Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.93K photos
1.17K videos
20 files
5.47K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Yer_nazorati #Sirdaryo_viloyati

⚡️JOYLARDA TARG‘IBOT ISHLARI

Kadastr agentligi Sayxunobod tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Baxmalsoy MFY hududida yer nazorat tartibida monitoring ishlari o‘tkazildi. Monitoring davomida fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 155 kv.metr yer maydonni egallab, qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

📝Inspektorlar tomonidan fuqaroga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJtK ning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🔥2👍1
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #Bu_muhim

Uy-joyning kadastr pasportini yo‘qotib qo‘yganda nima qilish kerak?

😄 Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda yoki my.gov.uz orqali murojaat etiladi.


📁 Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.


🪙 Bunda kadastr pasportini rasmiylashtirish uchun to‘lov undirilmaydi.

❗️Eslatma: Arizani rasmiylashtirish uchun ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat ilova qilinishi lozim.


Asos: 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qarori

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Kadastrning hududiy boshqarma boshliqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmoniga asosan;

Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi.


Quyidagilar Kadastr agentligi direktori tomonidan tayinlanadi va ozod etiladi:

Davlat kadastrlari palatasi raisi va uning o‘rinbosarlari (Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishilgan holda);

Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘lim boshliqlari va tuman (shahar) filiallari boshliqlari;

Kadastr agentligi tizimidagi boshqa tashkilotlar rahbarlari va ularning o‘rinbosarlari;

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘linmalari xodimlari.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi_kurash #Mirzaobod_tumani

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI


Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari tizimida korrupsion holatlarni oldini olish va bu illatga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish maqsadida joylarda targ'ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda.

Xususan bugun Mirzaobod tumanida, Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining bosh mutaxassisi O.Samatov tomonidan tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kerakligi taʼkidlanib, yerlarni noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanishni o‘ziga kasb qilib olgan turli nopok shaxslarning nayrangiga uchmaslik haqida so'z bordi.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishida rasmiylik va kamtarlik bo‘lishi lozim


🇺🇿 Davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatidagi tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubi fuqarolarning davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga hurmatini, shu jumladan davlat xizmatining nufuzini oshirishga xizmat qilishi kerak.

🇺🇿Davlat xizmatchisining tashqi ko‘rinishi mehnat sharoitlari va xizmat turiga qarab, xizmat majburiyatlarini bajarishi vaqtida fuqarolarning davlat tashkilotiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga ko‘maklashishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi va rasmiylik, xolislik, kamtarlik, intizomni namoyon etishi lozim.

🛡 Davlat xizmatchilarining ish joyida tashqi ko‘rinishi va kiyinish uslubiga oid qo‘shimcha talablar idoraviy odob-axloq qoidalari hamda ichki mehnat tartibida belgilanishi mumkin.

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️AGAR KORRUPSIYA KO'ZGA KO'RINSA


Yer bilan bog'liq korrupsiya va ta'magirlik xolarlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qiluvchi organga yoki Kadastr agentligning 1097 qisga raqamiga murojaat qiling.

Zero korrupsiyaga qarshi kurashish faqatgina davlat organlarining emas, balki har birimizning burchimizdir!


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #sizdan_savol

@SirdaryokadastrBOT - javob beradi

✉️ SAVOL: - Yashab kelayotgan uyimni kadastr hujjatini yangilashim kerak. Necha kunda yangisini olishim mumkin ?

✍️JAVOB: - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"
535-sonli qaroriga asosan Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha,
Yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha,
Kadastr pasporti (yig‘majildi) yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.


👉 @SirdaryokadastrBOT 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Huquqiy_malumot

🏠Ko‘chmas mulkni bo‘lish uning mulkdorining arizasiga yoki sudning qaroriga asosan amalga oshiriladi


▪️Bo‘lish natijasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqning yuzaga kelganligi yoki bekor qilinganligi shartnoma yoki sud qarori bilan tasdiqlanadi. Ko‘chmas mulkni bo‘lish uchun bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi va kadastr pasporti shakllantiriladi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida bu ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar va ularga oid cheklov yangidan tashkil etilgan ko‘chmas mulkka o‘tadi.

▪️Ko‘chmas mulkni bo‘lish chog‘ida huquqlarning va ularga oid cheklovlarning boshqa shaxsga o‘tishi bo‘linayotgan ko‘chmas mulkka nisbatan ushbu huquqlar va cheklovlarning bekor bo‘lishini hamda ularning yangidan vujudga kelgan ko‘chmas mulkka nisbatan yuzaga kelishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

‼️Ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘linmaydi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#tabrik

⚡️26-yanvar - O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni

Hurmatli davlat bojxona xizmati organlari hodimlari, sizlarni bugun “26-yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Kadastr jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish, xususan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida davlat xizmatlarining shaffofligini, eksport-import operatsiyalarining mutanosibligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish, investitsiya va eksport salohiyatini oshirishda Siz kabi soha fidoyilarining xizmati beqiyos.

Fursatdan foydalanib, barcha bojxona xodimlarini xizmat faoliyatida ulkan zafarlar va muvaffaqiyatlar yor bo‘lishini tilaymiz. Yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishdan aslo charchamang!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿#ijtimoiy_rolik

🌍Yer olishda firibgarlarga aldanib qolmaslik uchun ushbu video rolikni tomosha qiling.

❗️Yer sotishni vada qilayotgan firibgarlarga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki Bosh prokuraturaning 1007 ishonch telefoniga qo'ng'iroq qiling.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

⚡️Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qiladi

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi O.Samatov va Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sardoba tuman bo'lim hamda filial rahbarlari boshchiligida ochiq muloqot o'tkazildi.

Ushbu ochiq muloqot tumanning Navro'z va Qo'ytosh mahallasida "Fuqarolarning kadastr yo‘nalishida huquqiy savodxonlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash hamda uning oqibatlari" mavzusida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida fuqarolarga Kadastr sohasiga oid qonun va qaror mazmun-mohiyati, shuningdek atrofda bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlarga bee’tibor bo‘lmaslik, korrupsion illatlarga duch kelganligida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadast agentligi va Davlat kadastrlari palatasiga hamda uning viloyat boshqarmalarining ishonch telefonlariga murojaat qilishligi tushintirildi.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijarga berish tartibidan xabardormisiz?


⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasiga fuqarolar tomonidan ushbu mazmundagi savollar kelib tushishi ko'p uchratilmoqda.

Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijarga berish tartibi ketma-ketligi ko'rsatilgan ushbu videorolik orqali ko'plab fuqarolarimizning savollariga aniq va huquqiy javob berishga harakat qildik.

▶️ Batafsil videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON!

⚡️Hurmatli Sirdaryo tuman fuqarolari hamda tadbirkorlari!

Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2024-yil 27-yanvar soat 11:00 da

⬇️ Manzil: Sirdaryo tumani, Taraqqiyot MFY, 2-maktab binosi mahlislar zali.

📍 Lokatsiya

📱 Qabulga yozilish uchun +99867-236-50-05 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#sayyor_qabul #xalqbilanbirga

⚡️Sirdaryo tumanining eng olis mahallasida sayyor qabul


▪️
Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari rahbariyati tomonidan, kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida Sirdaryo tumanining eng olis mahallaridan biri bo'lmish Taraqqiyot MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

▪️Qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi 18 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Sayyor qabul davomida fuqarolarga, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram |Facebook |YouTube
👍2