Sirdaryo Kadastr
1.01K subscribers
7.25K photos
1.07K videos
18 files
5.03K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Eslatma

🔰Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari

🔷Kadastr pasportini tayyorlash ko‘chmas mulk obyektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹ko‘p kvartirali uydagi kvartira — 3 ish kunigacha;

🔹yakka tartibdagi turar joy — 5 ish kunigacha.

❗️Kadastr (yig‘majildi) pasporti yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda), qog‘oz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🔷 Yer uchastkalarini olish va foydalanish bo'yicha firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun Kadastr agentligi fuqarolarimizni ogohlikka chaqiradi.

🔷 Yer bilan bog'liq korrupsiya va tamagirlik holatlariga duch kelsangiz huquqni muhofaza qilish organlariga yoki 1097 qisqa raqamiga murojaat qiling!

❗️ FIRIBGARLARGA ALDANIB QOLMANG!

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Kadastr #malaka_oshirish

📝Kadastr agentligi kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish choralarini ko‘rish hamda uning bajarilishini ta’minlash yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

🔰Joriy yilning 1-yarim yilligida 5 ta yo‘nalish bo‘yicha malaka oshirish kurslari dasturlari ishlab chiqildi va ishlab chiqilgan dasturlar asosida 2022-yil 10-iyuniga qadar:

♦️Yer va kadastr nazorati bo‘yicha 40 nafar inspektorlar;
♦️Ma’muriy amaliyot bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 20 nafar;
♦️Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha faoliyat yuritayotgan 36 nafar;
♦️Topografiya-geodeziya va kartografiya sohasi bo‘yicha faoliyat yuritayotgan jami 116 nafar mutaxassislarning malakasi oshirildi va ularga malaka oshirganligi to‘g‘risida sertifikatlar taqdim etildi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида аҳолини касб-ҳунарга ўқитиш ва мономарказлар фаолиятини такомиллаштириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по мерам профессионального обучения населения и совершенствования деятельности моноцентров.

Facebook|Instagram|Twitter
Президент раислигида йиғилиш бошланди.

“Ҳозирги кунда тўқимачилик, кончилик, электротехника, кимё ва бошқа саноат тармоқларида, қишлоқ хўжалиги, хизматлар ва сервис, қурилиш, тадбиркорлик соҳаларида катта-катта ўзгаришлар қилаяпмиз.

Мисол учун, 2022 йилнинг ўзида 16 миллиард долларлик 9 мингдан зиёд йирик ва ўрта лойиҳалар ишга туширилиб, уларга 300 мингга яқин малакали ишчилар керак бўлади.

Камбағалликни 2 бараварга қисқартириш бўйича марраларга ҳам одамларга фақат ва фақат замонавий касблар бериш орқали эриша оламиз”, деди давлатимиз раҳбари йиғилиш аввалида.

Сўнгги 3 йилда “Ишга марҳамат” мономарказлари ташкил қилиниб, одамларни касбга ўргатиш бошлангани, лекин бу тизим 5-10 фоиз ишсизларни қамраб олиши таъкидланди.

Бу йил республика бўйича 555 минг нафар ёшлар меҳнат бозорига кириб келади.

Уларни замонавий касбларга ўргатиш, муносиб иш билан таъминлаш масалалари барча даражадаги ҳокимлар, олийгоҳ ректорлари, коллеж ва техникум директорларини ҳам ўйлантириши кераклиги кўрсатиб ўтилди.
#ishonchtelefoni #korrupsiyagaqarshi

Korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyatdir.

🔹Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmalari sizlarni korrupsiya illatiga qarshi kurashishga chorlaydi.

📲 Agarda Siz kadastr tizimida korrupsion holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki tizim xodimlarining noqonuniy harakatlari to‘g‘risida maʼlumotlarga ega bo‘lsangiz Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati xodimining +99867-225-98-97 telefon raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz.

🤝Murojaatchi to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi

🔰Hukumat qarori (183-son, 14.04.2022 y.) bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, yer nazorati hokimliklar, Kadastr agentligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladi.

Kadastr nazoratini esa Kadastr agentligi olib boradi.

Yer nazorati quyidagi asoslarga ko‘ra 10 ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda o‘tkaziladi:

🔹yer monitoringida qonunchilik buzilishi kuzatilganda;

🔹elektron tizim orqali va aerokosmik suratlarni solishtirishda qonun buzilishi qayd etilganda;

🔹yer qonunchiligi buzilishiga oid murojaatlarga ko‘ra;

🔹OAV yoki ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida;

🔹sud va boshqa organlarga yerga oid huquqbuzarlik haqida axborot kelib tushganida.

❗️Yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olish haqida xabar berganlar BHMning 10 foizi (30 ming so‘m) miqdorida rag‘batlantiriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📢 KADASTR AGENTLIGI “YOSH NOVATORLAR” KO’RIK TANLOVIGA START BERADI.

Tanlov shartlari:
1️⃣ Innovatsion g’oyangiz yoki ishlanmangizni [email protected] pochta manziliga 23 iyunga qadar yuborishingiz kerak.
2️⃣ Kadastr agentligi tizim tashkiloti xodimi bo’lishingiz lozim.

Eng yaxshi yosh novatorlar komissiya tomonidan tanlab olinadi va final bosqichiga taqdimot qilish uchun chaqiriladi.

🎁 Tanlov g’oliblari
1-o’rin – 10 mln. so’m.
2-o’rin – 6 mln. so’m.
3-o’rin – 4 mln. so’m.
pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

📣 Shoshiling balki aynan sizning g’oyangiz sohani umuman yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.
⚡️Nafaqat binoga, balki yeriga ham egalik qiling

Bugungi kunga qadar fuqarolarga tegishli uy-joylar joylashgan yer uchastkalari, meros qilib qoldirilgan umrbod egalik qilish huquqidagi yerlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadigan noturar joy obyektlarining yer uchastkalariga doimiy foydalanish huquqlari berilgan. Bunda bino o‘zingizga tegishli bo‘lib, uning yeri esa tegishli bo‘lmagan.

Jismoniy va yuridik shaxslar endilikda yer uchastkalarini xususiylashtirishlari mumkin bo‘ladi.

💻Buning uchun DXM yoki my.gov.uz portali orqali ariza beriladi.

📋Ariza Kadastr agentligi va Qurilish bo‘limlariga xususiylashtirishga monelik qilmaydigan barcha tomonlar tekshirilishi uchun yo‘naltiriladi.

📨Tekshiruvlardan o‘tgach fuqaroga to‘lovni amalga oshirish, yaʼni xususiylashtirish haqida xabarnoma yuboriladi.

📑Xabarnoma orqali xususiylashtirish uchun to‘lovni amalga oshiradi va davlat orderiga ega bo‘ladi.

✍️Kadastr organlari tomonidan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔹Ko‘chmas mulk obyektlari🔹

🟦 2022 yil 1 iyun holatiga jismoniy va yuridik shaxslar egaligida bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari soni va turlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan ushbu videoinfografikada tanishishingiz mumkin.

🟦 Unda mahallalar, obyektlar, umumiy yer maydoni va qurilish osti maydoni haqidagi ma’lumotlar respublika bo‘yicha jamlangan.

#DavKadastrPalata #info #ko_chmas_mulk

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
Sirdaryo viloyatida eng katta tuman maydoni qaysi qatorda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
Anonymous Quiz
59%
Boyovut tumani
15%
Sirdaryo tumani
22%
Mirzaobod tumani
4%
Oqoltin tumani
#Kadastr #kop_uchraydigan_savollar

Savol: Turar joyimning bir qismini noturar joy toifasiga o‘tkazganman va kadastr hujjatini rasmiylashtirganman. Endi o‘sha noturar joyimni qayta binoning turar joy qismiga qo‘shtirmoqchiman. Bu qay tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Noturar joyni qayta turar joy toifasiga o‘tkazish uchun tegishli hujjatlar bilan joylardagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz zarur bo‘ladi. Shu bilan birga, kadastr hujjatlaringizni qayta tayyorlash uchun ariza berishingiz mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi

⚡️Yer uchastkalarini xususiylashtirishdan tadbirkor va fuqarolarga nima foyda?

🔹Yerga bo‘lgan mulk huquqiga ega bo‘lasiz.

🔹Yerni sizdan davlat olib qo‘ya olmaydi, faqat sotib olishi mumkin.

🔹Yeringizni erkin qo‘shish, taqsimlash va ajratish huquqiga ega bo‘lasiz.

🔹Yerdan garov sifatida foydalanish imkoniyati

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi

🔰 2022-yil 17-iyun kuni, soat 10:00da O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflarni shakllantirish va tashkiliy chora-tadbirlarni oshirish bo‘yicha Konstitutsiyaviy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Mazkur yig‘ilishda Konstitutsiyaviy Komissiya aʼzolari tomonidan takliflar birma-bir muhokama qilinib, asosli takliflar bo‘yicha aʼzolar o‘z xulosasini bildiradi.

📍 Bunday qizg‘in jarayonni Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri “O‘zbekiston”, “UzReport”, “MY5”, “RenessansTV” telekanallari, shuningdek Konstitutsiyaviy komissiyaning Facebookdagi Bu mening konstitutsiyam rasmiy sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

☝️ Konstitutsiyaviy Komissiya yig‘ilishidagi muhokamalar barcha hamyurtlarimiz uchun ochiq, shaffof holda o‘tkaziladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Korrupsiya #Kadastr

⚡️KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH

🔰Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi Komplayens-nazorat xizmati bosh mutaxassis N.D.Abdaliev tomonidan korrupsiyani oldini olish shu jumladan korrupsiyaga qarshi kurashish hamda kasb odobnomasi qoidalariga qat’iy rioya qilish to’g’risida Mirzaobod tuman bo'lim va filial rahbar xodimlari ishtirokida profilaktik tadbir o’tkazildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #ishonch_raqam #1097

⚡️HURMATLI FUQAROLAR HAMDA TADBIRKORLAR!

🇺🇿Aholi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallash va ulardan noqonuniy foydalanish holatlarini tartibga solish maqsadida Kadastr agentligining 1097 qisqa raqami orqali fotosurat, videoyozuvlarni jo'natish belgilandi.

📌Shuningdek Kadastr agentligi tomonidan @e_yernazorat_bot telegram bot orqali yoki Kadastr.uz sayti orqali ham murojaatingizni qabul qilish yo'lga qo'yildi.

📝Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega va mas'ullar tomonidan o'rnatilgan tartibda ko'rib chiqiladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Siyosiy_maʼrifat_soati

⚜️ Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Sirdaryo viloyat boshqarmalari xodimlari uchun anʼana bo‘yicha bugun "Siyosiy-maʼrifat soati" bo‘lib o‘tdi.

⚜️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan uyushtirilgan maʼrifat soatida:

▫️O'zbekistondagi konstitutsiyaviy isloholatning ustuvor yo'nalishlari;

▫️Huquqiy savodxonlik (xafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati);

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube