Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.21K photos
1.06K videos
18 files
5K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#kadastr #tayinlov

Kadastrning Sirdaryo viloyat boshqarmalariga yangi rahbar tayinlandi

◾️Iqtisodiyot va Moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasida tashkiliy masalalar bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

⚡️Ushbu tadbirda 🌟Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari hodimlari va boshqarmalarning tuman shahar bo'lim hamda filial rahbalari qatnashishdi.

💠Yig'ilishda 🌟Kadastr agentligi direktorining birinchi o'rinbosari A.Allaberganov va Davlat kadastrlari palatasi raisi M.Valiyev tomonidan Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga asosan 🌟Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimiga Burxon Minasipov Baxtiyorovich;

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimiga v.v.b etib Radjabov Begzod Abdujalilovich tayinlanganligi yig'ilish qatnashchilariga o'qib eshittirildi.

🔵Ma'lumot uchun Burxon Minasipov Baxtiyorovich mazkur tayinlovga qadar Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i lavozimida, Radjabov Begzod Abdujalilovich Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol

@SirdaryokadastrBOT - javob beradi


✉️ SAVOL: - Yashab kelayotgan uyimni kadastr hujjatini yangilashim kerak. Necha kunda yangisini olishim mumkin ?

✍️JAVOB: - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" 535-sonli qaroriga asosan Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha,
Yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha,
Kadastr pasporti (yig‘majildi) yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

👉 @SirdaryokadastrBOT 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷
Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Davlat kadastrlari palatasining rasmiy web-sayti ishga tushirildi

🌐 Xabaringiz bor, Davlat kadastrlari palatasi o'zining barcha ijtimoiy tarmoqlarida faol. Bugungi kunda esa aholining kadastr masalalarida qiziqishlari va murojaatlari soni ham ortib bormoqda.

💠 Endi bizni Uzdkp.uz rasmiy web-sayti orqali ham  kuzatishingiz mumkin. Bunda Siz tizimga oid xabar va yangiliklardan birinchilardan voqif bo‘libgina qolmay, tashkilotning faoliyati, yo'nalishlari haqida ma'lumotga ega bo'lish va murojaatlaringizni to'g'ridan-to'g'ri yuborish imkoniyatiga egasiz.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmati tomonidan web-saytning barcha asosiy imkoniyatlarini namoyon qiluvchi 2 qismdan iborat videoqo'llanma tayyorlandi.

▶️ Mazkur videoqo'llanma orqali Siz uzdkp.uz web-saytiga virtual sayohat qilasiz.

📝 Davomi bor...

#DavKadastrPalata #uzdkp_uz

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerlarga nisbatan mulk huquqi berilmaydi.

❗️O‘zboshimchalik bilan egallangan yerga, unda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yerni o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yerdagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv taʼminoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos #jarima

⚡️Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazing

◻️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 68 prim 1 moddasiga ko‘ra ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organga yer uchastkasiga, bino va inshootga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik

🔷 fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravari

🔶 mansabdor shaxslarga esa — o‘n besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #murojaat

⚡️
AHOLI MUROJAATLARI DOIMO E’TIBORDA

Viloyatimiz aholisi hamda tadbirkorlari diqqatiga!

💠 Agar sizda kadastrga oid savol yoki masala bo‘lsa, u holda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalarining ☎️ 67-225-41-64 va (67) 236-50-05) telefon raqamlariga yoki @SirdaryokadastrBOT telegram bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

❗️ Muhim eslatma: Murojaatda ism-familiyangiz, yashash manzilingiz, telefon raqamingizni yozib qoldirishni unutmang.

🏢 Shuningdek, bevosita boshqarma binosiga kelib oʻzingizni qiziqtirgan savollar yuzasidan huquqiy ma’lumotga ega boʻlishingiz ham mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
DIQQAT E’LON!

🗣 Hurmatli Mirzaobod tumani fuqarolari hamda tadbirkorlari!

🌟 Sizning kadastrga oid murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan sayyor qabul o‘tkaziladi.

📆 Sayyor qabul kuni: 2023-yil 25-noyabr soat 10:00 da

⬇️ Manzil: Mirzaobod tumani, Navbahor mahallasi, 17-maktab binosi.

📍 Lokatsiya

📱 Qabulga yozilish uchun +99867-236-50-05 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Yer_nazorati #Sirdaryo_viloyati

⚡️JOYLARDA TARG‘IBOT ISHLARI

⚡️Kadastr agentligi Sardoba tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan Rovot MFY hududida yer nazorat tartibida monitoring ishlari o‘tkazildi. Monitoring davomida fuqaro tomonidan hech qanday hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan 61 kv.metr yer maydonni egallab, qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

📝Inspektorlar tomonidan fuqaroga nisbatan sodir etgan huquqbuzarligi uchun MJtK ning 60-moddasi 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 15 kun muddatda noqonuniy qurilmani buzish uchun ogohlantirish xati berildi. Shundan so‘ng fuqaro tomonidan noqonuniy qurilma ixtiyoriy bartataf etildi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

🏢Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining korrupsiyaga qarshi kurashish bosh mutaxassisi hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Guliston tuman bo'lim hamda filial rahbarlari boshchiligida ochiq muloqot o'tkazildi.

Ushbu ochiq muloqot tumanning Soyibobod MFY binosida "Aholi o‘rtasida kadastr yo‘nalishida huquqiy savodxonlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash hamda uning oqibatlari" mavzusida bo'lib o'tdi.

Tadbir davomida fuqarolarga Kadastr sohasiga oid qonun va qaror mazmun-mohiyati, shuningdek atrofda bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlarga bee’tibor bo‘lmaslik, korrupsion illatlarga duch kelganligida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yoki Kadast agentligi va Davlat kadastrlari palatasi hamda uning viloyat boshqarmalarining ishonch telefonlariga murojaat qilishligi tushintirildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr_xizmatlari

Davlat kadastr reyestridan ko'chmas mulk bo'yicha ko'chirmani tekshirish haqida xabardormisiz


💻 Uyingizdan chiqmagan holda kadastr xizmatlaridan onlayn foydalanishingiz mumkin

🫂 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Yuridik va jismoniy shaxslar

1️⃣ Ariza beruvchi YIDXP (my.gov.uz)da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tadi va so‘rov yuboradi

2️⃣ Arizaga xizmat ko'rsatish uchun hujjatlar talab etilmaydi

3️⃣ Arizaga avtomatik tarzda real vaqt rejimida javob qaytariladi

💲 Xizmat narxi:
Mutlaqo bepul

💻 Xizmatdan foydalanish: https://my.gov.uz/oz/service/506

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul #xalqbilanbirga

⚡️Mirzaobod tumanining eng olis hududida sayyor qabul tashkil etildi

▪️
Kadastr sohasida aholi muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

▪️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari boshliqlari tomonidan, Mirzaobod tumaning eng olis hududlaridan biri Naxbahor mahallasida sayyor qabuli bo'lib o'tdi.

▪️Qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning kadastr masalasidagi 35 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, yechimi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kadastr idoralari vakolatiga kirmaydigan murojaatlar yuzasidan esa huquqiy tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram |Facebook |YouTube