Sirdaryo Kadastr
997 subscribers
7.38K photos
1.09K videos
18 files
5.1K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
⚡️Sirdaryo viloyatida "Yer hisobini yuritish" holatlari ko'zdan kechirilmoqda

➡️Bugun 🌟Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mas'ul xodimlari Sirdaryo viloyatining Boyovut, Xovos hamda Sardoba tumanlarini ko'zdan kechirishdi.

➡️Mazkur tumanlarda Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi mas'ul xodimlari tomonidan yer maydonlarini auksionga chiqarishda yer hisobotiga ma’sul mutaxassisning vazifalari hamda "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

➡️Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisobotini" yakunlash va tasdiqlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Guliston_tumani

⚡️JOYLARDA TARG‘IBOT ISHLARI

◼️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tizimida viloyatdagi yer nazorati va ma’muriy amaliyot borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olinishi, noqonuniy qurilmalar qurib olinishi hamda belgilangan maqsadda foydalanmaslik yoki umuman foydalanmay bo‘sh turishi bo‘yicha hududlarda monitoring ishlari olib borilmoqda.

📝Guliston tumanida o‘tkazilgan monitoring tadbirlarda “Mevazor” MFY hududida joylashgan 6 kv.m yer maydoniga fuqaro tomonidan hech qanday qonuniy hujjatlarsiz o‘zboshimchalik bilan egallab olingan holati aniqlandi.

📌 Fuqaroga o‘zboshimchalik bilan egallab olgan ushbu yer maydonini noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari batafsil tushuntirildi.

Shundan so‘ng fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonidagi noqonuniy qurilma joyning o‘zida bartaraf etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Xovos_tumani #infografika

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Xovos tuman bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

◼️Bo‘lim rahbari - Tadjibayev Azamat Anvarbekovich

◼️Filial rahbari - Azamov Xurshid Abdullayevich

◼️Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Sirdaryo viloyati, Xovos tumani, Bunyodkor mahallasi, Samarqand ko‘chasi.

☎️ Murojaat uchun telefon: 99-900-79-82

📍 Lokatsiya

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷
Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
#Yer_nazorati #Sirdaryo_viloyati


⚡️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Sirdaryo tuman bo'limi inspektorlari tomonidan tumanning “Ziyokor” mahallasi avto yo’lning himoya hududidan o’tgan qismining shetidan fuqaro tomonidan o'zboshimchalik bilan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz umumiy yer maydoni 12.0 kv.m egallab olib, yengil tipdagi savdo do’konin o’rnatib olganligi aniqlandi.

📝Ushbu holatlar yuzasidan tuman bo'limi boshlig'i tomonidan fuqaroga O'zbekiston Respublikasi MJTKning 60-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy jarima qarori qabul qilinib, qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasman ogohlantirish berilgan.

Natijada fuqaro tomonidan berilgan muddat ichida qurilgan qurilishlar ixtiyoriy ravishda bartaraf etildi hamda yana bir yer qonun buzilish holatlariga chek qo'yildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol

@SirdaryokadastrBOT - javob beradi


✉️ SAVOL: - Yashab kelayotgan uyimni kadastr hujjatini yangilashim kerak. Necha kunda yangisini olishim mumkin ?

✍️JAVOB: - O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida" 535-sonli qaroriga asosan Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha,
Yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha,
Kadastr pasporti (yig‘majildi) yo‘qolganda yoki yaroqsiz holga kelganda, qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti 2 ish kuni mobaynida beriladi.

👉 @SirdaryokadastrBOT 👈 yordamida sizni qiziqtirgan barcha savollaringizga mutaxassislarimizdan yozma va telefon muloqoti orqali javob olishingiz mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi #Xovos_tumani #davra_suhbati

⚡️Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi

➡️ Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i va boshqarmaning Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi tomonidan Xovos tumanida "Korrupsiya taraqqiyot kushandasi" mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

➡️ Har bir xodim bilan individual tarzda o‘tkazilgan suhbatda xodimlar o‘z vazifasiga vijdonan yondoshgan holda faoliyat yuritishini, vazifasini suisteʼmol qilmasligi uqtirildi. O‘z moddiy manfaatlarini ko‘zlab bu illatga qo‘l urmasligi qolaversa har bir jinoyat uchun jazo muqarrarligi tushuntirildi.

➡️Suhbat so‘nggida xodimlarning huquqiy bilimini oshirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurash borasida joriy qilingan yangi mexanizmlar, korrupsion holatlarga sabab bo‘luvchi omillar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Xususiy mulkni “E-auksion shop” platformasi orqali sotish tartibi tasdiqlandi

Xususiy mulkdorlar buyurtmasiga asosan ularning mulklari “E-auksion shop” elektron savdo do‘konida quyidagi usullarda sotiladi:

➡️narxni oshirib borish tamoyili asosida;

➡️eʼlon qilingan narxda sotish orqali.

☑️ Narxni oshirib borish usuli orqali savdolar kamida 2 ta ishtirokchi bo‘lganda o‘tkaziladi.

💰Boshlang‘ich narx buyurtmachining buyurtmasiga asosan belgilanadi. Savdo birinchi to‘rtta qadamda – boshlang‘ich narxning 5 foizi miqdorida, beshinchi va undan keyingi qadamlarda – boshlang‘ich narxning 3 foizi miqdorida belgilanadi.

💰 Mulk uchun to‘lov bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lash orqali amalga oshiriladi. Bo‘lib-bo‘lib to‘lash buyurtmachi va savdo g‘olibi o‘rtasida o‘zaro kelishuv bo‘yicha belgilanadi.

🚫Savdolar quyidagi hollarda o‘tkazilmagan deb topiladi:

🔹 savdolarda qatnashish uchun bironta ham talabgordan ariza kelib tushmagan bo‘lsa;

🔹 savdolar kuni ishtirokchilar tomonidan bironta ham taklif tasdiqlanmasa;

🔹 to‘lovlar o‘z vaqtida to‘lanmagan bo‘lsa.

Eʼlon qilingan narx bo‘yicha sotishda eʼlon buyurtmachining ixtiyoriga ko‘ra belgilangan muddat yoki sotilgungacha elektron do‘konga joylashtiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Geoinnovatsiya #dron_shou

👌 Hozirgi vaqtda butun Dunyo nigohi qaratilgan Samarqandda DRONLAR SHOUsi bo'lib o'tdi.

🫥 Xabaringiz bor 16–20-oktabr kunlari Samarqanddagi «Silk Road Samarkand» sayyohlik majmuasida BMT Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Bundan tashqari 18-oktabr - "Samarqand shahri kuni" munosabati bilan Samarqand tumani hududida joylashgan Xalqaro turizm markazining «Boqiy shahar majmuasi» da o'tkazilayotgan madaniy tadbirlar davomida🌟 Kadastr agentligining “Geoinnovatsiya markazi” davlat unitar korxonasi bilan hamkorlikda "DRONLAR SHOU"si boʻlib oʻtdi.

💥Ushbu dronlar shousini shahrimiz aholisi va Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida ishtirok etayotgan barcha mehmonlar katta qiziqish bilan tomosha qilishdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_nazorati #Sirdaryo_viloyati

⚡️O‘z vaqtida noqonuniy ishni oldi olindi

🏢Kadastr agentligi Oqoltin tumani bo‘limi inspektorlari tomonidan tumanning Mustaqillik MFY hududida 0.006 gektar yer maydoni fuqaro tomonidan o’zboshimchalik bilan egallab olib, ushbu yer uchastkasiga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo’lmagan holda foydalanganlik, ya’ni akfadan paynet joylashtirilganligi aniqlandi.

📌Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, fuqaroga ogohlantirish xati berildi hamda MJtK 60-modda 2-qismi bilan ma’muriy jarima belgilanishiga sabab bo‘luvchi holatlar yuzasidan tushunchalar bayon etildi.

Fuqaro bilan o‘tkazilgan suhbat qisqa muddatda o‘z natijasini berdi. Fuqaroga nisbatan qo’llanilgan jazo ijrosini tugatish uchun asos bo’lgan holatlarni o’rganib chiqib O’zbekiston Respublikasining MJtK 60-modda 4-qismiga asosan jazo qo’llash qarori ijrosi tugatildi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram|Facebook|YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ONA_TILIM_FAXRIM

⚡️ 21-OKTABR — "O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI"

⭐️ Kadastr agentligi hamda 🌟 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #ona_tilim_faxrim chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

Inson uchun kindik qoni tomgan Vatani, dunyoga keltirib voyaga yetkazgan ota-onasi qanchalik aziz va mukarram bo‘lsa, uning o‘zligi va maʼnaviy olamini belgilaydigan ona tili ham shunchalik qadrli va moʻtabardir.

2023 yil 21-oktabr kuni O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligiga 34 yil to’lmoqda.

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Yangiyer_shahar #infografika

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasining Yangiyer shahar bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

◼️Bo‘lim rahbari - Otamurodov Jamshid Turdimurotovich

◼️Filial rahbari - Ulashov Akbar Mirashboy o‘g‘li

◼️Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

🏢Manzil: Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahar, Davlatobod mahallasi, A.Navoiy ko‘chasi 7-uy.

☎️ Murojaat uchun telefon: (99)-609-84-46

📍 Lokatsiya

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷
Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
#Kadastr_manzillari #Sirdaryo

🗺 Sirdaryo viloyatida joylashgan kadastr idoralarining manzillari:

📍 Boyovut tumani
📍 Guliston tumani
📍 Mirzaobod tumani
📍 Oqoltin tumani
📍 Sardoba tumani
📍 Sayxunobod tumani
📍 Sirdaryo tumani
📍 Xovos tumani
📍 Shirin shahar
📍 Guliston shahar
📍 Yangiyer shahar

🌐 Telegram    🌐 Instagram      🌐YouTube     🌐 Facebook         🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 21- oktabr - O‘zbek tili bayrami

1989-yilning 21-oktyabr kuni “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinib, unga ko‘ra O‘zbek tiliga - Davlat tili maqomi berildi.

Bugungi kun munosabati bilan barcha yurtdoshlarimizni "O‘zbek tili bayrami" bilan samimiy muborakbod etamiz. Ona tilimiz, qudratli davlat tili bo‘lgan o‘zbek tili abadiy yashasin va doimo qadri baland bo‘lsin!

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM