Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.1K photos
1.03K videos
18 files
4.93K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🎬🎬🎬🎬

🌟 Kadastr agentligi tomonidan xarid qilingan Tecnam samolyoti va Leica DMC-III aerokamerasidan foydalanib 62 388,1 kv. km. maydonda aerosuratga olish ishlari bajarildi, 35 208,1 kv. km. maydonga O‘zbekkosmos agentligidan kosmik suratlar olindi. Ushbu aero va kosmik suratlarni joylarda 5 675 ta planli va balandli bog‘lash orqali, 91 500 kv. km. maydonda ortofotoplanlar yaratildi. Shuningdek, 60 400 kv. km maydonda topografik xaritalarni yangilash va 49 800 kv. km. maydonda deshifrovka ishlari bajarildi.

😄Shu bilan 596 km uzunlikda nivelirlash ishlari va 154 ta punktda geodezik o‘lchov ishlari bajarildi.

▶️Batafsil: Yerni masofadan turib zondlash, geodeziya va kartografiya bo‘limi boshlig‘i-I. Ergeshov intervyusida.

#kadastr #video_hisobot

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bugun – 9 fevral kuni buyuk bobokalonimiz tavallud topganiga 583 yil to‘ldi

Alisher Navoiy hayoti va ijodi hikmatlarga to‘la benazir inson bo‘lgan. Adabiyotshunoslarning tahlillariga ko‘ra, mutafakkir bobomiz o‘z asarlarida turkiy, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo‘g‘ul va boshqa tillardagi 1 million 378 ming 660 ta betakror so‘zni ishlatgan ekan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #statistika #demografik_koʻrsatkich

SIRDARYO VILOYATINING DEMOGRAFIK KOʻRSATKICHLARI RAQAMLARDA

📊 2024-yilning 1-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatining demografik koʻrsatkichlari statistik raqamlarda:

⚜️ Aholi soni – 914 ming kishi.

🔷 Ayollar soni – 454,9 ming kishi.

🔷 Erkaklar soni – 459,1 ming kishi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️
Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassislari O.Samatov va Sh.Davronov tomonidan Kadastrning Yangiyer shahar bo'lim hamda filialida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida soha xodimlariga korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, hamda yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik to'g'risida so'z bordi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Yer_nazorati

⚡️Har bir qarich yer maydonlari hisob-kitobli

🏢Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi, Sardoba tuman bo'lim inspektorlari tomonidan tumanning Quyitosh MFY hududida monitoring o’tkazilganida fuqaro o’zboshimchalik bilan 29 kv.m yer maydoniga noqonuniy qurilish ishlari olib borganligi aniqlangan.

✍️Inspektorlar tomonidan fuqaroga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJtK ning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi. Shundan so‘ng fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartataf etildi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr

⚡️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazing

◻️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68 prim 1 moddasiga ko‘ra ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🔷 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari

🔶 mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olmang

❗️ O'zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo'l qo'yilmaydi.

📃 Yerni o'zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

📗Yer kodeksining 91-moddasiga asosan, O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g'ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko'ra qaytariladi.

🚫 O'zboshimchalik bilan egallangan yerdagi har qanday qurilish obyektlariga suv ta'minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash qat'iy taqiqlanadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎

🔺Yer nazorati Kadastr agentligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi🔺

Respublikamiz bo'yicha 2023-yilda yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallash holatlari yuzasidan 28 636 ta (6 259,7 gektar) holat aniqlangan.

🌟Agentlik organlari tomonidan berilgan yozma ko'rsatmalar asosida yer uchastkalariga nisbatan 16 384 ta holatda qonunbuzilish holatlari ixtiyoriy bartaraf etildi.

➡️Batafsil videoda

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#infografika

⚡️Murojaatlar tahlili

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi
va uning tuman shahar filiallariga aholidan 2024 yil 5-2 fevral oralig'ida 52 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni tuman shahar kesimida ko'radigan bo'lsak:

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi - 23
Guliston shahar - 3
Guliston tumani - 2
Yangiyer shahar - 2
Boyovut tumani - 6
Sirdaryo tumani - 4
Mirzaobod tumani - 4
Sayxunobod tumani - 6
Sardoba tumani - 1
Xovos tumani - 1
Shirin shahar - 0
Oqoltin tumani - 0

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr

⚡️YERLAR FAQAT AUKSION ORQALI SOTILADI YOKI IJARAGA BERILADI

❗️Yer
sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang, firibgarlarga aldanib qolmang!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#auksion

⚡️Sirdaryo viloyatida
e-auksion.uz platformasi orqali ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🔹 Oqoltin tumanidan 95 ta (ko'rish)
🔹 Boyovut tumanidan 209 ta (ko'rish)
🔹 Sayxunobod tumanidan 76 ta (ko'rish)
🔹 Guliston tumanidan 79 ta (ko'rish)
🔹 Sardoba tumanidan 135 ta (ko'rish)
🔹 Mirzaobod tumanidan 90 ta (ko'rish)
🔹 Sirdaryo tumanidan 71 ta (ko'rish)
🔹 Xovos tumanidan 89 ta (ko'rish)
🔹 Guliston shahridan 109 tа (ko'rish)
🔹 Shirin shahridan 89 tа (ko'rish)
🔹 Yangiyer shahridan 383 tа (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda ta'limga e'tibor

🫥 Avval xabar berganimizdek, Kadastr agentligi va Davlat Kadastrlari Palatasi hamda uning bir necha hududiy boshqarmalarida Oliy ta'lim muassasalari bilan o'zaro hamkorlik o'rnatib kelishuv shartnomalari tuzilmoqda.

◼️Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Guliston davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi asosida xaftaning har shanba kunlari talabalar amaliyot o‘tayotgan bo'lsa, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va Toshkent davlat texnika universiteti o‘rtasida o‘zaro tarmoq kelishuv shartnomasi imzolanganini qayd etish mumkin.

📃 Bugungi kunda boshqarmada mazkur universitetning kafedrasi filialini yo‘lga qo‘yish, o‘quv hamda amaliyot jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, o‘quv mashg‘ulotlari uchun alohida xona ajratilib, kerakli jihozlar bilan ta’minlandi.

Kadastr sohasiga qiziquvchan, zamonaviy fikrlaydigan yosh kadrlarni kashf etishga xizmat qiluvchi mazkur o‘quv jarayonlari haqida yana batafsil ma’lumot berib boramiz.

#DavKadastrPalata #hududiy_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM