Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.14K photos
1.05K videos
18 files
4.96K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#kadastr #davreestr

💻 Uydan chiqmagan holda ko'chmas mulkingiz haqida ma'lumot olish imkoniyati mavjudligidan xabardormisiz

💻 Mulkdor o‘zining shaxsiy kabineti orqali davreestr.uz saytining bosh sahifasida joylashgan qidiruv paneliga ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqamini kiritadi (STIR yoki JShShIR), so‘ngra rasmdagi himoya kodini kiritib, izlash tugmasi bosiladi.

🔍 Izlash tugmasi bosilgandan so'ng ko‘chmas mulk obyekti haqida ma'lumotlar kelib chiqadi va bu yerdan 📄 ko‘chirmani yuklab olish degan tugmani bosish orqali ko‘chmas mulk obyektining 💳QR-kodga ega bo'lgan davlat ro'yxatidan o'tganligi to'g'risida reyestrdan ko‘chirmani yuklab olish imkoniyati mavjud.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Guliston_shahar

⚡️O‘z vaqtida noqonuniy ishni oldi olindi

⭐️Kadastr agentligining Guliston shahar bo‘limi tomonidan shaharning Do'stlik MFY, Xo'ndamir ko‘chasida o‘zboshimcha yengil konstruksiyali obyekt o'rnatish ishlari amalga oshirilayotgani aniqlandi.

✔️Tadbir davomida fuqaro bilan suhbat olib borilib, yer qonunbuzilish holatlari oqibatlari haqida tushunchalar berildi, Natijada ushbu obyekt fuqaro tomonidan ixtiyoriy ravishda bartaraf etilishiga erishildi.


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

🌟 Ko‘chmas mulkka egalik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi haqida bilasizmi?

Ko‘chmas mulkka nisbatan tegishli huquq paydo bo‘lgach uni 1 oy ichida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kerak.

‼️ Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘z vaqtida murojaat etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari, mansabdor shaxslarga esa 15 baravari miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Foydali_malumot

⚡️O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-113-son Farmoniga muvofiq Kadastr bilan bog'liq 8 turdagi davlat xizmatlarini YaIDXM (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali)da elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

📌 Bular quyidagilar:

🔸 Fuqaroning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma berish.
🔸 Bino va inshootlarning ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
🔸 O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to‘g‘risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.
🔸 Yakka tartibda uy-joy qurishga (rekonstruksiya qilishga) loyiha-smeta hujjatlarini kelishish.
🔸 Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish.
🔸 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun).
🔸 Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun).
🔸 Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish.

📃Farmonni batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul

📣 DIQQAT EʼLON 📣

🟢 Hurmatli Sirdaryo viloyati fuqarolari hamda tadbirkorlari ❗️

➡️ Aholining 🌟Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Sirdaryo viloyati aholisi uchun sayyor qabul o‘tkaziladi.

📄 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha va kadastr bilan bog‘liq boshqa muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 28-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

➡️ Sayyor qabul 🌟Kadastr agentligi direktor o'rinbosari A.X.Abdullayev boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston tuman, Yoshlar Markazi binosi.

📍 Lokatsiya

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol

SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

✏️Savol:
Hovlimiz 23 sotix. Kadastr hujjatlarimiz joyida. Lekin 11 sotixi qizil maydon qilib belgilab qo'yilgan. O'sha qizil maydonga uy qurishim mumkunmi ?

Javob: O‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarga asosan ruxsatnoma olish lozim. Buning uchun davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

‼️Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muxofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Arxiv ishini rivojlantirish yo‘lida▪️

🔰 Shu kunlarda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida Jahon banki granti doirasida, “O‘zarxiv” agentligi huzuridagi arxiv ishi va ish yuritish bo‘yicha malaka oshirish ilmiy-metodik markazi bilan hamkorlikda Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari arxiv ishi bosh mutaxassislari va tuman (shahar) filiallari arxiv ishi muhandislarining malakasini oshirish maqsadida maxsus o‘quv-kurslari tashkil etildi.

🔤 24-iyuldan - 8-avgustga qadar davom etuvchi malaka oshirish maxsus o‘quv kurslarida arxiv ishi sohasiga kirish, soha bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar, kadastr yig‘majildlarining shakllanishi va ularni hisobga olish, kadastr yig‘majildlarini belgilangan tartibga muvofiq saqlash va idoraviy arxivda joylashtirish talablari kabi yana bir necha mavzularda dars soatlari o‘tkazilmoqda.

👔 Jarayon yakunlariga ko‘ra yana ma’lumot taqdim etiladi.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#auksion #kadastr

🟡 Sirdaryo viloyatidan e-auksion.uz orqali yer uchastkalarini sotib oling

➡️ 1092 ta dehqon xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 2225 ta tadbirkorlik uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 332 ta kichik sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
➡️ 49 ta yoshlar sanoat zonalaridagi yerlar (ko'rish)
➡️ 116 ta qishloq xo'jaligi uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 79 ta uy-joy qurish uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 32 ta xalqaro yo‘llar bo‘yidagi yerlar (ko'rish)
➡️ 4 ta ko'p qavatli turar joy uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 3 ta Yangi O'zbekiston massivlari uchun yerlar (ko'rish)
➡️ 2 ta nodavlat ta'lim muassasalari uchun yerlar (ko'rish)

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #huquqiy_axborot

⚖️ Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish jinoiy javobgarlikka olib keladi.

🇺🇿Oʼzbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksining 229-1-moddasiga asosan;

🌍 Yer uchastkalarini oʼzboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud boʼlmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, BHMning 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

📌 Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yernazorati #Sardoba_tuman

⚡️Yer nazoratchilaridan yana bir holat !

⭐️Kadastr agentligining Sardoba tuman bo‘limi tomonidan shaharning Xalqabod MFY, Ko'kdala ko‘chasida yashovchi fuqaro tomonidan o‘zboshimcha egallangan yer uchastkada noqonuniy molxona binosi qurib olinganligi aniqlangan.

✔️Mazkur holat yuzasidan yer qonunbuzilishini sodir etgan shaxs MJtKning 60-moddasi 3-qismi bilan ma'muriy javobgarlikga tortildi. Natijada ushbu fuqaro noqonuniy molxona binosini ixtiyoriy ravishda bartaraf etib yer maydoni o'z holatiga qaytarilishi ta'minlandi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
▪️Fuqarolar murojaatlari e'tiborda▪️

◼️ Kadastr sohasida jismoniy va yuridik shaxslar muammolarini joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur ko'rsatma, yo‘l-yo‘riqlar berish maqsadida soha mutasaddilari ishtirokida fuqarolar uchun doimiy ravishda sayyor qabullar tashkil qilinmoqda.

◼️ Shular jumlasidan, bugun Kadastr agentligi direktorining o'rinbosari A.X.Abdullayev va viloyat boshqarma boshliqlari ishtirokida Sirdaryo viloyati Guliston tumanida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

◼️Qabul davomida murojaatchilardan 50 ga yaqin murojaatlardan ko'rib chiqildi. Shuning bilan bir qatorda yig'ilganlarga qonunchilikdagi yangilik va o'zgarishlar haqida ham huquqiy tushuntirishlar berib o'tildi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

📷Instagram | 🔵Facebook | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM