Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.23K photos
1.06K videos
18 files
5.02K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi.

❗️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

📌Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #bilib_qoʼygan_yaxshi

⚡️ Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida

mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 050 000 so‘m;

bazaviy hisoblash miqdori – 340 000 so‘m;

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 000 so‘m;

yoshga doir eng kam pensiya – 725 000 so‘m;

nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 800 000 so‘m;

mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 800 000 so‘m;

belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (725 000 so‘mdan) 800 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 800 000 so‘m;

zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 608 000 so‘m;

ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 608 000 so‘m.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qaror loyihasi mihokamaga qo'yildi


🇺🇿 Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

📃 Qaror loyihasida dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkalarini ijaraga berish hamda qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga olish huquqini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini nazarda tutuvchi Yuridik shaxslarga qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijaraga berishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlanishi nazarda tutilmoqda.

👔 Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan samarali foydalanish, ixtisosligini belgilagan holda bo‘sh turgan yer maydonlarini qishloq xo‘jaligi korxonasi yoki dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha loyihalar tayyorlash hamda ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun E-ijara orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.

◼️ Yer tuzish loyihalari manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan ma’qullangandan so‘ng, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish uchun E-auksion elektron savdo platformasiga yuboriladi.

👉▫️ Batafsil

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️Sirdaryo viloyatida e-auksion.uz platformasi orqali ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🟢 Oqoltin tumanidan 366 ta (ko'rish)
🟢 Boyovut tumanidan 373 ta (ko'rish)
v Sayxunobod tumanidan 179 ta (ko'rish)
🟢 Guliston tumanidan 373 ta (ko'rish)
🟢 Sardoba tumanidan 442 ta (ko'rish)
🟢 Mirzaobod tumanidan 467 ta (ko'rish)
🟢 Sirdaryo tumanidan 102 ta (ko'rish)
🟢 Xovos tumanidan 459 ta (ko'rish)
🟢 Guliston shahridan 108 tа (ko'rish)
🟢 Shirin shahridan 8 tа (ko'rish)
🟢 Yangiyer shahridan 247 tа (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #yer_nazorati #infografika

⭐️ Noqonuniy qurilishni ko‘rganda qayerga murojaat qilish kerak?

⚡️ Agarda siz o‘z hududingizda yerga oid qonun buzilish holatiga guvoh bo‘lsangiz quyida keltirilgan manzillarga va telefon raqamlariga murojaat qiling.

🤔 Murojaat uchun:

📱 @e_yernazorat_bot maxsus telegram-bot dasturi;

🌐Kadastr.uz rasmiy sayti;

📞 1097 qisqa raqami orqali xabar bering.

📞 67-225-47-10 Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining ishonch telefoni.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#savol_Javob

🪧 SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlarda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar Davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda yig‘im
undirilmaydi ?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-iyundagi 186-sonli qaroriga asosan quyidagi holatlarda ko'chmas mulk obyektiga bo'lgan huquqlar va ular bo'yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro'yxatidan o'tkazishda to'lov amalga oshirilmaydi.

🔊 fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

🔊 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno);

🔊 qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk obyektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli 🌟Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

YER BILAN BOG'LIQ KORRUPSIYA VA TA'MAGIRLIK XOLATLARIGA DUCH KELSANGIZ HUQUQNI MUHOFAZA QILISH ORGANLARIGA YOKI 1097 QISQA RAQAMIGA MUROJAAT QILING!

FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!
📌Ogohlik davr talabi!!!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #bilasizmi

⚡️O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerlarni qaytarish

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g‘ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko‘ra qaytariladi.

Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Sirdaryo_tumani #infografika

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

🏢Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo tuman bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

⭐️Bo‘lim rahbari - Bo'ronov Otabek Madamin o'g'li

🌟Filial rahbari - Yaxshiboyev G'anisher Mamatqulovich

◼️ Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

📍 Manzil: Sirdaryo viloyati, Sirdaryo shahar, Yoshlik mahallasi, O'zbekiston ko‘chasi 107-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: 95-092-58-02

📍 Lokatsiya

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #yernazorati

⚡️Xovos tumanida noqonuniy qurilish ixtiyoriy bartaraf etildi

⭐️Kadastr agentligining Xovos tuman bo‘limi tomonidan, tumanning Mustaqillik 25 yili MFY hududida yashovchi fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan 78 kv.m. yer maydonini o‘zboshimcha egallab olib molxona binosi qurib olinganligi aniqlangan.

📝Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan fuqaro bilan tushuntirish ishlari olib borildi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

Natijada holat fuqaro tomonidan ushbu noqonuniy molxona binosi ixtiyoriy ravishda bartaraf etilib, ushbu yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #rasmiy_munosabat

RASMIY MUNOSABAT

➡️ “Zo‘r tv” telekanalining “Bu kun” informatsion dasturida Samarqand viloyati Qo’shrabot tumanidagi yer bilan bog'liq holat yuzasidan lavha efirga uzatildi.
Lavhada ko’tarilgan masalalar 🌟 Kadastr agentligi mas'ullari tomonidan o'rganildi.

📹 BATAFSIL VIDEODA

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #korrupsiyagaqarshi #Xovos_tuman

KORRUPSIYA – KELAJAK TARAQQIYOTIMIZ KUSHANDASI

▪️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

⭐️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi O.Samatov tomonidan Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Xovos tuman filiali xodimlari bilan individual tarzda suhbat o’tkazildi.

▪️Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlarning tartib intizomi, ijro intizomi, kasb odobnomasi, ishga o‘z vaqtida kelib ketishi vazifasini suiisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 #infografika

⚡️Murojaatlar tahlili

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va uning tuman shahar filiallariga aholidan 2024 yil 8-12 - yanvar kunlari 50 ta murojaatlar kelib tushgan. Ularni tuman shahar kesimida ko'radigan bo'lsak:

🌟Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi - 17
Guliston shahar - 4
Guliston tumani - 6
Yangiyer shahar - 0
Boyovut tumani 1
Sirdaryo tumani - 2
Mirzaobod tumani - 7
Sayxunobod tumani - 6
Sardoba tumani - 4
Xovos tumani - 2
Shirin shahar - 0
Oqoltin tumani - 1

📊 Yuqoridagi infografikada siz - murojaatlarning yo‘nalishi va ularning ijrosi bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM