Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент шаҳрида Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйди.

Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к подножию памятника Исламу Каримову в городе Ташкенте.

#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#yernazorati #bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish oqibatlari


O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

❗️Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #subsidiya

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;

(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;

(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

🗞Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda qancha "dom"lar bor?


🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati o'z faoliyatiga doir qiziqarli yillik statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

▪️Ko'p qavatli uylar soni : 44 954 ta va ulardagi
▪️Xonadonlar soni: 1 489 881 tani tashkil etmoqda.

📊Batafsil ushbu videoinfografika orqali Respublikamizdagi jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo'lgan ko'p qavatli uylar va ulardagi xonadonlar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xizmati #bilasizmi

⚡️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish

Ko‘chmas mulkka taqiq qo‘yish yoki taqiqni olib tashlash to‘g‘risidagi hujjat ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga kelib tushgan kundan e’tiboran 1 ish kuni ichida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

‼️Ko‘chmas mulkka qo‘yilgan taqiq uni qo‘ygan vakolatli mansabdor shaxsning yoki sudning qaroriga binoan olib tashlanadi.

Asos: O‘RQ–803, 28.11.2022 y.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
“Тараққиёт стратегияси” маркази “Ўзбекистон–2030” стратегиясини “Ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш йили”да амалга оширишга оид давлат дастури тўғрисидаги Ўзбекистон Республикаси Президенти Фармони лойиҳаси кенг жамоатчилик муҳокамасига қўйилганини эълон қилади.

Давлат дастури лойиҳасида “Ўзбекистон – 2030” стратегиясининг 5 та йўналиши бўйича 2024 йилда амалга ошириладиган чора-тадбирлар ва ишлаб чиқилиши лозим бўлган норматив-ҳуқуқий ҳужжатлар рўйхатлари белгиланмоқда.

Ҳужжат лойиҳасида ёшлар ва бизнесни қўллаб-қувватлаш, ижтимоий-иқтисодий, экология, давлат бошқаруви, суд-ҳуқуқ, хавфсизлик ва ташқи сиёсат йўналишларида 2024 йилга мўлжалланган ислоҳотлар назарда тутилмоқда.

2024 йилги Давлат дастури лойиҳаси муҳокамасида фаол иштирок этиш истагида бўлган фуқаролар ўз таклифларини Марказнинг махсус uzbekistan2030.uz онлайн портали орқали билдиришлари мумкин.

Муҳокамалар жорий йилнинг 9 февраль кунига қадар давом этади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #2023_yilda_amalga_oshirilgan_ishlar

🌟Kadastr agentligi faoliyatini qonuniy asosini mustahkamlash va takomillashtirish bo‘yicha sohaga oid 23 ta normativ hujjat loyihalari ishlab chiqildi.

Sohani raqamlashtirish bo‘yicha 6 ta axborot tizimi to‘liq ishga tushirildi.

🇺🇿 Respublikaning umumiy 44,9 mln. gektar yer maydonidan 43 mln. gektari yoki 96 foizini elektron xaritasi yaratilib, 40 mln. gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

▶️Batafsil: Yig‘ma axborot tahlil boshqarmasi boshlig‘i-F. Sultonov intervyusida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati

Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo'yilmaydi.

🗣 Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlar xabardor etilmaganligi;

⚡️ Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari:

⚡️Mansabdor shaxslarga ellik baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi 60 (prim) 1-moddasi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.


❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI
2024-yil 1-fevraldan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

⚜️ Yolg'iz keksalar va nogironligi bo'lganlarga kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar ijtimoiy xizmat ko'rsatish shartnomasi asosida ko'rsatiladi.
👉 Batafsil

⚜️ «Yashil energiya» aхborot tizimi toʻliq funksional rejimida ishga tushiriladi.
👉 Batafsil

⚜️ Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dilerlari mavjud bo'lish talabi qo'yiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Ichimlik suvi loyihalari doirasida uskuna va jihozlar faqat mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilinadi.
👉 Batafsil

⚜️ Kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o'qitiladi.
👉 Batafsil

⚜️ Maishiy teхnikani roʻyхatdan oʻtkazish qat’iy ravishda tegishli markirovka kodini olgandan keyin amalga oshiriladi.
👉 Batafsil

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol_javob

SAVOL: Dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan yerga imorat qursa bo‘ladimi?

JAVOB:

‼️Yo'q, taqiqlanadi. Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan dehqon xo‘jaligining ixtisoslashuvi asosida faqat qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun foydalanilishi kerak .

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasidan foydalanish shartlari yer uchastkasiga bo‘lgan huquq to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatiladi.

▪️ Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkasida binolar va inshootlarni, shu jumladan yer osti inshootlarini qurish taqiqlanadi, bundan yengil konstruksiyali issiqxonalar va sug‘orish inshootlarini qurish mustasno.

▪️ Dehqon xo‘jaligi o‘z tasarrufidagi yer uchastkasini muhofaza qilishi (yerlardan xo‘jasizlarcha foydalanishga yoki ularning yaroqsiz holga kelib qolishiga yo‘l qo‘ymasligi), uning mahsuldorligini saqlashi va oshirishi shart.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🗺Gapiradigan xarita

🌟Kadastr agentligining Kartografiya ilmiy ishlab chiqarish korxonasi tomonidan maktab va bog'cha bolalari uchun ko'plab ma'lumotlarni o'z ichiga jamlagan xarita ishlab chiqarildi.

▶️Batafsil "MY5" telekanalining "Markaziy studiya" teleloyihasida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #yernazorati

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📃 Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

🚫 O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr