Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.07K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Kadastr #maʼrifat_soati

♻️Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Davlat Kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari haftaning har juma kunida tashkil etilayotgan "Siyosiy-maʼrifat soati"da faolqatnashmoqdalar.

💢Aytish kerekki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish
agentligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Siyosiy-maʼrifat soati” xodimlarning kasbiy malakasini oshishiga va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yanada yaqinroq tanishtirishda hamda respublikamizda bo’layotgan ijobiy o‘zgarishlarning mohiyatini keng va to’laqonli anglashlarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hurmatli fuqarolar hamda tadbirkorlar yer olish masalasida firibgarlarga aldanib qolmang! Ogoh bo'ling.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Auksion #VMQ_71

🔰Yer sotib olib tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lsangiz qonuniy va shaffof yo‘lni tanlang!

2022-yil 10-iyun holatiga Sirdaryo viloyatida 1165ta bo'sh yer uchastkalari onlayn auksion savdo maydonchasiga qo‘yilgan.

▪️Oqolltin tumanida 96ta (
Ko'rish)
▪️Boyovut tumanida 208 ta (
Ko'rish)
▪️Sayhunobod tumani 38 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston tumani 85 ta (
Ko'rish)
▪️Sardoba tumanida 283 ta (
Ko'rish)
▪️Mirzaobod tumani 64 ta (
Ko'rish)
▪️Sirdaryo tumanida 86 ta (
Ko'rish)
▪️Xovos tumanida 202 ta (
Ko'rish)
▪️Guliston shahrida 4 ta (
Ko'rish)
▪️Shirin shahrida 5 ta (
Ko'rish)
▪️Yangiyer shahri 94 ta (
Ko'rish)

👨‍💻Onlayn auksion orqali savdoga qo‘yilgan yerlarni biz bilan birga kuzatib boring.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️MIRZAOBOD TUMANIDA XATLOV JARAYONLARI QANDAY KETMOQDA ?

🔰Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmalarining tuman, shahar bo‘lim va filial xodimlari tomonidan hozirgi kunda xatlov ishlari olib borilmoqda.

🔎 Ayni damda Mirzaobod tumanining Yo‘ldoshobod MFYda o‘tkazilayotgan 3 kunlik xatlov moboynida 152 ta xonadonlar o‘rganib chiqildi.

🏠Xonadonlarni o‘rganish mobaynida 3 ta xonadon yuridik hujjati mavjud lekin davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi shuningdek 21 ta xonadonda tegishli idoralarning ruxsati bo‘lmay turib ruxsatsiz qo‘shimcha qurilishlar va qolgan 128 xonadonlarda barcha hujjatlari qonun doirasida ekanligi aniqlandi.

📨 Yuridik hujjati mavjud lekin davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan 3 ta xonadonga va 21 ta xonadondagi ruxsatsiz qo‘shimcha qurilishlar qurilganligi sababli tuman bo‘lim inspektorlari tomonidan huquqiy tushuntirishlar berilib ularga nisbatan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun rasman ogohlantirish xatlari berildi.

@Sirdaryo_Kadastr
#hisobot_murojaatlar #Kadastr

⚡️MUROJAATLAR TAHLIL QILINGANDA...

📊 Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi hamda uning filiallariga kelib tushgan fuqarolarning murojaatlari bo'yicha ma'lumot.

📈1-10 iyun kunlari oralig'ida jami kelib tushgan murojaatlar soni 36 ta;
🔸Yer ajratish masalasida 7ta;
🔸Kadastr xujjatlarini rasmiylashtirish 13ta;
🔸Mulkni davlat ro'yxatidan o'tkazish 3ta;
🔸Kadastr xodimlarining xatti xarakati ustidan 1ta;
🔸Nizoli holatlar bo'yicha 6ta;
🔸So'rovnomalar 6ta;
Javob xatlarining ijobiyligi 24ta;
🔹Ko'rib chiqilmoqda 12;

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol: O‘zboshimchalik bilan egallangan yoki uyimning yonidagi meniki bo‘lmagan yerni qo‘shib olganman shuni xususiylashtirsam bo‘ladimi?

Javob: Yo‘q. Buning iloji yo‘q. Yer uchastkalarini xususiylashtirishning asosiy prinsiplaridan biri bu - qonuniylik. O‘z nomi bilan aytib turibdi O‘zboshimchalik bilan egallangan degani huquqni begilovchi hujjatlari yo‘q degani.
Qonunga va reglamentga ko‘ra huquqiy hujjatlari mavjud bo‘lgan yerlar xususiylashtirilmaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Matbuot_anjumani #kadastr

⚡️Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan Matbuot anjumani

🔰Kadastr Agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi va Prokuratura viloyat boshqarmasi mutasaddi xodimlari hamkorlikda Muhtaram Prezidentimizning “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-138-sonli qarorida belgilangan vazifalar hamda yer bilan bog‘liq boshqa normativ huquqiy hujjatlar ijrosini yuzasidan hisobotlar berildi.

💢 Matbuot anjumanida so'ngida boshqarma boshlig'i o'rinbosari J.Shukurov jurnalistlarning mavzuga oid savollariga atroflicha javob berdi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️Qonunga muvofiq, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan chora ko‘rmaslik, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilsa,

🔹BHMning 200 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima
🔹yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari
🔹yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari
🔹yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash
🔹yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

O‘sha qilmish:
a) takroran;
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo‘lsa,

🔹BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima
🔹yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash
🔹yoki3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

❗️Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasining qaytarilishini ta’minlasa hamda uning oqibatlarini bartaraf qilsa, javobgarlikdan ozod etiladi.
#Men_donorman #Ezgulik_albatta_qaytadi #Donorlik_õzimga_ham_õzgaga_ham_foyda

⚡️Viloyatimizdagi qon quyish markazida “Donorlik o‘zimga ham o‘zgaga ham foyda, Men_donorman, Ezgulik albatta qaytadi” shiori ostida qon topshirish aksiyasi bo‘lib o‘tdi.

💉Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyat boshqarmasi hamda uning tuman shahar bo‘lim hamda filial xodimlari ushbu aksiyada ko‘ngilli donor sifatida ishtirok etdi.

🔰Gematologik, onkogematologik va boshqa davolash qiyin bo‘lgan kasalliklarga chalingan yoshlarga tibbiy yordam ko‘rsatish, ushbu kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish va ularni keltirib chiqaruvchi omillarning oldini olish hamda yoshlarda olijanoblik, bag‘rikenglik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan xayriya tadbirida gepatitga chalinmagan, «D» ro‘yxatda turmaydigan sog‘lom xodimlarning donor sifatida ishtirok etishlari taʼminlandi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube