Sirdaryo Kadastr
1K subscribers
7.38K photos
1.09K videos
18 files
5.11K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Eslatma #VMQ-200

📢Quyidagilar bino va inshootning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🔹so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
🔹davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamaslik;
🔹loyihada bino va inshootning hajmi va maydoni o‘zgarganligi;
🔹bino va inshootning avariya holatida ekanligi;
🔹bino va inshootga bo‘lgan huquqning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi;
🔹loyiha tegishli litsenziyasi bo‘lgan loyiha tashkiloti tomonidan ishlab chiqilmaganligi;
🔹binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishi nazarda tutilganligi;
🔹bino va inshoot fasadi eskiz loyihasining qonunchilik talablariga, shu jumladan, shaharsozlik normalari va qoidalariga mos kelmasligi;
🔹vakolatli organga ariza beruvchi tomonidan obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratilmaganligi;
🔹taqiqda turgan obyektlar;
bino va inshootlarni ulushdorlaridan birining roziligi bo‘lmasa;

Telegram
#Sayyor_qabul

DIQQAT E`LON!

⚡️HURMATLI SIRDARYO VILOYATI FUQAROLARI HAMDA TADBIRKORLARI DIQQATIGA!

🏢 Aholining kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Oqoltin tumanida sayyor qabul bo'lib o‘tadi.

📝 Kadastr bilan bog‘liq muammolaringiz bo‘lsa, joriy yilning 16-iyul kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

📌 Sayyor qabul Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i A.Maxarov hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi boshlig’i B.Minasipov boshchiligida bo‘lib o‘tadi.

📍Manzil: Sirdaryo viloyati, Oqoltin tumani, Sardoba shaharchasi, A.Navoiy mahallasi Ma'daniyat binosi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#hisobot_murojaatlar #Infografika

⚡️MUROJAATLAR TAHLIL QILINGANDA...

📊 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning filiallariga kelib tushgan fuqarolarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul #live

⚡️Sayyor qabul: E'tibor markazida Oqoltin tumani.

🟦 Ayni damda Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari mas'ul xodimlari boshchiligida navbatdagi sayyor qabul Oqoltin tumanida bo'lib o'tmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Ўзбекистон Республикаси Президентининг фармони билан Сардор Уктамович Умурзаков Ўзбекистон Республикаси Президенти Администрацияси раҳбари лавозимига тайинланди ва шу муносабат билан Бош вазирнинг инвестициялар ва ташқи иқтисодий масалалар бўйича ўринбосари - инвестициялар ва ташқи савдо вазири лавозимидан озод этилди.

Указом Президента Республики Узбекистан Умурзаков Сардор Уктамович назначен на должность руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан, в связи с чем освобожден от должности заместителя Премьер-министра по вопросам инвестиций и внешнеэкономических связей - министра инвестиций и внешней торговли.

Facebook|Instagram|Twitter
#Infografika

Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasining tuman va shahar inspektorlari tomonidan aniqlangan o‘zboshimchalik bilan egallangan yer maydonlari to‘g‘risida 2022-yil 1-yanvardan 1-iyul holatiga ma'lumot

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xotin-qizlarga imkoniyat⚡️

🔊 Hurmatli yurtimiz xotin-qizlari!

🔷Endilikda siz, mukammal egallagan sohangiz bo‘yicha oliy ma’lumotingiz bo‘lmaganidan qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi. Sababi, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil ish stajiga ega, ammo oliy ma’lumoti bo‘lmagan xotin-qizlarni Davlat oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Vazirlar mahkamasining 322-son qarori e’lon qilindi!

📹 Bu bo‘yicha batafsil mazkur videorolikda...

#DavKadastrPalata #xotin_qizlarga_imkoniyat

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🕑Davlat kadastrlari palatasi hafta davomida” dasturi 11-17 -iyul kunlarida tizimda ro‘y bergan muhim yangiliklar haqida xabar beradi.

#DavKadastrPalata #hafta_davomida #daydjest

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
#Vakansiya #Kadastr

⚡️BIZ BILAN BIR JAMOADA BO'LING

📣Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga tanlov eʼlon qiladi:

Iqtisodchisi

❗️Hujjatlar 2022-yil 24-iyulgacha qabul qilinadi.

🔷 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha video qo‘llanma.
🔷 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz‘dan ro'yxatdan o'tish bo'yicha video qo'llanma.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr #palata #boshqarma
🔰Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi ish faoliyati bilan tanishing.

🏢Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi
8ta tuman va 3ta shaharlaridagi filiallar aholi uchun xizmat qilib kelmoqda.

🔹 Telegram;
🔹 Instagram;
🔹 Facebook;
🔹 YouTube - ijtimoiy tarmoqlariga ega.

🏢Boshqarma haftaning dushanbadan jumasigacha soat 9:00dan 18:00gacha faoliyat ko‘rsatadi.

☎️Murojaatlarga o‘z vaqtida javob berib borish maqsadida +99867 225 47 10 telefon raqamlari;
📱 @SirdaryokadastrBOT telegram boti doimo faoliyatda.

📍Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Guliston shahri Islom Karimov ko’chasi 16-uyda joylashgan.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
▫️Huquqiy savodxonlik oyligi▫️

💠Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 709-son qarori bo'yicha Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish tartibi quyidagicha👆

#DavKadastrPalata #qaror #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
🔹Kadastr tizimidagi o‘zgarishlar ortiqcha “yugur-yugur”larga chek qo‘ymoqda

🇺🇿Yangi O‘zbekiston” ijtimoiy-siyosiy nashri saytida bugun e’lon qilingan mazkur sarlavhada Davlat kadastrlari palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Nozimjon Inamov sohadagi yangiliklar, o‘tgan davrda aholiga yaratilayotgan qulayliklar bo‘yicha qilingan ishlar haqida batafsil ma’lumot beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Yer uchastkasi olib qo'yilganligi munosabati bilan egasiga noqulayliklar uchun ko'chmas mulk qiymatining 5 foizi miqdorida qo'shimcha to'lov to'lanadi

🔰 Qonunga asosan, yer uchastkasi olib qo'yilishi munosabati quyidagilar kompensatsiya qilinadi:

🔸olib qo'yilgan yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulkning bozor qiymati;
🔸olib qo'yilgan yer uchastkasiga bo'lgan huquqning bozor qiymati (bundan qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarga bo'lgan ijara huquqi mustasno);
🔸olib qo'yilgan yer uchastkasida joylashgan ko'p yillik dov-daraxtlarning bozor qiymati;
🔸ko'chish, shu jumladan boshqa ko'chmas mulkni vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog'liq xarajatlar;
🔸yer uchastkasidan va unda joylashgan ko'chmas mulkdan foydalanishdan olinishi mumkin bo'lgan boy berilgan foyda (bunda yer uchastkasi va unda joylashgan ko'chmas mulk bo'shatib qo'yilgan paytdan e'tiboran avvalgi faoliyatni tiklashgacha bo'lgan, biroq 1 yildan ortiq bo'lmagan muddatdagi foyda yoki mavsumiy hosildan olinishi mumkin bo'lgan foyda hisobga olinadi);
🔸huquq egasining qonunchilikda yoki kelishuvda nazarda tutilgan boshqa xarajatlari va zararlari.

💰Yer uchastkasi olib qo'yilganligi munosabati bilan huquq egasiga noqulayliklar keltirib chiqarilganligi uchun kompensatsiya sifatida yer uchastkasida joylashgan ko'chmas mulk bozor qiymatining 5 foizi miqdorida bir martalik to'lov amalga oshiriladi.

Qonunchilikka muvofiq, huquq egasiga tegishli bo'lgan, olib qo'yilgan yerda o'zboshimchalik bilan qurilgan turar joylar (yashash uchun mo'ljallanmagan joylar), ishlab chiqarish binolari va inshootlari hamda boshqa binolar va inshootlar mavjud bo'lgan taqdirda, ularning bozor qiymati ham to'liq hajmda qoplanishi lozim.

➡️ Shuningdek, turar joyga nisbatan huquqni belgilovchi hujjatlari mavjud bo'lmagan, ushbu turar joyga 15 yil (egalik qilish huquqini yuzaga keltiruvchi muddat) mobaynida xuddi o'z mulkidek halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxslarga, ushbu ko'chmas mulk obyektlari uchun soliqlar to'lab kelinganligi tasdiqlangan taqdirda, mazkur ko'chmas mulk obyektlari qiymatining o'rni qoplanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
📝 Joriy yilning 16-iyun kuni Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi rahbariyati boshchiligida Oqoltin tumani Sardoba shaharchasi A.Navoiy mahallasi Ma'daniyat binosida bo'lib o'tgan sayyor qabul natijalari.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида видеоселектор йиғилиши бошланади. Асосий мавзу - экин ерлари ва томорқадан самарали фойдаланиш орқали озиқ-овқат етиштиришни ва аҳоли даромадларини кўпайтириш. Шу билан бирга ғаллани етиштириш ва харид қилишни молиялаштириш, аҳолини уй-жой билан таъминлаш масалалари кўриб чиқилади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание. Основная тема - увеличение производства продовольственной продукции и повышение доходов населения за счет эффективного использования посевных и приусадебных земель. Также будут рассмотрены вопросы финансирования заготовки и закупки зерна, жилищного обеспечения населения.

Facebook|Instagram|Twitter
Яратилган имкониятлардан тўғри фойдаланиб яхши тажриба ва тизим яратган туман ва маҳаллалар жуда кўп.

Хўжаобод, Мўйноқ, Ҳазорасп, Шаҳрисабз, Яккабоғ, Нурота ва Сариосиё каби ўнлаб туманларда ҳам яратилган иш ўринлари кўрсаткичи қониқарли.

Президент Ҳазорасп тумани аҳолисига бу ислоҳот қандай имкониятлар яратгани ҳақида “Шовот” маҳалласи раиси Сора Ражабованинг фикрларини сўради. Унинг фикрларини эшитиб, барча маҳалла раисларига мурожаат қилди.

"Ҳар бир маҳалладаги хонадон ва кўча бўйларидаги ер майдонларига тажрибали деҳқонларни жалб қилиб, маҳаллангизда озиқ-овқат таъминоти бўйича ўз тажрибангизни яратсангиз, биласизларми қандай катта ўзгариш бўлади!”, деди Президент.

Йил якуни бўйича республикадаги 200 нафар намунали тажриба яратган маҳалла раисларини рағбатлантиришга топшириқ берилди.

Шу билан бирга, республика бўйича 16 минг гектар майдон эгасини топмаган. Чунки бу ерлар аҳоли яшайдиган жойдан узоқ, суви оғир, мелиоратив ҳолати ёмон, лалми ва яйлов майдонлардан танлангани учун уларга деҳқонларда қизиқиш йўқ.

Бундан ташқари, 4 минг 300 гектар майдон эгаларига кадастр берилмаган, яъни уларда ҳали эгалик ҳуқуқи йўқ.

Мутасаддиларга ва вилоят ҳокимларига танловда эгаси аниқланмаган ерларни аҳоли учун қулай майдонларга алмаштириш, ер эгаларига кадастр ҳужжатини расмийлаштириб бериш топширилди.

Facebook|Instagram|Twitter
Йиғилишда яна бир муаммога тўхталиб ўтилди – 2 миллион 600 мингта аҳоли хонадонларининг кадастр ҳужжатлари йўқ.

Ушбу аҳоли томорқа учун кредит, субсидия ҳамда уй-жойини кенгайтиришга ипотекадан фойдалана олмаётгани ҳақида Халқ қабулхоналарига мурожаатлар тушмоқда. Устига устак, кадастри бўлмагани учун ер солиғи 3 карра миқдорда ҳисобланмоқда.

Шу боис Адлия вазирлиги, Солиқ қўмитаси, Кадастр агентлигига бир ҳафта муддатда ишчи гуруҳларини шакллантириб, ишларни бошлаш топширилди. Ишчи гуруҳлари:

- 1 октябрга қадар маҳаллабай кадастр ҳужжати бўлмаган хонадонларнинг электрон рўйхатини шакллантиради;

- уй-жойга бўлган ҳуқуқларни эътироф этишга асос бўлувчи ҳужжатларни тўплайди ва электрон базага киритади.

Мутасаддиларга республиканинг барча ҳудудларида кадастри йўқ хонадонлар масаласини узил-кесил ҳал қилиш учун алоҳида қонун лойиҳасини ишлаб чиқиб, муҳокамага киритиш вазифаси қўйилди.

Янги қонун қабул қилингунига қадар бу уй-жой эгаларига уч карра оширилган солиқ қўллаш тўхтатиб туришга қарор қилинди.

Facebook|Instagram|Twitter
“Бундан буён йиғилиш ва қарорларни камайтириб, ижро ва аҳоли муаммолари бўйича ишлайдиган тизим бўлади.

Самарқанд вилоятидаги ўрганишлар кўп камчиликларимизни кўрсатди. Бир ойдан кейин ҳар бир вилоят ҳокими қилган ишлари ҳақида алоҳида ҳисобот беради.

Олдимизда ҳали энг қийин ва оғир ислоҳотлар турибди. Ҳамма ўзгариши керак, иш услубларини ҳам ўзгартириши керак”, деди Президент.

Вазирлар Маҳкамасида, вазирлар ва ҳокимлар ҳам ўз тизимида ўн кун муддатда структураси ва иш услубларини ўзгартириши шартлиги кўрсатиб ўтилди.

Адлия вазирлигига муддатда аҳоли ва тадбиркорларни янгиликлардан хабардор қилиш ва уларга қулайликлар яратиш ҳамда қонунчиликни ихчамлаштириш бўйича янги тизимни ишлаб чиқиш топширилди.

Ҳисоб палатаси, Молия вазирлигига берилаётган маблағлар мақсадли ишлатилиши, айниқса, қурилишни молиялаштириш, субсидия ва компенсация ажратиш жараёнларини рақамлаштириш бўйича янги тизимни ишлаб чиқиш топширилди.

Умуман, ҳамма маҳалла, туманга тушиб, муаммоларни ичига кириб, аниқ натижага ишлаши шарт”, деди давлатимиз раҳбари.

Facebook|Instagram|Twitter
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: Yer maydonini xususiylashtirishni qanday afzalliklari bor?

Javob: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 14-fevralidagi 71-sonli qaroriga asosan yer maydonlarini xususiylashtirishni quyidagicha afzallik tomonlari bor.

🔷 Mulk huquqiga ega bo'lish, yer uchastkasini bir qismini sotish yoki hadya qilish.

🔷 Davlat tomonidan yer uchastkalari olib qo'yilmaydi faqat sotib olinishi mumkin.

🔷 Yer maydonini mustaqil qo'shish, taqsimlash va ajratish huquqini beradi.

🔷 Yer uchastkasidan garov sifatida foydalanish huquqini beradi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi #qonunchilikda_yangilik

⚡️PREZIDENT TOPSHIRIG'IGA BINOAN

🔹Respublikaning barcha hududlarida kadastri yo‘q xonadonlar masalasini uzil-kesil hal qilish uchun alohida qonun loyihasini ishlab chiqib, muhokamaga kiritish vazifasi qo‘yildi.

🔹Yangi qonun qabul qilinguniga qadar bu uy-joy egalariga uch karra oshirilgan soliq qo‘llash to‘xtatib turishga qaror qabul qilindi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Murojaatim hal"

🇺🇿Kadastr xodimlarining sa'y harakatlari sabab fuqaro murojaatiga ijobiy yechim topildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube