Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.9K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#zakovat #kadastr

Kadastrda Zakovat intellektual oʻyini

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari tizimidagi xodimlar oʻrtasida Yoshlar markazi binosida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

"Zakovat" intellektual o'yinida jami 12 ta jamoa ishtirok etishdi.

🏆 intellektual o'yin natijalariga ko‘ra:

🥇1-o’rin Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi jamoasi

🥈2-o’rin Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Xovos tuman filiali jamoasi

🥉3-o’rin Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Boyovut tuman filiali jamoasi qo'lga kiritdi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
1-oktyabr – O'qituvchi va murabbiylar kuni!

Ushbu kun munosabati bilan yurtimizdagi barcha o‘qituvchi va murabbiylarni chin dildan samimiy muborakbod etamiz!

Aziz Ustozlar, ilm yo‘lidagi shijoatingiz, metin irodangiz, tog‘dek sabringiz, bilim ummonidagi sabog‘ingiz doimo sarbaland bo‘lsin! Sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, tinchlik va farovon hayot hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA #gazeta

⚡️Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasining Tafakkur va Dunyo gazetasining novbatdagi 16-sonida "INSON MANFAATLARI OLIY QADRIYAT" nomli maqolasi chop etildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🌟Kadastr agentligi tomonidan ustoz va murabbiylar kuniga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir "My5" telekanalining "Hudud" informatsion dasturida.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yer_nazorati #Guliston_shahar


🏣Kadastr agentligining Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston shahar bo’limi inspektorlari tomonidan Guliston shahar Madaniyat MFY hududida monitoring ishlari olib borilganida, fuqaro tomonidan hech qanday huquqiy hujjatlarsiz 0.0024 gektar yer maydoni avtomobil turar joyi qurish maqsadida o’zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy ravishda qurilish ishlarini amalga oshirganligi aniqlandi.

📝Aniqlangan maʼlumotlarga ko‘ra, shahar inspektori tomonidan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan yer qonunbuzilishi sodir etganligi sababli ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, qurilgan noqonuniy qurilishlarni 15 kun muddatda ixtiyoriy bartaraf etish bo'yicha fuqaroga rasmiy ogohlantirish berildi.

Ayni paytda ushbu ogohlantirishlardan so‘ng noqonuniy qurilmalar fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda joyida bartaraf etildi.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#statistika

Sirdaryo viloyatida 2362 ta ko‘p kvartirali uylar bor

📊Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizda ko‘p kvartirali uylar soni 47 776 tani tashkil etgan.

◼️Hududlar bo‘yicha ko‘p kvartirali uylar soni:

▫️Sirdaryo viloyati – 2362 ta
▫️Andijon viloyati – 2011 ta
▫️Buxoro viloyati – 2385 ta
▫️Jizzax viloyati – 2726 ta
▫️Qashqadaryo viloyati – 2194 ta
▫️Navoiy viloyati – 1835 ta
▫️Namangan viloyati – 1754 ta
▫️Samarqand viloyati – 3300 ta
▫️Surxondaryo viloyati – 4045 ta
▫️Toshkent viloyati – 6147 ta
▫️Farg‘ona viloyati – 4149 ta
▫️Xorazm viloyati – 1828 ta
▫️Toshkent shahri – 11258 ta
▫️Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1782 ta

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

Yetim bolalarga davlat tomonidan berilgan uy-joylar uchun kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi

📃 Qonunchilikka ko‘ra, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar ularga davlat tomonidan ikkilamchi bozordan olib berilgan uy-joylarni mulkka egalik qilish huquqi asosida oldi-sotdi shartnomasi va ko‘chmas mulk obyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo'yicha kadastr xizmatlari hamda o‘z nomiga rasmiylashtirishda notarius xizmatlari uchun davlat boji to‘lashdan ozod etilishi belgilangan.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.04.2022 yildagi PQ-230-son qarori.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#auksion

⚡️Uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqida sotib oling!

▪️Oqoltin tumanidan 50 ta (ko'rish)
▪️Xovos tumanidan 7 ta (ko'rish)
▪️Yangiyer shahridan 88 ta (ko'rish)

➡️Boshqa hududlardan yer uchastkalari savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr

⚡️Kadastrda quyosh panellari

▪️Kadastr agentligi "Geoinnovatsiya markazi" DUK Xitoy xalq Respublikasining LONGi korxonasi bilan 600 kw quyosh panellari yetkazib berishga shartnoma imzolagan edi.

▪️Bugun qayta tiklanuvchi energiyadan samarali foydalanish va energiya tejovchi manbalarni qo'llash maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga 540 watt elektr quvvatini beruvchi 15 kw quyosh panellari o'rnatilib, hozirda foydalanishga topshirildi.

▪️Mazkur quyosh panellarining o'ziga xos xususiyati shundaki u ikki tomonlama quvvatlanuvchi Monokristal panel hisoblanib, to'g'ridan to'g'ri quyosh nuri tushmagan holatda, shuningdek bulutli kunda ham yorug'likni o'zida ishlay oladi. Quyosh panellari maxsus kompyuter dasturida loyihalashtirilib, joyning geografik koordinatlari, bino va tom konstruksiyasi inobatga olingan holda, har bir obyektga individual yondashib o‘rnatiladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr_agentligi #PF_119

Davlat rahbari topshiriqlari ijrosi ta'minlanmoqda

🌟 Kadastr agentligi direktori birinchi o‘rinbosari A. Allaberganov Qoraqalpog‘iston Respublikasida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyul kunidagi PF-119-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida namuna sifatida tanlab olingan Xo‘jayli va Taxiatosh tumanlarida amalga oshirilayotgan xatlov ishlar bilan tanishdi.

🟢 A.Allaberganov boshchiligida 🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi Qoraqapog‘iston Respublikasi boshqarmasida boshqarma boshliqlari, xodimlari hamda tuman,shahar filial rahbarlari ishtirokida ZOOM platformasi orqali majlis o‘tkazdi.

🟢Yig'ilishda ishchi guruh shtabi rahbar o‘rinbosari R.Nishanovning xatlov jarayonlari bo‘yicha axboroti tinglandi.

➡️Bundan tashqari 🌟Kadastr agentligining tuman, shahar bo‘limlari tomonidan yer va kadastr nazorati shuningdek aholiga kadastr xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha olib borilayotgan ishlari tahlil qilinib, yer va kadastr nazorati yo‘nalishida hamda kadastr xizmatini ko‘rsatishda ortda qolayotgan tumanlardagi ishlarni to'g'ri tashkil qilish bo‘yicha takliflar berildi.

🌐 Telegram   |  🌐 Instagram    |  🌐YouTube    | 🌐 Facebook       | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM