Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.14K photos
1.05K videos
18 files
4.97K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
▪️Arxiv ishini rivojlantirish yo‘lida▪️

🔰 Shu kunlarda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislari va tuman (shahar) filiallari arxiv ishi muhandislarining malakasini oshirish maqsadida maxsus o‘quv-kurslari tashkil etildi.

🔤 24-iyuldan - 8-avgustga qadar davom etuvchi malaka oshirish maxsus o‘quv kurslarida arxiv ishi sohasiga kirish, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, kadastr yig‘majildlarining shakllanishi va ularni hisobga olish, kadastr yig‘majildlarini belgilangan tartibga muvofiq saqlash va idoraviy arxivda joylashtirish talablari kabi yana bir necha mavzularda dars soatlari o‘tkazilmoqda.

👔 Jarayon yakunlariga ko‘ra yana ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #kadastr

🟡 Sirdaryo viloyatidan e-auksion.uz orqali yer uchastkalarini sotib oling

➡️ 1092 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 2225 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 332 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
➡️ 49 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
➡️ 116 ta qishloq xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 79 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 32 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
➡️ 4 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 3 ta Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 2 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

⚖️ Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-1-moddasiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌 Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Sardoba_tuman

⚡️Yer nazoratchilaridan yana bir holat !

⭐️Kadastr agentligining Sardoba tuman bo‘limi tomonidan shaharning Xalqabod MFY, Ko'kdala ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimcha egallangan yer uchastkada noqonuniy molxona binosi qurib olinganligi aniqlangan.

✔️Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikga tortildi. Natijada ushbu fuqaro noqonuniy molxona binosini ixtiyoriy ravishda bartaraf etib yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Fuqarolar murojaatlari e'tiborda▪️

◼️ Kadastr sohasida jismoniy va yuridik shaxslar muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

◼️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligi direktorining o'rinbosari A.X.Abdullayev va viloyat boshqarma boshliqlari ishtirokida Sirdaryo viloyati Guliston tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

◼️Qabul davomida murojaatchilardan 50 ga yaqin murojaatlardan ko'rib chiqildi. Shuning bilan bir qatorda yig'ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Arxiv ishi o'quv kurslari▪️

🔰 Avval xabar berganimizdek, Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislarining malakasini oshirish maqsadida o'tkazilayotgan o‘quv-kurslari qizg'in pallada.

⭐️ Kuni kecha, malaka oshirish maxsus o‘quv kurslari Kadastr agentligi direktorining o'rinbosari Abdullayev Abdushukur Hamidovichning chiqishlari bilan boshlandi. Kerakli ma'lumotlar, tajriba almashinuvidan so'ng, seminar qatnashchilari guruhlarga bo'lingan holda - arxiv ishi sohasi bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, kadastr yig‘majildlarining shakllanishi va ularni hisobga olish kabi yana bir necha mavzularda dars soatlarida qatnashdilar.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

O‘zingizga tegishli yer uchastkangizni masofadan turib xususiylashtirish imkoniga egasiz

💻Endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirish uchun jismoniy va yuridik shaxslar my.gov.uz orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

📨 Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga yo‘naltiriladi. Xususiylashtirishga monelik qilmaydigan tomonlari tekshirilgach, fuqaroga xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi va talabgor to‘lovni amalga oshiradi.

◼️Xizmat uchun to‘lov miqdori:
Arizani ko‘rib chiqish uchun - 27 000 so‘m

◼️Xususiylashtirish to‘lovi
viloyat markazlarida yer solig‘ining 10 baravari,
boshqa hududlarda 5 baravari miqdorida

📑 To‘lov amalga oshirilgach, yer uchastkasiga bo‘lgan davlat orderi beriladi. Ushbu order asosida kadastr organlari yer uchastkasiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Qoraqalpog‘istondagi hujjatsiz uy-joylarga mulk huquqi e’tirof etiladi▪️

▶️Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda jismoniy shaxslar tomonidan qurilgan uy-joylarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida” gi Prezident Farmoni (PF–119-son, 28.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰 Farmonga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida fuqarolarning huquq belgilovchi hujjatlarsiz qurilgan uy-joylari joylashgan yer uchastkasiga ijara huquqi, unda joylashgan bino va inshootlarga mulk huquqi e’tirof etiladi.

◼️Jumladan, buning uchun fuqaro ushbu uy-joydan 2018 yil
1 maygacha bo‘lgan davrdan boshlab o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz foydalangan bo‘lishi, ushbu holat kosmik suratlarni qayta ishlash orqali hamda so‘nggi 5 yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langanligi bilan tasdiqlangan bo‘lishi lozim.

▶️ Huquqlarni e’tirof etish xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan uy-joylar ro‘yxatiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Bunda:

🔹talabgorlar va (yoki) chegaradosh yer uchastkalari egalari o‘rtasida nizo mavjud bo‘lgan hollarda, xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarining qarorlari nizo bartaraf etilganidan keyin qabul qilinadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan qarorlar qabul qilish hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishning oxirgi muddati – 2024 yil
1 avgust hisoblanadi;

🔹xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qarorlari tegishli adliya organida huquqiy ekspertizadan o‘tkazilganidan keyin qabul qilinadi va rasmiy e’lon qilinganidan keyin kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🐦Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM