Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#kadastr_sohasida_atamalar

⚡️Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.

❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#bilasizmi #yernazorati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#bizning_manzillar #Sayxunobod_tumani #infografika

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

🏢 Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sayxunobod tuman bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

Bo‘lim rahbari - Abdalimov Mamurjon Dilshod o'g'li

Filial rahbari - Ibodullayev Ibroxim Dodo-Subhon

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Turon mahallasi, Alisher Navoiy shox ko‘chasi 72-uy.

📍 Lokatsiya

☎️Murojaat uchun telefon: 99-470-14-37

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Yer_nazorati #Sirdaryo_viloyati

⚡️Nazorat tadbirlari davom etmoqda

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sardoba tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning Quyitosh MFY hududida olib borilgan yer nazorati tadbirlari davomida fuqaro tomonidan 186 kv.m o’zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo’lgan va tutash bo’lmagan yer uchastkalarida 114 kv.metr yer maydoniga noqonuniy ravishda qurilish ishlarini amalga oshirish holarlari aniqlangan.

📄Aniqlangan holat yuzasidan inspektorlar tomonidan fuqaroga noqonuniy qurilmani bartaraf etish yuzasidan ogohlantirish berildi.

Ushbu ogohlantirishdan o’ziga to'g'ri xulosa chiqargan fuqaro o'z hisobidan ushbu noqonuniy qurilmani bartaraf etdi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#OAV_biz_haqimizda #Sirdaryo_viloyati

⚡️Murojaat e’tiborsiz qolmaydi

"Yangi Sirdaryo" gazetasining navbatdagi sonida Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati Jamoatchilik bilan aloqalar bo’limi bosh mutaxassisi E.Bekbergenovaning "Murojaat e’tiborsiz qolmaydi" nomli maqolasi e'lon qilindi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Sun’iy yo‘ldosh orqali yer bilan bog‘liq qonunbuzarliklar nazoratga olinadi.

SIIS kompaniyasi 🇰🇷Janubiy Koreyaning 🛰kosmik suratlarni qayta ishlash va shu yo‘nalishda xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar biri hisoblanadi.

Mamlakatimizdagi soha mutaxassislari Janubiy Koreya Respublikasining yer resurslari boshqaruvi va kadastr tizimi LX Office korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatgan. Mazkur davlatning sun’iy yo‘ldoshli yerni kuzatish tendensiyalari, texnologiyalari va istiqbollari va yaqin kelajakdagi rejalari o‘rganildi. Xususan, SIIS – kompaniyasi tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan loyihalar bilan tanishib chiqildi.

Ushbu kompaniya...
Batafsil➡️ HUDUD24 maqolasida

Sardor OMONOV,

“Geoinfokom” davlat unitar korxonasi direktori o‘rinbosari.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

▶️DIQQAT E'LON!

⭐️🌟KADASTR AGENTLIGINING DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
MATBUOT TADBIRI

👔Mavzu: "UZKAD tizimiga o'tish jarayonlari”

🗓Vaqti: 2024yil, 2-aprel kuni soat
11:00da.


📍Davlat kadastrlari palatasi binosi majlislar zalida bo‘lib o‘tadi.


Ushbu matbuot tadbiriga barcha ommaviy axborot vositalari xodimlari, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

📹 Matbuot tadbiri translyatsiyasini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali JONLI tomosha qilishingiz mumkin bo’ladi.

#DavKadastrPalata #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#huquq #kadastr_xizmati

⚡️Xususiylashtirilgan yer uchastkalari davlat tomonidan himoya qilinadi

Xususiylashtirilgan yer uchastkalari xususiy mulk va fuqarolik muomalasi obyektlaridir.

Xususiylashtirilgan yer uchastkasiga bo‘lgan xususiy mulk huquqi unga bo‘lgan huquq Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga tegishli maʼlumotlarni elektron tarzda kiritish orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan eʼtiboran yuzaga keladi.

‼️Xususiylashtirilgan yer uchastkalariga bo‘lgan xususiy mulk huquqi daxlsizdir va qonunga muvofiq davlat tomonidan himoya qilinadi.

Huquqiy asos: O‘RQ–728, 15.11.2021 y.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

IJTIMOIY TARMOQLARDA BAHSLARGA SABAB BO‘LAYOTGAN MAVZU HAQIDA.


“O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ijtimoiy tarmoqlarda har xil tushunchalar bilan talqin qilinmoqda.

Bu esa ayrim fuqarolarning yer qonun buzish holatlarini sodir etishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sabab Qonun loyihasi haqida ayrim maʼlumotlarni berib o‘tamiz:

Qonun loyihasida 8 ta yo‘nalishdagi holatlar ko‘rib chiqishi nazarda tutilgan. Ushbu holatlarning barchasiga huquq eʼtirof etiladi deb tushunmaslik kerak.

Loyihada kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish emas, balki huquq belgilovchi hujjatlari bo‘lmaganligi uchun yer va binolariga huquqni eʼtirof etish masalasi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga emas, balki tadbirkorlik subyektlariga tuman hokimliklari tomonidan yer ajratilib, viloyat darajasida tasdiqlanmagan holatlar hamda tadbirkorlik subyektlari kichik sanoat zonalariga joylashtirilib, hokim qarori chiqarilmay qolgan holatlar ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Loyihada kadastr hujjatlari rasmiylashtirmaganlik uchun emas, yerni o‘zboshimcha egallaganligi uchun va ushbu yerga huquqlar eʼtirof etilgan taqdirdagi maʼmuriy javobgarlik masalalari yoritilgan.

Hozirda ayrim yurtdoshlarimiz tomonidan “qurilishi mavjud bo‘lsa eʼtirof etilar ekan” deb bo‘sh yerga tezroq imorat qurish holatlari kuzatilmoqda.

‼️Ogohlantirib aytishimiz kerakki, qonun loyihasida 2018-yil 1-mayga qadar qurilgan obyektlar ko‘rib chiqiladi deb ko‘rsatilgan.
Agarda qurilma o‘zboshimchalik bilan belgilangan davrdan keyin qurilgan bo‘lsa, bunday imoratlar belgilangan tartibda bartaraf etiladi hamda maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shu sababli, fuqarolarimizdan o‘zboshimchalik bilan yerlarni egallash va unga imorat qurmasliklarini so‘rab qolamiz.

Yana shuni ham eʼtiborga olish kerakki, hozir biz qonun loyihasi haqida gapiryapmiz va loyihaga muhokama jarayonlarida o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hurmatli foydalanuvchilar
!

🌟 Agar Siz my.gov.uz orqali kadastr xizmatlaridan foydalanish jarayonida texnik nosozliklarga duch kelgan yoki portal faoliyatini takomillashtirish boʻyicha takliflar yoʻllamoqchi boʻlsangiz, Telegram dagi @MyGovRasmiyBot botiga murojaat qilishingiz mumkin.

🖥 Shu oʻrinda Sizdan my.gov.uz nomidan ish yurituvchi boshqa botlarga murojaat etmaslikni, turli botlar orqali shaxsga doir (pasport) maʼlumotlaringizni ulashmaslikni soʻrab qolamiz.

#DavKadastrPalata #e_lon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #infografika

Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz rasmiy sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 67-225-47-10 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma'lumot olishda ariza beruvchi ma’lumotnomani olish uchun qayerga murojaat qilishi mumkin

Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma'lumot olishda ariza beruvchi ma’lumotnomani olish uchun 😄Davlat ximatlari markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilishi mumkin.
Bunda ariza beruvchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ariza berganda:

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXPda ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi;

2️⃣ Shakllangan invoys bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi;

3️⃣ Vakolatli organ tomonidan tayyorlangan QR-kodli ma’lumotnoma yuklab olinadi.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarida Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha boshlang‘ich tashkilotining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-401-son qarori hamda Kadastr agentligi direktorining 2024-yil 14-fevraldagi 46-03-sonli buyrug’ining ijrosini ta’minlash maqsadida yig’ilish o’tkazildi.

📝Yig’ilishda kun tartibiga muvofiq joriy yilda amalga oshiriladigan ishlar, yillik ish-reja va takliflari yuzasidan ma'lumotlar tinglandi hamda tavsiyalar va ko'rsatmalar berildi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr