Sirdaryo Kadastr
1.04K subscribers
7.08K photos
1.03K videos
18 files
4.91K links
@Sirdaryo_kadastr» — Kadastr agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasining rasmiy telegram kanali. Kadastr sohasiga oid barcha yangiliklardan xabardor bo'ling.

Bizda barchasi asosli !

✍️ Murojaat uchun 👉🏻 @SirdaryokadastrBOT
Download Telegram
#Bilib_oling #Huquqiy_bilim
Xususiylashtirilgan yerni mulkdordan qanday holatlarda olib qo'yish mumkin?

⚜️Qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to'g'risida qonunning 34-moddasiga ko'ra shunday belgilangan;
Yer davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun sotib olinganda (egasining yozma roziligi bilan);
Yerga ijro hujjatlari bo'yicha undiruv qaratilganda;
Yer musodara qilinganda;
Yer rekvizisiya qilinganda (epidemiya, tabiiy ofat vaqtida) olinishi mumkin.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
🎉TAVALLUD AYYOMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

11-aprel Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Xududlar davlat kadastrini yuritish bo'limi boshlig'i Berdimuratov Shaxobiddin Nabijon o'g'lining tavallud topgan kuni.
Shu munosabat bilan Sizni davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan samimiy qutlaymiz. Oilangizga tinchlik, xotirjamlik, qut baraka, sog‘lik salomatlik tilaymiz.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yig'ilish

🔷Bugun Davlat kadastrlari palatasida Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i N.Ismailov boshchiligida palata xodimlari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.

❇️Mazkur yig'ilishda boshqarma va uning shahar-tuman filiallari tomonidan qilinayotgan ishlar sarhisob qilinib, berilgan topshiriqlarni o'z vaqtida bajarish vazifasi yuklatildi.

Shu bilan birgalikda:
🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilishi;
🔹 Korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko‘maklashish;
🔹 Bo'limlarda qilingan ishlar kunlik sarhisobi;
🔹 Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarin o'zi vaqtida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yig'ilish

🔷Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i A.Maxarov boshchiligida agentlik xodimlari uchun yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔻Yig'ilishda:

🔹O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlariga rioya qilishi;
🔹PQ-138 qarori bo'yicha nazoratga olish;
🔹Ijro.gov.uz veb sayti bo'yicha ishni tashkil qilish;
🔹Xodimlarning egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar odob-axloq qoidalariga rioya qilish;
🔹Ichki tartib qoidalar rioya qilish (ishga o‘z vaqtida kelishi va ketishi, forma);
🔹Yer nazorati bo‘yicha, o‘zboshimcha yerlarni egallab olish holatlarini oldini olinishi;
🔹Korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning profilaktikasiga faol ko'maklashish, ichki intizomga xodimlarning qat’iy amal qilishlari;
🔹Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini muddatida hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Yig'ilish

🔹Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasiga mas'ul Muxitdinov S.F hamda Davlat kadastrlari palatasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi boshlig'i Ismailov N.A boshchiligida Ko'chmas mulk-3 dasturiy ta'minoti hamda Davlat kadastrlari yagona tizimidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha Davlat kadastrlari palatasi tumanlardagi mas'ul xodimlarga yig'ilish bo'lib o'tdi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from TOSHKENT SHAHAR KADASTR
ТАЙИНЛОВ

Кулешов Бобур Рахматуллаевич
Давлат солиқ қўмитаси ҳузуридаги Кадастр агентлиги Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаси Мирзо Улуғбек тумани филиали бошлиғи вазифасини бажарувчи лавозимига тайинланди.

Бобур Рахматуллаевич - 1985 йил Тошкент шаҳрида туғилган. 2010 йил Тошкент архитектура қурилиш институтини тамомлаган.

2021-йилдан шу вақтга қадар - Давлат кадастрлари палатаси Тошкент шаҳар бошқармаси Мирзо Улуғбек тумани филиалида бош муҳандис вазифасида фаолият юритган.

Ижтимоий тармоқлар орқали кузатиб боринг👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚜️ Prezident farmoniga muvofiq, xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyaviy muhit jozibadorligini oshirish hamda davlat aktivlarini (davlat aksiya paketlari, ulushlari, ko‘chmas mulk obektlari) sotib olgan investorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida:

🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda davlat aktivlarini sotishda qo‘llaniladigan uch yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash tartibi tatbiq etiladi;

🔹 bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 35% miqdoridagi dastlabki to‘lovni biryo‘la amalga oshirgan xaridorlarga mazkur davlat aktivlari va yer uchastkalarini kredit ta’minoti sifatida garovga qo‘yish huquqi berildi.

#DavKadastrPalata #huquqiy_axborot

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
#Savol_javob #Huquqiy_bilim

Savol:
Hovli uyim 17 sotix. Kadastr hujjatlarim joyida. Lekin 6 sotix qizil maydon qilib belgilangan. O'sha qizil maydonga uy qurishim mumkinmi?

Javob:
O‘zining egallab turgan yer uchastkasida qurilish, qayta qurish ishlarini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-maydagi 370-sonli qarori bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarga asosan ruxsatnoma olish lozim. Buning uchun davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etiladi. Ruxsatnoma Arxitektura qurilish bo‘limi tomonidan beriladi.

🚫Agar yer uchastkasi qizil chiziq hududida yoki muxofaza zonasida joylashgan bo‘lsa yoki o‘zboshimchalik bilan egallangan bo‘lsa, qurilish ishlarini amalga oshirish uchun ruxsat berilmaydi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Huquqiy_bilim

Kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:

🔹 ko‘chmas mulk ob'ekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;
🔹 ko‘chmas mulk ob'ektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda;
🔹 qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari xususiylashtirilgandan so‘ng ularning bir qismiga bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tganda;
🔹 yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
🔹 ko‘chmas mulk ob'ektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
🔹 ko‘chmas mulk ob'ektining toifasi o‘zgarganda;
🔹 o‘z yer uchastkasida tegishli ruxsatnomalarni rasmiylashtirmasdan qurilgan bino va inshootlar mavjud bo‘lganda.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔘 Қуйидаги ҳолларда кадастр паспортини расмийлаштириш бепул амалга оширилади:

кўчмас мулк объекти бўйича бирламчи кадастр йиғмажилди (паспорти) мавжуд бўлиб, бегоналаштирилганда ёки объектда ўзгаришлар (реконструкция, қўшимча ва алоҳида қурилиш) мавжуд бўлмаганда;

кўчмас мулк объектининг бир қисми бегоналаштирилганда объектнинг қолган қисмига ёки реконструкциясиз тоифаси ўзгарганда;

кадастр йиғмажилди (паспорти) йўқолганда (яроқсиз ҳолга келганда).

✍️ Ушбу ҳолларда кадастр паспорти 3 иш куни мобайнида расмийлаштирилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
🔹Yurtimiz sarhadlari🔹

🌐 Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlar hududi qancha?

Sirdaryo viloyatining umumiy maydoni, 4276,18²km

1. Xovos tumani - 619,55²km
2. Oqoltin tumani - 551,37²km
3. Boyovut tumani - 522,89²km
4. Guliston tumani - 349,65²km
5. Sardoba tumani - 517,6²km
6. Sirdaryo tumani - 536,13²km
7. Mirzaobod tumani - 635,76²km
8. Sayxunobod tumani - 451,13²km
9. Shirin shahri - 13,39²km
10. Guliston shahri - 36,21²km
11. Yangiyer shahri - 29,88²km
12. Sirdaryo shahri - 10,39²km
13. Baxt shahri - 2,23²km

#DavKadastrPalata #yurtimiz_sarhadlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube