Sirdaryo Kadastr
1.02K subscribers
7.65K photos
1.13K videos
20 files
5.3K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
Sirdaryo viloyatining eng katta yer maydoni qaysi tumanga tegishli ?
Anonymous Quiz
9%
Xovos tumani
44%
Boyovut tumani
47%
Mirzaobod tumani
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA #gazeta

Yangi Sirdaryo gazetasining 41-sonida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalarining 🔹EGALIK HUQUQI O'RGANILAYAPTI🔹nomli maqolasi chop etildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
⚡️Yevropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida “Ko‘ksaroy” qarorgohining Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#PQ_346_son #2022_yil_1_noyabrdan

⚡️Ko’p qavatli uylarning umumiy mulki hududida qo’shimcha obyekt qurish taqiqlandi

🏢 Qurilish-montaj ishlari tugallangan ko‘p kvartirali uylardan foydalanish uchun ruxsatnoma berilganidan so‘ng loyiha hujjatlari, kadastr pasporti va mazkur ruxsatnomaga umumiy mol-mulkni yoki tutash yer uchastkasini kamaytirish va tutash yer uchastkasida qo‘shimcha ko‘p kvartirali uy yoki umumiy mol-mulk bo‘lmagan obyekt qurish uchun o‘zgartirish kiritish taqiqlanadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
"Yashil makon" loyihasi amalda

🌴 Mazkur "Yashil makon" umummilliy loyihasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi SIrdaryo viloyati boshqarmalari hamda Guliston shahar xodimlari faol ishtirok etdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #ma_lumot

🏠Bo‘sh turgan yer uchastkalarini xususiylashtirish

◽️Bo‘sh turgan yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga, hududlarni kompleks rivojlantirish va qurishga doir boshqa hujjatlarga, yer uchastkalaridan foydalanishning ruxsat berilgan turlariga muvofiq aniqlanadi.

◽️Bo‘sh turgan yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali xususiylashtiriladi.

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuni, 25-modda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
​​🔹1-noyabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?🔹

▪️ Davlat kadastrlari palatasi 1-noyabrdan qonunchilikdagi ro'y beradigan ayrim o'zgarishlar haqida ma'lumot beradi:

✔️Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlari boshqaruv faoliyatini, ular elektron reyestrga kiritilgandan so‘ng amalga oshiradi.

✔️O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxati kengaytiriladi.

✔️Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan barcha tekshiruvlar axborot tizimida ro‘yxatga olinadi.

✔️Sirdaryo viloyatida nikoh tuzish va nikohdan ajratish bo‘yicha arizalarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi.

✔️Tibbiyot muassasalaridagi vakant lavozimlarga talabalar, magistr va klinik ordinatorlarni ishga joylashtirish choralari ko‘riladi.

✔️Eksportchilarga soliq bazasini kamaytirish imtiyozi umumiy tushumdagi eksport hajmining ulushidan qat’i nazar qo‘llanadi.

✔️Intellektual mulk huquqlarini buzganlarga huquqiy ta’sir choralari maxsus portal orqali amalga oshiriladi.

✔️Mobil aloqa operatorlari, tijorat banklari hamda to‘lov tizimlari operatorlariga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi.

✔️Sinov tariqasida fuqarolarni vaqtincha turgan joyi bo‘yicha maxsus planshet orqali ro‘yxatga olish boshlanadi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar
#Kadastr #live

⚡️Ayni damda Kadastr agentligi Komplayens-nazorat xizmati bo‘limi boshlig‘i Baxtiyor Shomansurov hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari boshliqlari boshchiligida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida seminar bo'lib o'tmoqda.

Ushbu seminarda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining viloyat, tuman va shahar xodimlari ishtirok etishmoqda.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi

🔹 2022-yilning 17-oktyabr-17-noyabr kunlari eʼlon qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari (210 nafar) ishtirokida xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan seminar hamda tizimda qayd etilayotgan salbiy xolatlar xususida tushuntirish-profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Batafsil