Sirdaryo Kadastr
1K subscribers
7.27K photos
1.07K videos
18 files
5.04K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olmang

❗️ O'zboshimchalik bilan egallangan yerda qurilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo'l qo'yilmaydi.

📃 Yerni o'zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish qilgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

📗Yer kodeksining 91-moddasiga asosan, O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g'ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko'ra qaytariladi.

🚫 O'zboshimchalik bilan egallangan yerdagi har qanday qurilish obyektlariga suv ta'minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash qat'iy taqiqlanadi.

Кanalga ulanish:: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

⚡️Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish uchun qanday hujjatlar talab qilinadi?

📃 Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-sonli qaroriga ilova qilingan “Fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” reglamentiga muvofiq tartibga solinadi.

🔹Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borib yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali xizmatdan foydalanishi mumkin.

Arizachi oʻzi bilan shaxsini tasdiqlovchi pasportini taqdim etishi kifoya qilinadi. Davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (har bir shaxs uchun).

Ushbu xizmat uch ish kuni mobaynida koʻrsatiladi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiya millat kelajagiga, insonlarning osoyishta hayotiga va taraqqiyotga xavf soladi.

Kadastr agentligi jamoasi soha xodimlarini, fuqaro hamda tadbirkorlarimizni korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashga chorlaydi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Ko'chmas mulkni boshqa shaxsga o'tkazishdagi davlat boji kamaytirildi

O'zbekiston Respublikasining 06.12.2022 yildagi O'RQ–808-sonli Qonuniga ko'ra, endilikda davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

🔹ko'chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida bo'lsa, BHMning 1 baravari
❗️ (ilgari ko'chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha);

🔹ko'chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida bo'lsa, BHMning 50 foizi
❗️(ilgari ko'chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigacha).

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

⚡️O‘zbekistondagi barcha tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi

🇺🇿 Prezident farmoniga muvofiq 2023-yil boshidan, O‘zbekistondagi barcha — 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.

🔰Viloyatimizning tuman va shaharlarning qaysi toifaga mansubligini quyidagi ro‘yxatdan ko‘rishingiz mumkin.

▪️1-toifa: mavjud emas
▪️2-toifa: Guliston va Shirin shaharlari, Sirdaryo tumani;
▪️3-toifa: Yangier shahri, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari;
▪️4-toifa: Boyovut, Guliston, Sayxunobod va Xovos tumanlari;
▪️5-toifa: Sardoba

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️KADASTR XIZMATLARIDAN MOBIL ILOVA ORQALI FOYDALANING

📲 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali mobil ilovasining yangi takomillashtirilgan talqini ishga tushirilgan bo‘lib, mobil ilova orqali ko‘rsatiladigan elektron xizmatlar soni 100 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Kadastrga oid quyidagi xizmatlar portalning mobil ilovasida to‘liq ishga tushirildi:

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Ko‘chmas mulk obyektlari davlat reyestridan ko‘chirmalar olish;

🔹Ko‘chmas mulk bo‘yicha ko‘chirma berish;

🔹Kadastr obyektiga taqiqni tekshirish.

👉Mobil ilovani yuklab olish

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️#Bilgan_yaxshi

⚡️Davlat fuqarolik xizmatiga ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlar uchun ochiq tanlov tizimi haqida qisqa videorolik

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Auksion #VMQ_71

⚡️Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

🔰2023-yil 10-yanvar holatiga Sirdaryo viloyatida 1646 ta bo'sh yer uchastkalari onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqoltin tumanida 158 ta (Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 226 ta (Ko'rish)
▪️Sayxunobod tumanida 88 ta (Ko'rish)
▪️Guliston tumanida 83 ta (Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 306 ta (Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumanida 229 ta (Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 160 ta (Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 225 ta (Ko'rish)
▪️Guliston shahrida 1 ta (Ko'rish)
▪️Shirin shahrida 4 ta (Ko'rish)
▪️Yangiyer shahrida 166 ta (Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #murojaat

🟢Fuqaro hamda tadbirkorlarga murojaat.

➡️ Batafsil o'qish uchun

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoatda ishlab chiqarish hajmining o‘sish surʼatlarini taʼminlash, mavjud imkoniyatlar va yangi zaxiralarni safarbar etish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланди.

Асосий масалага ўтишдан аввал давлатимиз раҳбари мамлакатимизга кириб келган совуқ ҳаво таъсирини беталафот ўтказиш чораларига тўхталиб ўтди.

Барча туман ва ҳудудларда ташкил этилган штаблар узлуксиз ишлаши кераклиги, аҳоли эҳтиёжлари тезкор ҳал этиб борилиши шартлиги таъкидланди.

Ижтимоий соҳа объектларини энергия ва иссиқлик билан таъминлашни алоҳида назоратга олиш зарурлиги қайд этилди.

Барча даражадаги ҳокимларга тегишли идора ва ташкилотлар билан биргаликда йўлларни тозалаш ишларини ташкил этиш, транспорт воситаларининг хавфсиз ҳаракатини таъминлаш топширилди.

Барча серқатнов йўналишларда жамоат транспортининг узлуксиз ҳаракати таъминланиши кераклиги кўрсатиб ўтилди.

Вазирлар Маҳкамаси раҳбарияти олдига ҳар бир вилоят, туман ва шаҳардаги аҳвол бўйича кунлик назорат ўрнатиб, жойлардаги муаммоларни тезкор бартараф этиш вазифаси қўйилди.

Facebook|Instagram|Twitter
⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida sanoatga doir qator chora-tadbirlar belgilab olindi.

Batafsil — yuqoridagi infografikada

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr_xizmatidan_qulaylik #davlat_xizmatlari

⚡️Sovuq ob-havoda ko‘chaga chiqmasdan onlayn Kadastr xizmatlaridan foydalaning

🌐Elektron xizmatlardan foydalanib, sovuq havo sabab yo‘llarda yuzaga keladigan tirbandliklar, sirpanchiq yoki qor uyumlari ustida yurishning noqulayligi, avtobus kutib qolib, «sovuq o‘tishi» kabi dilni xira qiladigan holatlarga duch kelmaysiz.

Xizmatdan foydalanish uchun kerakli xizmatni tanlab ustiga bosing.

🔹Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ariza yuborish;

🔹Kadastr pasportini shakllantirish;

🔹Fuqarolarning nomida shaxsiy uy-joyi borligi yoki yo‘qligi to'g'risidagi maʼlumotnoma olish;

🔹Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga qarorni olish;

🔹Bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;

🔹Ko‘chmas mulkni hadya etish yoki ayirboshlash hamda oldi-sotdi bo‘yicha murojaat yo‘llash;

🔹Turar joyning maydoni bo‘yicha maʼlumotnoma olish;

🔹Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) to'g'risidagi kelishuvni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

🔹Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (yakka tartibdagi uy-joy qurish obyekti uchun);

🔹Qurilishi (rekonstruksiyasi) tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish (Yakka tartibda uy-joy qurish obyekti bo‘lmagan obyekt uchun);

Shuningdek “Elektron litsenziyalash portali” orqali yuridik shaxslar

🔹Geodeziya va kartografiya faoliyatini yuritishga litsenziya olish uchun ariza berishlari mumkin.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#2022_yil_sarhisob #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

«Mingdan ortiq o‘zboshimchalik» – Sirdaryoda yer bilan bog‘liq qonun buzilish xolatlari haqida maʼlumot berildi

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2022 yil davomida 1 011 ta holatda 264,43 gektar yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi.

Batafsil — https://effect.uz/952

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #kadastr #2022_yil_sarhisob

⚡️Sirdaryo viloyatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan ko'p qavatli uylar soni 2 110 tani tashkil etadi

🔹Davlat
kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi shu kunga qadar 2 110 ta ko'p qavatli uylar (dom) davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

🏣Hozirgi kunda ushbu 2 110 ta ko'p qavatli uylarda 36 661 ta xonadonlar (kvartira) mavjud.

🏢Ushbu 2 110 ta ko'p qavatli uylar tahlil qilinganda,

◾️1 qavatli uylar - 15 ta ➡️ 221 ta xonadon
◾️2 qavatli uylar - 1579 ta ➡️ 20 063 ta xonadon
◾️3 qavatli uylar - 63 ta ➡️ 1 175 ta xonadon
◾️4 qavatli uylar - 285 ta ➡️11 304 ta xonadon
◾️5 qavatli uylar - 136 ta ➡️ 2 410 ta xonadon
◾️6 qavatli uylar - 20 ta ➡️ 876 ta xonadon
◾️7 qavatli uylar - 9 ta ➡️ 504 ta xonadon
◾️8 qavatli uylar - 1 ta ➡️ 5 ta xonadon
◾️9 qavatli uylar - 2 ta ➡️ 103 ta xonadon

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
▪️Huquqiy ma'lumot▪️

📃 Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

✅️yer uchastkalarining berilganligi (realizatsiya qilinganligi);
✅️binoning, inshootning qurilganligi va foydalanishga topshirilganligi;
✅️belgilangan tartibda ajratilgan yer uchastkasida qurilishi tugallanmagan obyektning mavjudligi;
✅️ko‘chmas mulkning bo‘linganligi;
✅️ko‘chmas mulkning birlashtirilganligi.

Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildi qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko‘ra ham shakllantirilishi mumkin.

⚜️ “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–803, 28.11.2022 y. Ko‘chmas mulkning kadastr yig‘majildini shakllantirish uchun asoslar (3-bob, 17-modda)).

#DavKadastrPalata #huquqiy_ma_lumot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2022_yil_sarhisob #ijro #VM_71 #auksion

⚡️2022-yilda auksion orqali Sirdaryo viloyatida qariyb 6,5 mlrd so‘mlik bo'sh yer uchastkalari sotildi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14.02.2022 yildagi VM-71-son qaroriga ijrosi yuzasidan, Tadbirkorlik faoliyati uchun 2 232 ta 136,3 gektar bo'sh yer maydonlari E-auksion.uz elektron savdo platformasiga mulk va ijara huquqlari asosida savdoga chiqarildi.

Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi yerlarni auksionga chiqarish sektor rahbarining maʼlum qilishicha, 2022-yil davomida auksion savdosiga chiqarilgan 2 232 ta 136,3 gektar bo'sh yer maydonlaridan 426 tasi 38,5 gektar bo‘sh yer maydonlari 6 mlrd 329 million 600 ming so‘mga sotilgan.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
#foydali_maslahat #kadastr

⚡️ Foydali maʼlumot⚡️

«Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

‼️ Tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno.

➡️ Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 14-iyuldagi 186-son qarori.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг “Глобал Жануб овози” онлайн-саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на онлайн-саммите «Голос глобального Юга»

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Voice of Global South Summit

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#bilasizmi

Oldi-sotdi jarayonida ko‘chmas mulk obyektining buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotga ega bo‘lish zarar qilmaydi.

💻Buning uchun siz onlayn tarzda – my.gov.uz yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, maʼlum bir ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida maʼlumotnoma olishingiz mumkin.

❗️Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko‘chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo‘ladi.

🔹Xizmat narxi BHMning 0,045 foizi miqdorida;
🔹Xizmat ko‘rsatish muddati - 3 ish kuni.

Кanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube
Bugun Shavkat Mirziyoyev raisligida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Davlat rahbari Toshkent shahrida Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi va Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali faoliyati bilan tanishadi.

Shuningdek, Prezident Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 31 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchilarga davlat mukofotlarini topshiradi.

Кanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr

Instagram | Facebook | YouTube