Sirdaryo Kadastr
1.03K subscribers
7.13K photos
1.04K videos
18 files
4.95K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Kadastr #nazorat_tadbiri

❗️ Noqonuniy egallangan yer – javobgarlikka tortilish, jarimalar, ortiqcha xarajat demakdir

Kadastr agentligi Guliston tumani bo‘limi tomonidan A.Yassaviy MFY hududida fuqarolar tomonidan ko'p qavatli xonadonlarga tutash bo'lgan yer maydonlarida noqonuniy qurilmalar aniqlandi.

Guliston tumani bo‘limi hamda Mahalla fuqarolar yig'ini raisi bilan hamkorlikda yer qonun buzilish holatlarini sodir etgan fuqarolarga ogohlantirish xatlari berilib, belgilangan muddatlarda yerni avvalgi holatiga qaytarilishi lozimligi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar himoyasi yana-da kuchaytirilmoqda

Senatning o‘ttiz uchinchi yalpi majlisida “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi Qonun senatorlar tomonidan muhokama qilindi.

Mazkur Qonunga ko'ra ko‘chmas mulkning turlari, ularga bo‘lgan huquqlar hamda cheklovlar, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ketma-ketligi, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va rad etish, kelib chiqadigan nizolarni sudgacha tartibda hal qilish va boshqa sohaga oid barcha munosabatlar huquqiy yechimi ko‘rsatilgan.

Shuningdek Qonun qabul qilinishi natijasida jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat tomonidan kafolatlanishi kuchayadi. Mulkdorlar huquqlarining ishonchli himoya qilinishi taʼminlanadi. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq nizolarning sudgacha hal etilishi, xususiy mulkka bo‘lgan munosabatni o‘zgarishiga, qolaversa, iqtisodiyotga investitsiyalar jalb qilinishiga va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga erishiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Yangiliklar 24 | Kadastr agentligi brifingi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#tezkor #Vakantkadastr

⚡️IMKONIYATNI QO'LDAN BOY BERMANG

🏢Kadastr
agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

— Boyovut tumani bo‘limi bosh mutaxassisi

— Xovos tumani bo'limi bosh inspektori

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

❗️Hujjatlar 2022-yil 9-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastrmahalla #Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🏢Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassisi N.D.Abdaliyev hamda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Guliston shahar bo'limi boshlig'i Z.Matmusayev hamda filiali rahbari B.Radjabov boshchiligida Sirdaryo viloyati Guliston shahar "Ibratli" mahallasida "Aholi o‘rtasida kadastr yo‘nalishida huquqiy savodxonlikni oshirish va korrupsiyaga qarshi kurash hamda uning oqibatlari" mavzusida mahalla fuqarolari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#kadastr #xatlov

⚡️Sirdaryoda viloyatida xatlov ishlari qizg‘in davom etmoqda

"Kadastr hujjatiga ega bo‘lmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yakka tartibdagi uy-joylarni" xatlovdan o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlar tomonidan joylarda xatlov ishlari hamda egalik huquqi bo'lmagan xonadonlarga oid ma’lumotlarni "Uzkad" elektron bazasiga kiritish ishlari olib bormoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxush vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

🔢Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi.

👥Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

💰Xizmat narxi - 15 000 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida

Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Vakantkadastr

⚡️Hurmatli Sirdaryo viloyati aholisi biz bilan bir jamoada bo'lish uchun imkoniyatdan foydalanib qoling.

🔻Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmas
ida quyidagi vakant lavozimga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qiladi:

— Xovos tumani filiali davlat kadastri yagona tizimi bo‘yicha mutaxassisi.

☝️Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari lozim.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.

❗️Hujjatlar 2022-yil 13-oktabrgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

Ноқонуний эгалланган 728 та ер майдони ўз ҳолатига қайтарилди

Кадастр агентлиги Сирдарё вилоят бошқармаси томонидан жорий йил бошидан 1 октябрь кунига қадар 888 та ҳолатда 79,24 гектар ер майдонлари ўзбошимчалик билан эгаллаб олинганлиги аниқланган.

Батафсил: https://uza.uz/posts/413930

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #OAV_BIZ_HAQIMIZDA

⚡️Fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlariga nisbatan 32 ta jarima jazosi tayinlangan.

🔰“Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Kadastr agentligi va hududiy boshqarmalariga jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda kamchiliklar va qonunbuzarliklarga yo‘l qo‘ygan rahbar hamda mas’ul xodimlarga nisbatan 32 ta jarima, 142 ta hayfsan, jami 174 ta intizomiy jazo choralari qo‘llanilgan”, — deydi Odil Mahmudov.

📌BATAFSIL O'QISH UCHUN

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt