Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.23K photos
1.06K videos
18 files
5.02K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Huquqiy_asoslar #ko_chmas_mulk

Ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqasiga berish tartibi

Hukumat qarori bilan (355-son, 08.06.2021 y.) Respublika ko‘chmas mulk obyektlarini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish tartibi to‘g‘risidagi nizomiga muvofiq:

☑️ Respublika ko‘chmas mulk obyektlari bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga tegishli kadastr hujjatlari mavjud bo‘lgan taqdirda (qurilishi tugallanmagan obyektlar bundan mustasno), operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz beriladi.

➡️ Respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)i – davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi bilan tegishli bo‘lgan mulkiy kompleks (korxona), binolar va inshootlar, qurilishi tugallanmagan obyekt(lar) va u(lar)ning qism(lar)i hisoblanadi.

🔰 Shuningdek, respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ini bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

👉 respublika ko‘chmas mulkning bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berilishi to‘g‘risida Prezident va (yoki) Hukumatning tegishli topshirig‘i nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);

👉 manfaatdor davlat tashkilotining (topshiruvchi va qabul qiluvchi tashkilot yuqori turuvchi organlarining) respublika

ko‘chmas mulkni bir davlat tashkilotidan boshqa bir davlat tashkilotiga operativ boshqaruv huquqi asosida beg‘araz berish to‘g‘risidagi kelishilgan takliflari bayon etilgan murojaatlari (topshiruvchi hamda qabul qiluvchining yuqori turuvchi organlarining roziligi).

👉 Mazkur murojaatlarda respublika ko‘chmas mulkni qabul qiluvchi tomonning qabul qilingan obyekt(lar)dan foydalanish maqsadlari aniq ko‘rsatilishi shart;

👉 respublika ko‘chmas mulk obyekt(lar)ining kadastr hujjatlari nusxalari;

👉 obyektlarning pasporti (ppt formatda) va fotosuratlari.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #registrator
КАДАСТР КАСБИМ

🏙Ҳар бир ташкилотда аҳоли ва давлатимизга хизмат кўрсатишдек фаолияти баробарида - умрининг бир қисмини ўша ташкилотда ўтказаётган ватандошларимиз талайгина.

🏬Кадастр ташкилоти - ишига фидоий мутаҳассисларга бой. Билим ва тажрибалари ёрдамида ҳалқни ишини тез ва сифатли битириш - уларнинг асосий мақсади.

🎥Бугунги репортажимиз Давлат кадастрлар палатасининг Тошкент шаҳар бошқармасидаги Кўчмас мулкка бўлган ҳуқуқларни давлат рўйхатидан ўтказиш бўлимига бағишланади.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #Geoportal #matbuot_anjuman

🌐 Jahon bankining qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ko‘magida ishlab chiqilgan “Kadastr va ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish integratsion axborot tizimi” orqali Respublika bo‘yicha soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan 93 487 ta fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini joriy yilning 1 mayidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yilgan edi.

Kadastr agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi birinchilardan bo‘lib o‘z hududida 100 foizlik natija qayd etib viloyadagi fermer xo‘jaliklari ixtiyoridagi qishloq xo‘jaligi yerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini yakuniga yetkazdi.

Shu munosabat bilan ushbu topshiriqni bajarishda o‘z bilim va salohiyatlarini ayamasdan sidqidildan mehnat qilgan tuman (shahar) bo‘lim va filial rahbarlari hamda ko‘chmas mulk huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi xodimlariga agentlik nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from YANGI SIRDARYO
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Қишлоқ хўжалиги ер майдонига бўлган ҳуқуқингизни давлат рўйхатидан ўтказинг!
Ерга бўлган ҳуқуқий ҳужжат давлат рўйхатидан ўтказилгандан сўнг қонуний кучга киради ва кафолатланади.
Қишлоқ хўжалиги ер майдонига бўлган ҳуқуқингизни давлат рўйхатидан ўтказинг!
Ерга бўлган ҳуқуқий ҳужжат давлат рўйхатидан ўтказилгандан сўнг қонуний кучга киради ва кафолатланади.
▶️ Каналга уланиш
👉🏻
@Sirdaryo24
Forwarded from Kadastr - Live
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident #Farmon #Kadastr #yer_munosabatlari

🇺🇿 Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Ер муносабатларида тенглик ва шаффофликни таъминлаш, ерга бўлган ҳуқуқларни ишончли ҳимоя қилиш ва уларни бозор активига айлантириш чора-тадбирлари тўғрисида"ги ПФ-6243-сон Фармонига мувофиқ эндиликда...

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Sirdaryo | Kun.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Сирдарёда 22,13 гектар ер майдони ноқонуний равишда эгаллаб олинган

Сирдарё вилоятида ер майдонини ўзбошимчалик билан эгаллаб олиш билан боғлиқ 724 та ҳолат қайд этилган. Бу ҳақда вилоят кадастр бошқармаси мутахассиси Нодир Аликулов Kun.uz’га маълум қилди.

Жумладан, 154 та ҳолатда уй-жой, 529 та ҳолатда нотурар-жой қурилган, 41 та ҳолатда дала томорқа ва бошқа мақсадлар учун ер майдони ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган.

Ҳозирги кунга қадар 272 та ҳолат бўйича 5,33 гектар ер майдонида аниқланган қонунбузилиш холатлари бартараф этилган. Ерга бўлган ҳуқуқларни белгиланган муддатда давлат рўйхатидан ўтказмаганлиги учун 304 нафар фуқарога МЖтКга асосан 74,48 млн сўм жарима белгиланган.

➡️ Сирдарё хабарлари
Forwarded from Kadastr - Live
Qadrli yurtdoshlar!

Sizga musulmon ahlining muqaddas bayrami muborak bo‘lsin!
Ushbu bayramning shukuhi xonadoningizda abadiy qolsin. Oilangiz tinch, dasturxoningiz to‘kin-sochin bo‘lsin. Sizni aʼlo kayfiyat va mustahkam sog‘liq hech qachon tark etmasin.

Qurbon Hayit bayramingiz, muborak bo‘lsin!

Kadastr agentligi jamoasi.
Bugun, 23 iyul
☀️ +41°...+22°, Ochiq havo

Hozir: ☀️ +22°, ↙️ 5 m/s

Tong: ☀️ +30°
Kun: ☀️ +39°
Oqshom: ☀️ +38°

Namlik: 23%
Shamol: Shimoliy-shimoli-sharqiy, 8 m/s
Bosim: 749 mm sim. ust.

Oy: Yosh oy
Quyosh chiqishi: 05:15
Quyosh botishi: 19:50

Kаналга уланиш - https://t.iss.one/sir_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏠+🧑🏻‍💼=💳 Кадастр ҳужжати барча мулкдорларга керак.

Кўпчилик бугунги кунда кадастр картасини расмийлаштириб олган.

Қизиқиб кўрганмисиз ушбу жараён аслида қандай амалга оширилади?

🏢🧑🏻‍💻👷🏻🏠💳Бир дона кадастр картасини тайёрлаш учун кимлар қандай меҳнат қилади?

🎬🎬🎬 Мазкур ролик шу ҳақда.

Kаналга уланиш - https://t.iss.one/sir_kadastr
#E_auksion #Bo_sh_yer_uchastkalari #Yakka_tartibdagi_uy_joy

🔰Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish «E-IJRO AUKSION» yagona savdo maydonchasida elektron auksionlar o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

🔰Yer uchastkalari faqat shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlangan aholi punktlari hududlarida beriladi (auksionga qo‘yiladi).

🔹 Andijon viloyati - 2 tа (ko'rish)
🔹 Buxoro viloyati - 204 tа (
ko'rish)
🔹 Jizzax viloyati - 1065 tа (
ko'rish)
🔹 Qashqadaryo viloyati - 35 tа (
ko'rish)
🔹 Navoiy viloyati - 82 tа (
ko'rish)
🔹 Samarqand viloyati - 155 tа (
ko'rish)
🔹 Surxondaryo viloyati - 295 tа (
ko'rish)
🔹 Sirdaryo viloyati - 35 tа (
ko'rish)
🔹 Xorazm viloyati - 51 tа (
ko'rish)
🔹 Qoraqalpog'iston Respublikasi 1632 tа (
ko'rish)
SAVOL:

Qanday hollarda istesno tariqasida onlayn auksionsiz yer ajratib beriladi?

JAVOB:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi farmonining 3-bandiga asosan quyidagi hollarda istesno tariqasida yer ajratiladi.

*** Qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

*** Agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

*** Eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida (er maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

*** Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).
ERI kalitidan boshqa shaxslarning foydalanishiga yoʼl qoʼymang

Diqqat!
Savdolarda qatnashish oson va qulay boʼlib, istalgan shaxs qatnasha oladi. Qatnashish tartibi

"E-AUKSION" savdo maydonchasi orqali onlayn-auksionlarda ishtirok etayotgan ishtirokchilarni oʼzlariga tegishli boʼlgan Elektron raqamli imzo kalitidan faqat oʼzlari foydalanishlarini hamda boshqa shaxslarga ERI kaliti va undan foydalanish uchun maxsus kodni bermasligingizni soʼraymiz.

ERI kaliti auksionda ishtirok etayotgan ishtirokchining shaxsini tasdiqlash, barcha harakatlar (ariza berish, mablagʼni qaytarish va boshqa) ishtirokchining shaxsan oʼzi tomonidan bajarilganini tasdiqlaydi.

Oʼzbekiston Respublikasining "Elektron raqamli imzo kaliti toʼgʼrisida"gi qonuni talablarini buzmagan holda shaxsiy kabinet orqali ERI kalitidan shaxsan oʼzingiz foydalaning. ERI kalitini boshqalarga taqdim etishingiz turli firibgarliklarga yoʼl ochishi mumkin.

👇Хabardor bo'lish uchun👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Кадастр агентлиги Сирдарё вилояти бошқармаси инспекторлари томонидан 785 та ҳолатда 23.75 гектар ер майдонларидан фуқароларнинг ноқонуний тарзда фойдаланиб келаётганлиги аниқланди.

Ўзбошимчалик билан эгаллаб олинган ер майдонлари таҳлилига кўра:

уй-жой қуриш учун - 160 та ҳолатда (6.55 гектар)

нотурар жой қуриш учун - 583 та ҳолатда (6.64 гектар)

дала-томорқа ва бошқа мақсадлар учун - 42 та ҳолатда (10.57 гектар) фойдаланилаётганлиги аниқланди.

Фуқаролар томонидан ўзбошимчалик билан эгалланган 285 та ер майдонида қонунбузилиш ҳолатлари аниқланиб, жойида бартараф этилди.

Қолган 500 та қонунбузилиш ҳолатларини бартараф этиш юзасидан тегишли ташкилот ва идораларга маълумотлар тақдим этилди.

Kаналга уланиш - https://t.iss.one/sir_kadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tokio-2020 ochilish marosimida Bahodir Jalolov va Nigora Tursunqulova boshchiligida O‘zbekiston delegatsiyasi kirib keldi.

Kanalga ulanish - https://t.iss.one/sir_kadastr
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида аҳоли мурожаатлари билан ишлаш тизимини янгича ташкил қилиш чора-тадбирлари бўйича видеоселектор йиғилиши бўлиб ўтмоқда.

Давлатимиз раҳбари Халқ қабулхоналари ва сайёр қабуллар одамларда муаммоларини ҳал қилиш мумкинлигига катта ишонч уйғотганини таъкидлади.

Масалан, 4 йил олдин валюта айрибошлаш, прописка, пенсия ва нафақаларни нақд пулда олиш масалалари бўйича ҳар ойда ўртача 100 мингта мурожаат тушган. Бу соҳаларда қулайлик яратилиб, муаммолар ҳал этилгани туфайли уларга оид мурожаатлар бутунлай тўхтаган.

Ёки Ўзбекистон фуқаролигини олиш тартибларининг енгиллаштирилгани шарофатидан 100 мингга яқин оила рўшнолик кўрган.

Йиғилишда аҳоли мурожаатлари билан ишлаш ҳолати вазирлик ва ҳудудлар кесимида кўриб чиқилмоқда.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев:

Энди, мурожаатларнинг барчаси ягона электрон базада юритилиб, Халқ қабулхоналари ҳар чоракда давлат идораларининг мурожаатлар билан ишлаш бўйича очиқ рейтингини шакллантиради.

Жорий йил 1 октябрига қадар барча вазирлик ва идоралар, ҳокимликларда мурожаатларни рўйхатга олиш, уларни кўриб чиқиш ва натижасини назорат қилиш бўйича Ягона онлайн платформа яратилади. Ушбу платформа орқали вазирлик ва идоралар, ҳокимликларда мурожаатлар билан ишлаш фаолияти мониторинг қилиниб, ҳар ойда Сенатга ва Ҳукуматга таҳлилий маълумот киритиб борилади.

Шунингдек, аҳоли мурожаатларида кўтарилаётган масалаларни ҳал этиш бўйича вазирлик, идора ва ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботини Сенатда ҳар чоракда, маҳаллий ҳокимликлар ҳисоботини эса маҳаллий Кенгашларда ҳар ойда эшитиб бориш амалиёти йўлга қўйилади.

Йиғилишда муҳокама қилинган масалалар юзасидан тегишли вазирлик ва идоралар, ҳудудлар раҳбарларининг ҳисоботлари эшитилди.

Президент матбуот котиби | Шерзод Асадов

Kаналга уланиш - https://t.iss.one/sir_kadastr
Бугун, 24 июль Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев таваллуд топган кун!

Давлатимиз раҳбари 64 ёшни қаршиламоқда 🇺🇿

Шавкат Миромонович Мирзиёев 1957 йил 24 июлда Жиззах вилоятининг Зомин туманида шифокор оиласида туғилган.

Каналга уланиш - https://t.iss.one/sir_kadastr
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

“Фазовий маълумотлар тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ–702-сон, 23.07.2021 й.) Президент томонидан имзоланди

📂 Қонунга мувофиқ, фазовий маълумотлар фазовий объектлар тўғрисидаги, уларнинг жойлашуви, шакли, хоссалари хақидаги маълумотлардан иборат.

📌 Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги фазовий маълумотлар соҳасидаги махсус ваколатли давлат органидир.

☑️ Фазовий маълумотлар миллий инфратузилмасини ривожлантиришга доир фаолиятнинг мувофиқлаштириш мақсадида Кадастр агентлиги ҳузурида Фазовий маълумотлар миллий инфратузилмасини ривожлантириш бўйича Мувофиқлаштирувчи кенгаш ташкил этилади.

➡️ Фазовий маълумотлар базавий ва соҳага оид фазовий маълумотларга бўлинади.

🔄 Фазовий маълумотлар ва метамаълумотлар давлат органларига ўз ваколатларини амалга ошириши учун – беғараз асосда, бошқа фойдаланувчиларга эса – Кадастр агентлиги томонидан Молия вазирлиги билан келишилган ҳолда белгиланадиган миқдорлардаги ҳақ эвазига тақдим этилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Forwarded from Kadastr - Live
#Prezident

Bugun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Mirziyoyev Shavkat Miromonovichning tavallud kunlari.

Yurtboshimiz 64 yoshni qarshi oldilar.

Shavkat Miromonovichni tavallud ayyomlari munosabati bilan Kadastr agentligi tizimidagi barcha xodimlar nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #yer_nazorati #Samarqand

Кадастр агентлиги Сирдарё вилояти бошқармаси инспекторлари томонидан 785 та ҳолатда 23,75 гектар ер майдонларидан фуқароларнинг ноқонуний тарзда фойдаланиб келаётганлиги аниқланди.

Фуқаролар томонидан ўзбошимчалик билан эгалланган 285 та ер майдонида қонунбузилиш ҳолатлари аниқланиб, жойида бартараф этилди.

Қолган 500 та қонунбузилиш ҳолатларини бартараф этиш юзасидан тегишли ташкилот ва идораларга маълумотлар тақдим этилди.

Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from Kadastr - Live
#Qonun #Fazoviy_malumotlar #Kadastr

Қонунда:

🔹 Амалиётда ноаниқликларга олиб келмаслиги учун Фазовий маълумотлар соҳасига доир асосий тушунчаларга изоҳ берилган.

🔹 Фазовий маълумотлар соҳасининг асосий мақсади, уни яратиш принциплари ва маълумотларининг барча манфаатдор фойдаланувчилар учун очиқлиги ва оммавийлиги белгиланган.

🔹 Фазовий маълумотлар соҳасидаги давлат сиёсатининг асосий йўналишлари ва уни амалга оширувчи органлар ҳамда соҳадаги иш турлари, маълумотларни тақдим этиш тартиби ва илмий изланишларнинг асосий йўналишлари белгиланган.

Telegram Instagram YouTube Facebook