Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.58K photos
1.12K videos
20 files
5.24K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#bilasizmi

Uydan chiqmasdan turib ko'chmas mulkingiz haqida ma'lumot olishingiz mumkin

Fuqarolarimiz bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risidagi maʼlumotnomani uydan chiqmasdan turib olishlari mumkin.

👉 https://my.gov.uz/uz/service/668

🏠 Ma’lumotnomada bino va inshootlarga doir quyidagi ma’lumotlar aks etgan bo’ladi:

🔹joylashuv manzili;
🔹kadastr raqami;
🔹turar joy yoki noturar joyligi;
🔹umumiy maydoni;
🔹huquqiy egasi (egalari);
🔹bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlar turi;
🔹huquqni belgilovchi hujjat nomi, raqami, sanasi;
🔹cheklanish mavjudligi;
🔹kadastr qiymati.

Natija avtomat taqdim etilib, QR kodli ma’lumotnoma shakllanadi.

Xizmat narxi – 13 500 so'm.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
”Хodimlardan 4 ta kitob” loyihasiga start berildi

O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da aholi o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘yicha qo‘yilgan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan joriy yilning 5-aprel kunidan boshlab “xodimlardan 4 ta kitob” loyihasi boshlandi.

Bugun ushbu loyiha doirasida Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig‘i B.Minasipov tomonidan 7 xil turdagi bir biridan qiziq kitoblar Kadastr kutubxonasidan joy oldi.

Kitob mutolaasi xodimlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli va samarali o‘tkazishga, jumladan maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy-ruhiy, vatanparvarlik va mehnatsevarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga, va eng asosiysi kelajakda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga va ular o‘rtasida huquqbuzarliklarni qisqartirishga xizmat qiladi — deydi B.Minasipov.

Eslatib o‘tamiz “xodimlardan 4 ta kitob” loyihasi 5-20 aprelgacha davom etadi. Siz ham kitob xadya qilib, o‘z xissangizni qo‘shishingiz mumkin.
#Kadastr #bizning_manzillar #Sayxunobod_tumani

⚡️Ochiqlik – jamiyat taraqqiyotida muhim omil

🏢Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sayxunobod tuman bo‘lim hamda filiali to‘g‘risida maʼlumot

Bo‘lim rahbari - Abdalimov Mamurjon Dilshod o'g'li

Filial rahbari - Ibodullayev Ibroxim Dodo-Subhon

Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani, Shodlik mahallasi, Alisher Navoiy ko‘chasi.

☎️Murojaat uchun telefon: 99-470-14-37


Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Бугун Президент Шавкат Мирзиёев Сирдарё вилоятига ташриф буюради.

Давлатимиз раҳбари халқ депутатлари вилоят кенгашининг сессиясида иштирок этади. Шунингдек, ижод мактаби ва саноат корхоналари фаолияти билан танишиш, янги ишлаб чиқариш қувватларини ишга тушириш режалаштирилган.  

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Сырдарьинскую область.

Глава государства примет участие в сессии областного кенгаша народных депутатов. Предусматриваются также ознакомление с деятельностью школы творчества и промышленных предприятий,  запуск новых производственных мощностей.

Facebook|Instagram|Twitter
#kadastr #unece #xalqaro_uchrashuv

🇺🇳 BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining (UNECE) Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhi (WPLA) byurosi kotibiyati taklifiga binoan, joriy yilning 4–5-aprel sanasida 👍Kadastr agentligi direktori F. Pulatov boshchiligidagi delegatsiya Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruhning 13-sessiyasida ishtirok etdi.

➡️Sessiya – UNECEga aʼzo davlatlarda hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar, yer boshqaruvi va kadastr idoralari strategiyalari, UNECE mintaqasida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyalanishi, yer boshqaruvida xavfsizlik va geofazoviy maʼlumotlar yo‘nalishidagi tajribalar bilan tanishish, yer va ko‘chmas mulk boshqaruvi siyosatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish masalalariga bag‘ishlandi.

🗣 Sessiyaning xalqaro tajriba almashish blokida:

Bolqon davlatlari va O‘zbekistonda huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo‘lmagan bino va inshootlarni rasmiylashtirish bo‘yicha tajriba almashildi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilgan yer va ko‘chmas mulk munosabatlari borasidagi islohotlar, qonuniy asoslar bilan tanishtirildi.

yer boshqaruvida raqamli transformatsiya va maʼlumotlar xavfsizligi masalalari ko‘rib chiqildi.

‼️Maʼlumot uchun: UNECE WPLA tadqiqotlariga ko‘ra rivojlanayotgan dunyoda shahar aholisining qariyb 33 foizi noqonuniy qurilishga mansub aholi punktlarida istiqomat qiladi va UNECEga aʼzo 20 ta mamlakatda ushbu ko‘rsatkich 50 million aholi soniga teng.

Shuningdek, tashrif doirasida BMTning Yer boshqaruvi bo‘yicha ishchi guruh, O‘rmonlar, yer va uy-joy bo‘limi, Xalqaro geodezistlar federatsiyasi vakillari, Yevropa va MDH davlatlarining yer, geodeziya, kadastr va qurilish sohalari bo‘yicha masʼul idora rahbarlari, akademik davra vakillari bilan o‘zaro muloqot va uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat rahbari Sirdaryo aholisi farovonligini yana-da oshirishga qaratilgan 5 ta yangi tashabbusni ilgari surdi.

Birinchidan, Ilg‘or innovatsiyalar hududida biofarmatsevtika, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat, elektrotexnika, tibbiyot, taʼlim sohalarining 20 ta yo‘nalishidagi loyihalariga alohida imtiyozlar rejimi joriy qilinadi:

- yer, mol-mulk, foyda va aylanma uchun soliqlar hamda bojxona bojlaridan 3 yilgacha ozod qilinadi;

- yer uchastkalari soddalashgan tartibda ajratiladi, yer va binolarni sotib olishda 5 yilgacha bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

- foiz to‘lovlarini qoplab berish stavkasi 2 baravar oshiriladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#auksion

Uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqida sotib oling!

▪️Oqoltin tumanidan 17 ta (ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanidan 1 ta (ko'rish)
▪️Xovos tumanidan 2 ta (ko'rish)
▪️Yangiyer shahridan 4 ta (ko'rish)

Boshqa hududlardan yer uchastkalari savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #O'RQ_803_son

⚡️ QANDAY HUQUQLAR YOKI CHEKLOVLAR DAVLAT RO'YXATIDAN O'TKAZILADI ?

📹 Batafsil ushbu video orqali tomosha qiling

➡️ Qonunning to'liq hajmi

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги

Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#auksion

Uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini mulk huquqida sotib oling!

▪️Oqoltin tumanidan 50 ta (ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanidan 4 ta (ko'rish)
▪️Xovos tumanidan 9 ta (ko'rish)
▪️Yangiyer shahridan 16 ta (ko'rish)

Boshqa hududlardan yer uchastkalari savdoga chiqarilishi kutilmoqda.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️Yer sotib oldim. Uy qurmoqchiman. Avval kadastr qilib keyin uy quramanmi yoki uy qurib keyin kadastr qilamanmi?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #huquqvaqti #kadastr_xizmati

⚡️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tqazish majburiy

Qonunchilikka muvofiq ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlar qonunchilikda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuridik va jismoniy shaxslarning kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlari davlat tomonidan eʼtirof etilishi hamda tasdiqlanishining yuridik hujjatidir.

🔹Kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotni davlat reyestrlariga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

❗️Ko‘chmas mulk hisoblangan kadastr obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish kadastr obyektlarining barcha mulkdorlari va kadastr obyektlariga doir boshqa huquqlarning egalari uchun majburiydir.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #yer_kuni #kollej

🥰🥰 😇🥰😇😇🥰🥰🥰

🌍 “22-aprel ˗ Butunjahon yеr kuni” munosabati bilan Toshkent geodeziya va kartografiya kollejining yangidan rekonstruksiya qilingan binosining ochilishi marosimi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #kitobxonlik

MUTOLAA VAQTI

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va uning hududiy filiallari xodimlari ishdan tashqari vaqtda badiiy adabiyotlar hamda sohaga oid kitoblarni o‘qish orqali yangi bilim va taassurotlarga ega bo‘lishmoqda.

📘O‘tkazilgan tadqiqotlarda har safar kitob oʻqilganida miya faol ishlashi, doimiy ravishda kitob oʻqiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan yuqori bo‘lishi aniqlangan.

📝 Shunday ekan, Siz ham kitob mutolaasidan bahramand bo‘lish uchun albatta VAQT ajrating.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube