Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.85K photos
1.16K videos
20 files
5.43K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Kadastr #bizning_manzillar #Sirdaryo_tumani #infografika

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

🏢Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo tuman bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

⭐️Bo‘lim rahbari - Bo'ronov Otabek Madamin o'g'li

🌟Filial rahbari - Yaxshiboyev G'anisher Mamatqulovich

◼️ Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

📍 Manzil: Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahar, Yoshlik mahallasi, O'zbekiston ko‘chasi 107-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: 95-092-58-02

📍 Lokatsiya

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #yernazorati

⚡️Xovos tumanida noqonuniy qurilish ixtiyoriy bartaraf etildi

⭐️Kadastr agentligining Xovos tuman bo‘limi tomonidan, tumanning Mustaqillik 25 yili MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan 78 kv.m. yer maydonini o‘zboshimcha egallab olib molxona binosi qurib olinganligi aniqlangan.

📝Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ushbu noqonuniy molxona binosi ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #korrupsiyagaqarshi #Xovos_tuman

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI

▪️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

⭐️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Samatov tomonidan Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Xovos tuman filiali xodimlari bilan individual tarzda suhbat o’tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, kasb odobnomasi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #infografika

⚡️Murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman shahar filiallariga aholidan 2024 yil 8-12 - yanvar kunlari 50 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni tuman shahar kesimida ko'radigan bo'lsak:

🌟Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi - 17
Guliston shahar - 4
Guliston tumani - 6
Yangiyer shahar - 0
Boyovut tumani 1
Sirdaryo tumani - 2
Mirzaobod tumani - 7
Sayxunobod tumani - 6
Sardoba tumani - 4
Xovos tumani - 2
Shirin shahar - 0
Oqoltin tumani - 1

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #yernazorati

⚡️Guliston tumanida noqonuniy qurilishlar bartaraf etilmoqda

⭐️Kadastr agentligining Guliston tuman bo‘limi tomonidan aniqlangan tumanning A.Yassaviy MFY hududida joylashgan ko'p qavatli uylarga tutash hududidagi noqonuniy qurilishlar ayni damda o'z holatiga qaytarilmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучлари ташкил этилганининг 32 йиллиги ва Ватан ҳимоячилари куни муносабати билан байрам табриги

Праздничное поздравление в связи с 32-й годовщиной образования Вооруженных Сил Республики Узбекистан и Днём защитников Родины

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bayram_Muborak

❗️Bugun 14-yanvar vatan himoyachilari kuni


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni!

Bugungi Vatan himoyachilari kuni bayrami Vatanimiz himoyasi va rivoji yo‘lida turli sohalarda xizmat qilayotgan O‘zbekistonning barcha o‘g‘lonlariga muborak bo‘lsin!

🌏 Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilish, xalqimizning tinch, erkin va farovon hayotining mustahkam kafolati bo‘lgan mustaqilligimizni asrash, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi xizmatlaringiz uchun, Ona zaminimizni ko‘z qorachig‘i kabi asrab-avaylashdek mas’uliyatli burchni munosib ado etayotgan zabardast va dovyurak harbiylarimizga minnatdorchilik bildiramiz.

☀️ Fayzli tonglarimiz, osuda tunlarimiz, xotirjam hayotimiz himoyachilari, sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, sharafli kasbingizda zafarlar tilaymiz.

➡️ Sizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, olijanob va masʼuliyatli faoliyatingizda ulkan yutuqlar hamda el-yurtimizning yuksak mehri va ishonchi doimo yor bo‘lsin!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

РАДДИЯ


🟥Ижтимоий тармоқларда "Аукцион савдоларини ташкил этишда йўл қўйилаётган хатоликлар аниқланиб, адлия аралашуви билан ижобий ечим топилаяпти" сарлавҳаси остида видеолавҳа тарқалди. Мазкур видеолавҳада Адлия масъули томонидан билдирилган фикрга қонуний тузатиш киритиб ўтсак.

➡️ Биринчидан
Қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ер участкалари онлайн аукцион орқали сотилмайди, балки электрон танлов асосида маълум вақтга фойдаланиш учун ижарага берилади.

➡️ Иккинчидан
2022 йил 24 августдаги 198-сонли Президент фармонига асосан фермер хўжалиги раиси ўзига тегишли бўлган фойдаланмаётган ер участкасини захирага қайтариш бўйича нотариал тартибда розилик хати беради. Хатирчи туман ҳокимлигининг буюртма хати ва вилоят ҳокимлигининг захирага қайтариш қарорига асосан 254-контурдан жами 7 гектар ер майдони шундан 6,8 гектар экин ери ва 0,2 гектар бошқа ер майдонлари Давлат кадастрлари палатасининг Навоий вилоят бошқармаси томонидан Давлат реестридан кўчирма шакллантирилган.

➡️ Учинчидан
Вазирлар Маҳкамасининг 2021 йил 24 ноябрдаги 709-сонли қарорига асосан, қишлоқ хўжалигига мўлжалланган ерлар Қишлоқ хўжалиги вазирлигининг Ўздаверлойиҳа давлат илмий лойиҳалаш институти томондан лотларга бўлиб деҳқон хўжалиги сифатида «E-auksion.uz» электрон савдо платформаси орқали савдога чиқарилиши белгилаб қўйилган. Кадастр идоралари бу жараёнда ерни аукционга қўймайди.

‼️ Эътибор берган бўлсангиз бу жараёнда кадастр органининг вазифаси ҳокимликнинг захирага қайтариш бўйича аризасига асосан давлат рўйхатидан ўтказишдан иборат. Бунгача бўлган жараёнда кадастр органининг аралашуви йўқ.


➡️ Тўртинчидан
Бирор бир масала юзасидан маълумот(интервью) бераётган мутасадди ёки мансабдор шахслар аввал масаланинг туб моҳиятини англашлари, ҳуқуқий асосларини ўрганишлари ва кейин сўзга чиқишлари, унгача эса ўз билимлари устида ишлаши мақсадга мувофиқ деб ҳисоблаймиз.

Оммавий ахборот воситалари орқали нотўғри ахборот бериш, қолаверса, Давлат идорасини ноўрин ҳолатда айбдор қилиб қўрсатиш аҳолимизда шу йўналишга бўлган норозилик кайфиятини келтириб чиқаради.
Бу эса аҳолининг давлат томонидан ушбу йўналишлардаги ишларига нисбатан ишончсизлик кайфиятини келиб чиқишига сабаб бўлиши мумкин.


📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Xususiy mulkni elektron auksion orqali sotish mumkin

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 16-oktabrdagi 540-son qarori, bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

narxni oshirib borish tamoyili asosida;
eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

⚖️ Savdoda ishtirok etish uchun savdo platformasida ro‘yxatdan o‘tish zarur.

➡️Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

▪️savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;
▪️savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;
▪️to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat

⚡️
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Viloyatimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

Agar sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining ☎️ 67-225-41-64 va (67) 236-50-05) telefon raqamlariga yoki @SirdaryokadastrBOT telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

❗️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

🏢 Shuningdek, bevosita boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #ijtimoiy_rolik #to_lovlar

KADASTR XIZMATLARIni ONLAYN TO'LASH

🌟Kadastr xizmatlari uchun to'lovlarni istalgan joyda turib 📲mobil dasturlar orqali to'lash imkoniyati mavjudligidan xabaringiz bormi?

📺 Mazkur video rolik orqali 5 ta qadam orqali to'lovlarni amalga oshirishni o'rganib olishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM