Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan 2022-yilning 9 oy davomida sohaga oid amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar mavzusida matbuot anjumani o'tkazildi.

🎬 Matbuot anjumani tafsilotlari batafsil reportajda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #komplayens_nazorati

⚡️Kadastr tizimida 2022-yil 17-oktyabrdan 17- noyabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"

"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi"
doirasida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliyev tomonidan, Xovos tuman kadastr xodimlari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Mazkur tadbirda, ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati hamda bugungi kunda yurtimizda Korrupsiya degan illatga qarshi kurashish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri ekanligi va bu masalaga keng jamoatchilik bilan hamkorlikda qarshi kurashish lozimligi ta'kidlandi.

Tadbir so'ngida xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy ma'daniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan o‘zaro fikr almashinildi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#Kadastr

⚡️KADASTR AGENTLIGI XODIMLARI TAQDIRLANISHDI

Joriy yilning o'tgan davrida Yer va davlat kadastri nazorati sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlashdagi mehnat faoliyati uchun bir nechta tizim xodimlari taqdirlanishdi.

Eng faol xodim nominatsiyasi bilan;

1.Mirsharipov Alimardon G'aybulla o'g'li
2.Eshonqulov Doston Eralijonovich
3.Shodiev Murodjon O'ktam o'g'li

Eng na'munali xodim nominatsiyasi bilan;

1.Ashirov Oybek Baxodir o'g'li
2.Hamraqulov O'tkirbek G'ulomjon o'g'li
3.Amandikov Botir Turakulovich

Eng Samarador xodim nominatsiyasi bilan;

1.Barbarov Xislat Abduraxmonovich
2.Ashirov Oybek Baxodir o'g'li
3.Otamurodov Jamshid Turdimuratovich taqdirlanishdi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
25 – oktabr - «Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni»

Ichki ishlar organlari xodimlarini, aziz faxriylarimizni hamda yurtimiz tinchligini himoya qilib, xizmat burchini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini «25-oktabr – Ichki ishlar organlari xodimlari kuni» kasb bayrami munosabati bilan samimiy tabriklaymiz.

Yurtimizda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash, qonunchilik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek masʼuliyatli va sharafli xizmatlaringizga muvaffaqiyatlar yor boʻlsin.

Vatan himoyachilari, tinchlik posbonlari omon bo‘ling!

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#qonunchilikda_yangilik

⚡️Yer ajratish to'g'risida qarori bo‘lmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-oktabrdagi 610-son qaroriga ko‘ra,

2023-yil 1-yanvarga qadar Kadastr agentligi tomonidan Milliy geoaxborot tizimida ochiq maʼlumotlar asosida ommaviy geoportal yuritiladi va u ishga tushiriladi.

💻Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash ishlari faqat axborot tizimi orqali elektron tarzda amalga oshiriladi.

📄2024-yil 1-yanvarga qadar davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari amalda foydalanib kelayotgan, biroq yer ajratish haqida qaror qabul qilinmagan yer uchastkalarini rasmiylashtirish ishlari yakunlanadi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi yer uchastkasi kadastr raqami, uning manzili va undan foydalanish maqsadi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni foydalanuvchilar tomonidan bepul olish imkoniyati yaratiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
⚡️O‘zbekiston Respublikasining "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonuni qachon qabul qilingan ?
Anonymous Quiz
21%
2018-yil 28-fevral kuni
20%
2017-yil 17-aprel kuni
39%
2017-yil 3-yanvar kuni
20%
2020-yil 6-dekabr kuni
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_bilim

Yer ajratish masalasida firibgarlarga aldanib qolmang❗️

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️ 2023-2025 yillarda O‘zbekiston hududida Milliy koordinatalar tizimi joriy etiladi

Bu haqda bugun AOKAda o‘tkazilgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov maʼlum qildi:

Prezident qarori bilan 2023-2026 yillarda Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi:

➡️ Batafsil

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
▫️Rasmiy munosabat▫️

⚡️IJTIMOIY TARMOQLARDA AYLANAYOTGAN "10400 AQSH DOLLARI" HAQIDA ANIQROQ

Bugun kunning ikkinchi yarmida deyarli barcha ijtimoiy tarmoq kanallarida "Kadastr muhandisi 10.400 AQSh dollari bilan ushlandi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Aslida 10400 Aqsh dollarini kim olgan?

Demak, joriy yil 21 oktabr kuni fuqaro Sh.Ya. Toshkent viloyat IIBB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilib, o‘z arizasida "Ibroxim" ismli shaxs Yangiyo‘l tumani Xalqobod maxallasi hududidagi “U.Yusupov” nomli agrofirmaga qarashli 32 sotix yer maydonini jami 29.000 AQSh dollariga sotishligini va ushbu yer maydonini Yangiyo‘l tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishi orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 2.400 AQSh dollari berish kerakligini, shundan "avans" sifatida oldindan kadastr xodimi 400 AQSh dollari va yer maydoni egasi "Ibroxim" ismli shaxs 10.000 AQSh dollari talab qilishayotganligini bayon qilib, ularga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Arizaga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida "Ibroxim" deya aytilayoigan fuqaro I.A kelishilgan summadan "avans" sifatida 10.000 AQSh dollarini olayotgan vaqtida, kadastr muhandisi esa 400 AQSh dollari olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Lekin, ijtimoiy tarmoq sahifalar sarlavhalarida esa "kadastr muhandisi" iborasi birinchi planga qo‘yilib, 10.400 AQSh dollari olganligiga urg‘u berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoq egalaridan har bir ma’lumotni yaxshi o‘rgangan holda omma e’tiboriga havola etishlarini so‘rardik, zero birgina yuzaki o‘rganilgan xabar ortidan nafaqat bir insonning balki butun bir tashkilotning nomi qoralanayotganini anglash lozim.

📌 Biz bu rasmiy munosabat orqali xodim tomonidan qilingan noqonuniy harakatni oqlamoqchi emasmiz, aksincha qonun ustuvorligi ta’minlanishi tarafdorimiz. OAVlar va blogerlardan esa ma’lumotni noto‘g‘ri tarqatmasliklarini so‘raymiz.

#DavKadastrPalata #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#infografika

⚡️O‘zbekiston Respublikasi yer fondi yerlaridan foydalanish maqsadi va tartibiga ko‘ra o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, ular “Yer kodeksi”ning 8-moddasiga asosan 8 ta toifaga bo‘linadi

◻️Sirdaryo viloyatining yer fondining
toifalari bo‘yicha taqsimlanishi quyidagicha;

◾️Qishloq xo‘jaligiga mo'ljallangan yerlar 371 147 gektar,
◾️ Aholi punktlari yerlari 7 942 gektar,
◾️ Sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar 11 473 gektar,
◾️Tabiatni muhofaza qilishga mo‘ljallangan yerlari 135 gektar,
◾️Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 0 gektar
◾️O‘rmon fondi yerlari 10 147 gektar,
◾️Suv fondi yerlari 26 705 gektar,
◾️Zaxira yerlar 69 gektarni tashkil etadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #LX #workshop

🟢24-25-oktabr kunlari Koreya Respublikasining yer va geofazoviy maʼlumotlar korporatsiyasi (LX) va SIIS vakillaridan iborat, Lee Jong Min boshchiligidagi delegatsiya yurtimizda mehmon bo'lishdi.

“Integratsiyalashgan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlarini qo‘llash tizimi bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslar uchun dastlabki o‘rganish” loyihasi doirasidagi ushbu tashrif davomida Kadastr agentligi markaziy apparati, Geoinnovatsiya markazi va Respublika aerogeodeziya markazi xodimlari uchun 2 kunlik mahalliy trening bo‘lib o‘tdi.

🟥Trening davomida mutaxassislar

➡️Geodezik koordinatalar tizimi;

➡️Yerni kuzatish sunʼiy yo‘ldosh tizimi platformasi;

➡️Koordinatalarni o‘zgartirish usuli;

➡️Koordinatalar tizimini o‘zgartirish uchun dasturiy taʼminot joriy etish kabi mavzularda malakalarini oshirdilar.

🖼Trening yakuni bo‘yicha mutaxassislarga Koreya Respublikasi delegatsiyasi tomonidan sertifikat va sovg‘alar topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIRDARYO VILOYATI YOSH MULKDORLAR SONI 8 412 TA

🇺🇿Yurtimizda 2022-yil oktabr holatiga 8 131 845 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud. Demakki shuncha mulkdorlar degani.

🙍🏻‍♂️ Navbatdagi ma’lumotlar orqali O‘zbekiston Respublikasida 30 yoshgacha bo‘lgan mulkdor yoshlar qancha ekanligi bilan tanishishingiz mumkin.

📊 Ma'lumotlarga ko‘ra, yosh mulkdorlar Sirdaryo viloyatida 8 412 ta, yani 5%ni tashkil etadi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
#kadastr #komplayens_nazorati

⚡️ Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir

🔰Xabaringiz bor, Kadastr tizimida 17-oktyabrdan 17-noyabrgacha “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” eʼlon qilingan.

🔹Bugun ushbu oylik doirasida Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliev tomonidan Sirdaryo tuman kadastr xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaga yo‘l qo‘yganlik uchun javobgarlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari” mavzusida seminar o'tkazildi.

🔹Shuning bilan bir qatorda ushbu tadbir davomida har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondashgan holda faoliyat yuritishi, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasligi hamda har bir xodim nafaqat tizim uchun balki birinchi galda o‘z oilasi uchun qadrli ekanligini unutmasligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr