlarini bartaraf etish bo‘yicha barcha ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

🟢Yurtdoshlarimizdan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

#kadastr #e_lon #texnik_ishlar

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB:

‼️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak .

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI 2024-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma'lumotlar har oyda yuboriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo'l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a'zolari bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari belgilandi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM