Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.93K photos
1.16K videos
20 files
5.46K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Mansabdor shaxslarning odob-axloq meʼyorlari qabul qilindi

🔰Vazirlar Mahkamasining 595-sonli qarori bilan Davlat xizmatchilarining namunaviy odob-axloq qoidalari va Odob-axloq komissiyasi to‘g‘risidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, davlat xizmatchilari xizmat va norasmiy vaqtlarida quyidagi umumiy xulq-atvor qoidalariga rioya qilishlari shart:

▪️davlat xizmatchisining obro‘siga putur yetkazadigan harakatlardan o‘zini tiyish;

▪️masʼuliyat va kasbga sodiqlik ko‘rsatish;

▪️halollikni kundalik shiorga aylantirish;

▪️murakkab vazifalarni bajarishda hamkasblarga yordam berish;

▪️hushmomilalik, eʼtiborlilik va xushyorlik bilan fuqarolarda davlatga nisbatan ishonch va hurmat hissini uyg‘otish;

▪️fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, iqtisodiy ahvoli va boshqa omillardan qat'iy naza, ular bilan bir xil, samimiy, odob doirasida munosabatda bo'lish belgilangan.


Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr_seminar

⚡️Odob axloq – inson ziynati

Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi majlislar zalida Vazirlar Mahkamasining “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 595-son qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
👍32
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #yuzma_yuz

"Yuzma-yuz" loyihasining navbatdagi sonida Kadastr agentligi Sardoba, Xovos tumani va Guliston shahar bo'limi boshliqlari hamda Davlat kadastrlari palatasi Xovos tuman filial rahbari mehmoni bo'ldi.
👍3👏1
#bilasizmi #kadastr_xizmati

⚡️Ko'chmas mulk obyektlarining turarjoy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish

🏢Ko'p kvartirali uydagi kvartira uchun

🔹Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun
BHMning 1,15 foizi

🏠YAkka tartibdagi turarjoy uchun

🔹
Obyektning 1 kvadrat metr maydoni uchun
BHMning 1,15 foizi

❗️Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 300 000 so'm bo'lsa, demak 1 kvadrat metr uchun  3 450 so'm miqdorida to'g'ri keladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #seminar_Shirin_shahar

HUQUQIY MADANIYAT—TARAQQIYOT MEZONI

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Shirin shahar bo'lim hamda filiali tomonidan "Sohaga oid qonunchiliklar va undagi o'zgarishlar" yuzasidan Shirin shahar hokimligining majlislar zalida seminar o'tkazildi.

Batafsil
👍3
#bilasizmi

❗️Yangi Mehnat kodeksiga ko‘ra

O‘zbekistonda dam olish kuni kalendar dam olish kuniga (shanba yoki yakshanba) to‘g‘ri kelsa, keyingi ish kuni (dushanba) ham rasman dam olish kuni hisoblanadi.

Aytaylik, agar 8 mart yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 8 va 9 mart rasmiy dam olish kunlari bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga shunday o‘zgartirish kiritildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #korrupsiyaga_qarshi_kurash

⚡️2022-yilning 17-oktyabr 17-noyabr kunlari Kadastr tizimida eʼlon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Sirdaryo viloyatida o'tkazilgan seminar tafsilotlari "Diyor yangiliklari" informatsion dasturi nigohida.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#ochiq_muloqot #yangiyer_shahar

«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qiladi»

🔰Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Yangiyer shahar bo'lim hamda filiali tomonidan "Yer umummilliy boyligimiz" shiori ostida Yangiyer shahar Davlatobod MFYda ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

📌Mazkur tadbir davomida ishtirokchilarga Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish tartibi va O'zboshimchalik bilan yerlarni egallab olishning huquqiy oqibatlari haqida shuningdek Aholi o‘rtasida kadastr yo‘nalishida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida sohaga oid qonunchiliklar yuzasidan ma'lumotlar berib o'tildi hamda soha yuzasidan muammolari o'rganildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
👍1
Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida maʼlumot berib boruvchi "Siyosiy-maʼrifat soati" boshlanmoqda.

Mazkur o‘quvni Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining ilm.argos.uz platformasi hamda Youtubedagi sahifasida ushbu havola https://youtu.be/r5gqBKU8B4Q orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Boshlangan yangi ish kuningiz muvaffaqiyatli va xayrli o‘tsin!

Kanalga ulanish:
https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA #UzA

Shirin shahrida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 10 oylik hisobot tinglandi

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati Shirin shahar bo‘limi tomonidan «Sohaga oid qonunchiliklar va undagi o‘zgarishlar» yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Batafsil: 👉 https://uza.uz

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
👍3
#bilasizmi #yer_nazorati #javobgarlik

⚡️Yer tuzish loyihalaridan o'zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish ma'muriy javobgarlikka sabab bo'ladi

Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo'lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, yerlardan foydalanish to'g'risidagi hisobotlarni buzib ko'rsatish, axborotlarni berishdan bo'yin tovlash yoki noto'g'ri axborot berish

🔹fuqarolarga BHMning 3 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 5 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

❗️Xuddi shunday huquqbuzarliklar ma'muriy jazo chorasi qo'llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo'lsa,

🔹fuqarolarga BHMning 5 baravari,
🔹mansabdor shaxslarga esa 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo'ladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#qonunchilikda_yangilik #bilasizmi

⚡️Ko‘chalar va xiyobonlarga nom berishda mahalliy aholining fikri hisobga olinadi

🔰 Mamlakatimizda “Geografik ob‘ektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O‘RQ–799, 02.11.2022 yil) Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo‘lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.

Geografik ob‘ektlarga nom berish va ularning nomlarini o‘zgartirish to‘g‘risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Ochiq_muloqot #Guliston_tuman

⚡️«Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qiladi»

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Guliston tuman bo'lim hamda filiali rahbalari tomonidan mahallalarda fuqarolarning sohaga oid muammolari o'rganildi.

Shuningdek mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda fuqarolarga bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbir davomida fuqarolarga "O'zboshimchalik bilan yerlarni egallab olishning huquqiy oqibati va kadastr yo‘nalishida huquqiy savodxonlikni oshirish maqsadida sohaga oid qonunchiliklar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
👍1🤔1