Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.12K photos
1.04K videos
18 files
4.94K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

⬜️ Ijtimoiy tarmoqlarda Oqoltin tumani, "Ko'rkam diyor" mahallasidagi joylashgan 0.2 sotixli na'munali uylarning tutash qismidagi yer maydonini o'zboshimchalik bilan egallab olib unda noqonuniy molxona binosi qurib olganligi haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

⬜️ Boshqarmaning Oqoltin tumani bo‘limi inspektorlari “Ko'rkam diyor” MFY hududida o‘tkazgan yer nazorati tadbirlarida Do'rmon ko'chasida yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallangan 96 kv.m yer maydonida noqonuniy qurilma (molxona va tovuqxona) qurilganligi aniqlangan.

⬜️ Shundan so‘ng tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydoni hamda noqonuniy qurilmani belgilangan muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma xati berilgan.

⬜️ Biroq fuqaro davlat organining qonuniy talablarini bajarmaganligi sababli unga nisbatan ma’muriy ta’sir chorasi (jarima) qo‘llanilib, noqonuniy qurilmani buzish hamda o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonini bo‘shatish yuzasidan belgilangan tartibda sudga da’vo arizasi kiritilgan.

⬜️ Natijada bugungi kunda sudning hal qiluv qarori bilan huquqbuzarga o'zboshimchalik bilan qurilgan molxona va tovuqxona binosini o'z hisobidan buzdirish to'g'risida sudning hal qiluv qarori qabul qilgan.

⚖️ Unutmang! Yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash, noqonuniy qurilmalar qurib olish ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizdagi mulkdor ayollar soni

🌟Davlat kadastrlari palatasining 2024-yil 1-may holatidagi ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha ayol mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 2 171 243 tani tashkil etadi.

📊Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida bo'lsa, eng ko'p ayol mulkdorlar Toshkent shahrida ekanligini ushbu infografikada ko'rishingiz mumkin.

👩🏻‍🔧Avval xabar berganimizdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra ayol mulkdorlar soni 2 149 933 nafar bo'lgan bo'lsa, mazkur ma'lumotlarga ko'ra ularning soni 21 310 nafarga 📈ortganini ko'rishimiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi #gender

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

💠Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

🏠 Ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

◾️ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;
◾️yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

🏠 Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

umumiy maydoni 100 kv.m. gacha - 5 ish kunigacha;
umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha - 7 ish kunigacha;
umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha - 10 ish kunigacha;
umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha - 15 ish kunigacha;
umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha - 20 ish kunigacha;
umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq - 25 ish kunigacha.

✉️ Kadastr yig‘majildi shakllantirilgandan so‘ng kadastr pasportini berish uchun to‘lov miqdori qiymati ko‘rsatilgan xabarnoma (invoys) Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga elektron shaklda yuboriladi.

📆 Ariza beruvchi xabarnomani olgandan so‘ng 1 oy mobaynida to‘lov qiymatini to‘laydi.

⚖️ Kadastr pasportini berish uchun to‘lov qiymatlari Vazirlar Mahkamasining 186-son qarori bilan belgilanadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol

@SirdaryokadastrBOT - javob beradi

✉️ SAVOL: Ko'p qavatli uydan kvartira sotib oldim. Kadastr ro'yxatidan o'tkazishni 47 kv. metrli uyni ham 100 kv. metrli uyni ham narxi bir xil to'lanar ekan, shu to'g'rimi?


✍️ JAVOB: Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga ko'ra, Jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kv. m gacha bo'lgan turarjoy ko'chmas mulk obyektlari va davlat reyestridan ko'chirmalarga BHM ning 1.25 baravari miqdorida to'lov undiriladi. Shu sababdan, 100 kv. m gacha o'lchovda bo'lgan uylarga bir xil to'lov amalga oshirilgan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Yer_nazorati

⚡️NAVBATDAGI HOLAT SIRDARYO TUMANIDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sirdaryo tuman bo'limi tomonidan, tumanning "Sindorobod" SIU hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan 25 kv.m yer maydoni egallanib unda noqonuniy bino qurib olish holatlari aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida ogohlantirildi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan joyning o'zida bartaraf etilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ma’lumot o’rnida


🤯O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarni xususiylashtirish mumkinmi?

🤯 Ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari xususiylashtiriladimi?

📹 Ushbu savollarga javobni mazkur videoda olasiz.

#DavKadastrPalata #intervyu #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

⚡️NAVBATDAGI HOLAT SHIRIN SHAHRIDA

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Shirin shahar bo'limi tomonidan, shaharning "Farhod" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan 91 kv.m yer maydoni egallanib o'rab olish va unda noqonuniy bino qurib olish holatlari aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida ogohlantirildi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda noqonuniy qurilma fuqaro tomonidan bartaraf etilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Yer_nazorati

⚡️SAYXUNOBOD TUMANIDA NAVBATDAGI HOLAT BARTARAF ETILDI

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Sayxunobod tuman bo'limi tomonidan, shaharning "Faravon" MFY hududida nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

📑 Nazorat tadbiri davomida fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan ahoki punkti yeridan 35 kv.m yer maydonida noqonuniy savdo do’koni qurib olish holati aniqlandi.

📝Holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga tegishli tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, fuqaroga ushbu noqonuniy qurilishni bartaraf etishligi to'g'risida rasman ogohlantirildi.

Shundan so‘ng yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxsga tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi hamda fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Ochiq_muloqot

⚡️Mahalla faollari bilan targ'ibot ishlari

🏢Bugun Xovos tumanning Sohibkor MFY faollari va aholisi bilan Jinoyat ishlari bo'yicha Xovos tuman sud Raisi, Tuman prokurori va Kadastr agentligining Xovos tuman bo'lim boshlig'i boshchiligida ochiq muloqot o'tkazildi.

▪️Tadbir davomida Kadastr agentligi tomonidan bugungi kunda kuchaytirilgan tartibda yer va kadastr nazorati olib borilayotganligi to'g'risida fuqarolarni xabardosh qilish zarurligi hamda fuqarolar tomonidan yerlarni o'zboshimcha egallab olish va unda noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirilmasliklari hamda uning oqibatlari tushintirildi.

▪️Bundan tashqari, qabulda yig'ilgan fuqaro va tadbirkorlarning kadastrga oid savol va muammolari o'rganilibgina qolmay, yig'ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda arxiv hujjatlarini raqamlashtirish ishlari


🌟 Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom etmoqda.

🫥 "Namunali arxiv" xonalari faoliyati, ularda jadallik bilan olib borilayotgan raqamlashtirish jarayonlari bilan quyidagi hududiy boshqarmalarimiz misolida tanishishingiz mumkin:

▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Surxondaryo viloyati
▫️Sirdaryo viloyati
▫️Toshkent viloyati

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM