Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.58K photos
1.12K videos
20 files
5.24K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Ona_tilim_faxrim

🇺🇿QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!

⚜️ Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari xodimlari ona tilimizga bo‘lgan yuksak hurmatini "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida ifoda etishmoqda.

Davlat tiliga hurmat – yuksak insoniy burch ekanligini barchamiz yodda tutmog‘imiz lozim!

🗣 Ona tilimizni targ‘ib etishda siz ham faol ishtirok eting!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Tayinlov #Sirdaryo #Vacancy_argos

Abdullayev Yo‘ldoshali Ulug‘bek o‘g‘li – Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Umumiy bo‘lim boshlig‘i vakant lavozimiga o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

Bunga qadar Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish bo‘limi kadrlar bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #subsidiya #VMQ_601_son

Subsidiya ajratish soddalashtirildi

2022 yil 1- dekabrdan:

▫️ subsidiyaga talabgorlarni tanlab olish komissiyalari tarkibidan Yoshlar ishlari agentligi bo‘lim boshlig‘i va aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktorlari chiqariladi;

▫️ subsidiya olish uchun arizani aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari, Yoshlar ishlari agentli bo‘limlari va tuman (shahar) hokimligi tomonidan ko‘rib chiqish tartibi bekor qilinadi;

▫️ bunda mazkur tashkilotlarning maʼlumotlari subsidiya.idm.uz dasturiy taʼminoti orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

▫️ subsidiya ajratish maqsadida uy-joyga muhtoj fuqarolarni aniqlashning ijtimoiy mezonlari doirasida quyidagilar ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan ayrim shaxslar toifasiga kiritiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #xalqaro_hamkorlik

👍 Kadastr agentligi hamda 🇷🇺 Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti (МИИГАиК) birgalikda “Hududlarni rivojlantirish uchun geofazoviy texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha eng yaxshi amaliyotlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjumanning to'liq tafsilotlari quyidagi lavhada.

Telegram 📸 Instagram 📹YouTube 🌐 Facebook 🌐Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
JURNALIST VA BLOGERLAR DIQQATIGA!

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari hamkorlikda 2022-yilning 9 oy davomida sohaga oid amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o'tadi.

Matbuot anjumaniga barcha bosma va elektron OAV vakillari, jurnalistlar, ijtimoiy tarmoq faollari, blogerlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilot va muassasalar axborot xizmatlari rahbarlarini taklif etamiz!

🕗 Boshlanish vaqti: 20-oktyabr, soat 10:00 da.

🏢 Manzil: Sirdaryo viloyati Guliston shahar, Yoshlar markazi majlislar zali.

🌐 Lokatsiya

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vakantkadastr

⚡️KADASTR TIZIMIDA BO'SH ISH O'RINLARI

🏢Kadastr
agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

— Kadastr agentligi Mirzaobod tumani bo‘limi bosh inspektori.

— Davlat kadastrlari palatasi Oqoltin tumani filiali yerlarni auksionga chiqarish mutaxassisi;

— Davlat kadastrlari palatasi Xovos tumani filiali davlat kadastri yagona tizimi bo‘yicha mutaxassisi.

☝️Tanlovga arizalar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari ochiq portali orqali qabul qilinadi.

❗️Shoshiling, arizalar qabul qilish muddati cheklangan

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев “ТошкентбошпланЛИТИ” давлат унитар корхонасига бориб, Тошкент шаҳрининг 2045 йилгача бўлган Бош режаси лойиҳаси билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил государственное унитарное предприятие «ТашкентбошпланЛИТИ» и ознакомился с проектом Генерального плана города Ташкента до 2045 года.

#Mirziyoyev #taqdimot #Toshkent #boshplan

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 18-oktabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali Sirdaryo tumanida "Uylarga raqam qo'yish majburiy deb 15 ming so'm pul evaziga qo'yib ketishibdi" nomli maqola e'lon qilindi.

Ayni vaqtda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu murojaatni atroflicha o'rganib chiqishmoqda.

O'rganish natijalari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#korrupsiyaga_qarshi

📌Qonunchilikka ko‘ra, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘ladi.

▪️Shu sababdan ham Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari

Sizlarni Korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

❗️Agarda siz kadastr sohasida o‘z mansabini suiisteʼmol qilish va korrupsiyaga qo‘l urish holatlarini sezsangiz Kadastr agentligining 📞 1097 ishonch telefoniga yoki Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati xodimining 📞67-225-98-97 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

📌Maʼlumot taqdim etgan shaxslar sir saqlanishi taʼminlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
RASMIY MUNOSABAT

Joriy yilning 18-oktyabr kuni ijtimoiy tarmoq orqali Sirdaryo tumanida "Uylarga raqam qo‘yish majburiy deb 15 ming so‘m pul evaziga qo‘yib ketishibdi" nomli maqola eʼlon qilindi.

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalari tomonidan o‘rganish natijalari ko‘ra ushbu holatni sodir etgan S.Fazliddinov, Kadastr agentligi yoki Davlat kadastrlari palatasining xodimi emas va ushbu shaxs aldov yo‘li bilan aholidan uy raqamlarini qo‘yish shart deb pul mablag‘lari o‘zlashtirilganligi aniqlandi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1010-sonli qaroriga asosan Davlat kadastrlari palatasi manzillarni belgilash, xonadonlarga uy raqami hamda kadastr raqamlarini reestrga kiritish belgilangan bo‘lib, lekin mazkur qarorga asosan ko‘cha nomlari va uy raqamlarining eslatma peshlavhalarini ilish yuklatilmagan. Mazkur peshlavhalarini ilish mahalliy hokimliklar tomonidan tashkil etiladi.

Kanalga ulanish: https://t.iss.one/sirdaryo_kadastr
Ko`p uchraydigan savolga javob

Savol:
Ota-onam vafot etishgan. Hozirgi kunda akam va men oilalarimiz bilan ota-onamizdan qolgan uyda istiqomat qilyapmiz. Yaqinda o‘zaro kelishib, uyni akamning nomiga rasmiylashtirishmoqchi bo‘lsak, bildikki, u hamon bundan 40 yillar muqaddam otamga sotgan kishining nomida ekan. Endi biz uyni rasmiylashtirish uchun qanday yo‘l tutsak, to‘g‘ri bo‘ladi?

Javob: Mazkur holatda ota-onangizdan qolgan uy-joy bo‘yicha meros ishi rasmiylashtirishning imkoni yo‘q. Chunki otangiz uyni og‘zaki kelishuvga asosan sotib olgan ko‘rinadi. Uy-joyni boshqa shaxsga o‘tkazish haqida bitimlar yozma shaklda tuzilishi va notarial tasdiqlangan bo‘lishi shart.

Fuqarolik kodeksining 187-moddasiga asosan, mulkdor bo‘lmagan, lekin ko‘chmas mol-mulkka 15 yil davomida o‘ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi.

Shunga ko‘ra, Siz uy-joyni rasmiylashtirish uchun mazkur uy-joy joylashgan hududdagi sudga ariza bilan murojaat qilishingiz lozim.
#ayni_dam #LIVE

Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan joriy yil 9 oyi davomida sohada amalga oshirgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube