Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.16K photos
1.05K videos
18 files
4.97K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #statistika #mulkdor_erkaklar

⚡️Sirdaryo viloyatida erkak mulkdorlar soni qancha ?


🔷 Davlat kadastrlari palatasining 2023-yil 10 oylik ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha erkak mulkdorlar nomidagi jami obyektlar soni 5 452 395 tani tashkil etadi.

🔷 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p erkak mulkdorlar Samarqand viloyati hisobiga to'g'ri kelmoqda.

🔷 Sirdaryo viloyatida erkak mulkdorlar egalik qiluvchi ko‘chmas mulk obyektlari soni 128 041 tani tashkil qilmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

⚡️Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining eng ko‘p o‘lchami oshirildi


🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratiladigan yer uchastkalarining o‘lchamini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–876-son, 09.11.2023 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Yer kodeksi hamda “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirish va ko‘shimchaga ko‘ra, dehqon xo‘jaligini yuritish uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirish maqsadida Prezident qarori bilan belgilangan ayrim hududlarda 0,06 gektardan 5 gektargacha bo‘lgan o‘lchamda yer uchastkalari beriladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi

▪️Jamiyatda shunday illatlar borki, u maʼlum bir sohaga emas, balki butun jamiyat taraqqiyotiga to‘g‘onoq bo‘ladi. Davlatni ich-ichidan yemiradigan ana shunday illat – korrupsiya va poraxo‘rlikdir.

▪️ Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi O.Samatov tomonidan Yangiyer shahrida davra suhbati tashkil etildi.

▪️Tadbir davomida kadastr xodimlari o'rtasida korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik va firibgarlik jinoyatlari haqida tushuntirishlar berildi va ishtirokchilariga korrupsiya va ularning huquqiy oqibatlari tushuntirildi.

▪️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #elon #yoshlar #stajirovka

🎉 ⭐️Kadastr agentligida oliy ta’lim muassasalarining bitiruv kursi talabalari stajirovkasini tashkil etish bo‘yicha E’LON

➡️Faoliyat yo‘nalishi:
😄 yosh mutaxassislarni Agentlik tizimi xizmatiga tayyorlash, kasbiy faoliyat mas’uliyatini his etish va tajribali mutaxassislarning ish faoliyatini o‘rganish orqali oliy ta’lim muassasalarida olgan nazariy bilimlarini amaliy mustahkamlash;

➡️Rasmiy talablar:

😄 O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
😄oliy ta’lim muassasalarining kadastr va iqtisodiyot yo‘nalishlari bo‘yicha kunduzgi shaklining bakalavriat bosqichi bitiruv kurs talabalari;

➡️ Shuningdek:
😄O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan;
😄belgilangan tartibda huquqiy layoqatsiz yoki huquqiy layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan fuqarolar Kadastr agentligi tizimiga ishga qabul qilinmaydi.;

➡️ Mehnat sharoiti:

😄 Barcha mehnat sharoitlari yaratilgan zamonaviy idora;
ish rejimi: besh kunlik ish haftasi, ikki kun dam olish kunlari bilan (shanba, yakshanba);
💰 bazaviy hisoblash miqdorining uch barobarigacha miqdorda;

➡️ Murojaat muddati va manzil:
😄 nomzodlar muntazam ravishda belgilangan namunadagi ariza, ma’lumotnoma-obyektivka, pasport va diplom nusxasini 🌟 Kadastr agentligining “[email protected]” elektron pochtasiga yuborish lozim (ma’lumot uchun telefon: 71-202-55-65).
Stajirovkaga qabul qilish tartibi va savollar ro‘yxati bilan 🌟 Kadastr agentligining rasmiy 🌐 Telegram kanali orqali tanishishingiz mumkin.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#davlat_bayrogʼi #32_yil

🇺🇿18-noyabr – O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun

🟦Musaffolik
⬜️Tinch-totuvlik
🟩Yangilanish va yasharish
🩸Tomirlarimizda jo'shib oqayotgan qudrat
ramzlarini o'zida mujassam etgan milliy ramzimiz – O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilinganiga 32 yil to'lmoqda!

🇺🇿 Davlat bayrog'i xalqning qadim o'tmishi, buyuk qadriyatlari, millatning buguni va kelajagini o'zida ifoda etadi.

🇺🇿 Bayrog'imiz musaffo osmon uzra hamisha hilpirab tursin!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️Korrupsiyadan holi hayot


🔹Markaziy apparatning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi bosh mutaxassisi va Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari boshliqlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi tomonidan boshqarmaning majlislar zalida Korrupsiyaga qarshi kurashish maqsadida kengaytirilgan yig'ilish o‘tkazildi.

🔹Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari, tuman shahar bo'lim hamda filial rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdilar.

🔹Yig'ilish davomida qatnashchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, Korrupsiya degan illatga qarshi kurashish mexanizmlari haqida ma’lumotlar berib o'tildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #arxiv

⚡️Mirzaobod tuman filial arxivida 17 mingga yaqin ko'chmas mulk obyektlarining kadastr hujjatlari saqlanmoqda

Kadastr sohasini arxiv hujjatlarisiz tasavvur qilish qiyin.

Har bir sohada bo'lgani kabi Kadastr sohasida ham raqamlashtirish jarayonlari izchilik bilan olib borilmoqda.

Hozirgi kunda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Mirzaobod tuman filial arxivida 16 554 ta ko'chmas mulklarning kadastr hujjatlari saqlanmoqda.

📹Batafsil mazkur videoda

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube