Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.72K photos
1.14K videos
20 files
5.33K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⚡️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer
sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#auksion

⚡️Sirdaryo viloyatida
e-auksion.uz platformasi orqali ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🔹 Oqoltin tumanidan 95 ta (ko'rish)
🔹 Boyovut tumanidan 209 ta (ko'rish)
🔹 Sayxunobod tumanidan 76 ta (ko'rish)
🔹 Guliston tumanidan 79 ta (ko'rish)
🔹 Sardoba tumanidan 135 ta (ko'rish)
🔹 Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
🔹 Sirdaryo tumanidan 71 ta (ko'rish)
🔹 Xovos tumanidan 89 ta (ko'rish)
🔹 Guliston shahridan 109 tа (ko'rish)
🔹 Shirin shahridan 89 tа (ko'rish)
🔹 Yangiyer shahridan 383 tа (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda ta'limga e'tibor

🫥 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari Palatasi hamda uning bir necha hududiy boshqarmalarida Oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik o'rnatib kelishuv shartnomalari tuzilmoqda.

◼️Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi asosida xaftaning har shanba kunlari talabalar amaliyot o‘tayotgan bo'lsa, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi imzolanganini qayd etish mumkin.

📃 Bugungi kunda boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filialini yo‘lga qo‘yish, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.

Kadastr sohasiga qiziquvchan, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni kashf etishga xizmat qiluvchi mazkur o‘quv jarayonlari haqida yana batafsil ma’lumot berib boramiz.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #imtiyoz

⚡️MAʼMURIY JARIMALAR 15-30 KUN ORALIG'IDA TOʻLANSA, CHEGIRMA QOʻLLANILADI

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 23-martdagi PQ–99-son qaroriga muvofiq, huquqbuzarga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy toʻlagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini toʻlashdan ozod etiladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrning yana bir xizmati ishga tushdi


🌟 Ko‘chmas mulkni birlashtirish va uning yangi chegaralarini belgilash davlat xizmati my.gov.uz portalida ishga tushirildi.

Mazkur xizmatni olish uchun qoʻshimcha hujjatlar talab qilinmaydi!

▶️ Batafsil ma'lumot - videoda 👆

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛰 Кадастр агентлиги тизимида 2023 йилда амалга оширилган ишлар сарҳисоби, долзарб вазифалар ижроси

АОКАда Кадастр агентлиги, Давлат кадастрлари палатаси, Республика аэрогеодезия маркази раҳбарияти иштирокида шу мавзуда матбуот анжумани бошланди.

Қуйидаги ҳавола орқали тўғридан-тўғри томоша қилишингиз мумкин:

🎸 Жонли эфир
〰️〰️〰️〰️〰️〰️


Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari tomonidan Boyovut va Xovos tuman bo‘lim hamda filiallarida "Korrupsiyaga taraqqiyot kushandasi mavzusida" tadbir o‘tkazildi.

🔹 Ushbu tadbirda har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi, o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi, qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr_sohasida_atamalar

⚡️Obyektning kadastr raqami — yer uchastkasining, binoning yoki inshootning O‘zbekiston Respublikasi hududida takrorlanmaydigan o‘ziga xos raqami bo‘lib, ushbu raqam ko‘chmas mulkni shakllantirish chog‘ida beriladi va uning ro‘yxatdan o‘tkazilgan huquqning yagona obyekti sifatida mavjud bo‘lishi davrida saqlanib turadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalariga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish narxlari

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BEPUL;

🔸Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda, yakka tartibda turarjoy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Noturarjoy obyektlarini qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 1,25 baravari (425 000 so‘m);

🔸Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi - BHMning 2,5 baravari (850 000 so‘m);

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram| Facebook | YouTube
#Bobur541 #BoburDay #Boburni_bilamizmi

Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi

📝 Amir Temurning
beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi Zahiriddin Muhammad Bobur Andijonda 1483-yil 14-fevralda tugʻilgan.

• Bu yil shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi nishonlanadi. O‘zbek adabiyotining yirik namoyondalaridan biri, shoir, adib, olim, sarkarda, yirik davlat arbobi, “Buyuk Boburiylar sulolasi” asoschisi ilk bor 12 yoshida taxtga oʻtirgan.

🖌Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek tarixida tom ma’noda yirik shaxs. Uning tarixchi olim, zukko adib va shoir sifatida qoldirgan adabiy merosi bebahodir. Bobur hukmdorlik majburiyatlaridan ortib yirik asarlar yozishga muvaffaq bo‘lgan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisilari tomonidan Shirin bo‘lim hamda filiallarida "Korrupsiyaga taraqqiyot kushandasi mavzusida" tadbir o‘tkazildi.

🔹 Ushbu tadbirda har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi, o‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi, qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

🔹Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube