Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.09K photos
1.03K videos
18 files
4.92K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #yer_nazorati #infografika

⭐️ Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

🤔 Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz rasmiy sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 67-225-47-10 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Respublikamizda 146 814 ta ko'chalar mavjud

🌟 Davlat kadastrlari palatasi matbuot xizmati tizim faoliyatiga doir qiziqarli statistikalarni taqdim etishda davom etadi.

🏪 2024-yil 1-yanvar holatiga ko'ra, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri tuman, shaharlarida jami 146 814 ta ko'chalar mavjud.

➡️ Batafsil mazkur infografika orqali ma'lumotga ega bo'lishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Arxivchilar hududlarda

🌟Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi Arxiv ishi nazorati bo'limi mutaxassislari hududiy boshqarma va tuman, shaharlarga chiqqan holda arxiv hujjatlari va ularning saqlanishini ko'zdan kechirib, hujjatlar tartibini to'g'ri yuritish va ularni raqamlashtirish yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib kelmoqdalar.

💸 Filiallar idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish bо‘yicha Markaziy apparat mutaxassislari tomonidan o'rganish ishlari quyidagi hududiy boshqarmalarda amalga oshirilmoqda:

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Jizzax viloyati
▫️Qashqadaryo viloyati
▫️Qoraqalpog'iston Respublikasi
▫️Farg'ona viloyati
▫️Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #arxiv
 
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_malumot
#Kadastr #Sirdaryo

📒Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

🗞Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

2023-yil davomida aholiga ko‘rsatilgan kadastr xizmatlari

🌟 Davlat kadastrlari palatasida 2023-yil yanvar-dekabr oylari davomida jami kelib tushgan arizalar soni 2 499 660 ta bo‘lib, shundan ijobiy yakunlanganlari 1 830 884 ya’ni 73 % ni tashkil etadi.

➡️ Ushbu hisobotda kadastr yo‘nalishiga aloqador aholiga eng ko‘p ko‘rsatilgan xizmatlar haqida ma’lumot jamlangan.

🫥 Turli texnik sabablarga ko‘ra, inson omili aralashmagan holda vujudga kelgan muddat buzilish yoki arizalarni rad etilishini hisobga olgan taqdirimizda ham arizalarni 73%ga ijobiy yakunlash - mazkur ko‘rsatkichlar yuqori ekanligidan dalolatdir.

#DavKadastrPalata #xizmatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Murojaatlar tahlili

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning filiallariga kelib tushgan murojaatlar bo'yicha ma'lumot.

Joriy yilning 15-19-yanvar kunlari oralig'ida jami kelib tushgan murojaatlar soni 60 ta. Jumladan;

🔸Yer ajratish masalasida 8 ta;
🔸Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish 16 ta;
🔸Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish 1 ta;
🔸Kadastr xodimlarining xatti xarakati ustidan 2 ta;
🔸Nizoli holatlar bo'yicha 3 ta;
🔸So'rovnomalar 16 ta;
🔸Boshqa masalalar yuzasidan 14 ta.

Muddatida yopilgan 33 ta
Jarayonda 27

☎️Murojaat uchun Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni - (67) 236-50-05 yoki telegram ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy @Sirdaryokadastrbot orqali murojaat yo'llashingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmonni imzoladi.

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari elektron onlayn auksion savdolari orqali o‘ttiz yilga ijaraga beriladi, bunda boshlang‘ich narx yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini uch yil muddatda har oyda teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

dehqon xo‘jaligi, yakka tartibda bog‘dorchilik, polizchilik va chorvachilikni yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

➡️ Batafsil: Uza.uz maqolasida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

☑️ Yer uchastkasi olib qo‘yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko‘chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#vakansiya

⚡️Kadastrda ishlashni xohlaysizmi ?

Unda aynan siz uchun Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi "Yer va kadastri nazorati sho'basi bosh mutaхassisi" lavozimiga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi.

📝Hujjatlar 2024 yilning 23-yanvariga kuniga qadar qabul qilinadi.

📣Shoshiling aynan siz bizning jamoada bo'lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#auksion

⚡️Uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqida sotib oling!

🔹Oqoltin tumanidan 50 ta (ko'rish)
🔹Boyovut tumanida 2 ta (ko'rish)
🔹Xovos tumanidan 1 ta (ko'rish)

➡️ Boshqa hududlardan yer uchastkalari savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#tayinlov

⚡️TAYINLOV

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug'i bilan Xolmirzayev Jasur Robbim o'g'li – Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining Xovos tuman bo'limi bosh inspektori lavozimiga tayinlandi.

Jasur Robbim o'g'liga kadastr jamoasi nomidan ushbu masʼuliyatli lavozimda muvaffaqiyat tilab qolamiz.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmoni qabul qilindi.

Farmon bilan quyidagilar belgilandi:

2026 yil 1 yanvardan
boshlab kadastr organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan davlat ko‘chmas mulk ob’ektlarini saqlash xarajatlari byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobidan moliyalashtiriladi;

🌟 Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari boshliqlari Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi;

Kadastr, geodeziya va kartografiya sohasida kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtiriladi.

➡️ Jumladan:
Kadastr sohasida oliy ta’lim muassasalari va Kadastr agentligining tizim tashkilotlari bilan hamkorligi yo‘lga qo‘yiladi hamda quyidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari kafedralarning amaliyot filiallarini ochiladi:

1. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti;
2. O‘zbekiston milliy universiteti;
3. Toshkent davlat texnika universiteti;
4. Termiz muhandislik-texnologiya instituti;
5. Guliston davlat universiteti;
6. Qoraqalpoq davlat universiteti;
7. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti;
8. Farg‘ona politexnika instituti;
9. Urganch davlat universiteti;
10. Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.


➡️ Batafsil: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi PF–16-son Farmonida

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM